Neft mahsulotlarining erituvchilar bilan kristallab deparafinlash jarayonining fizik - kimyoviy asoslari




Download 0,55 Mb.
bet6/6
Sana02.06.2024
Hajmi0,55 Mb.
#259455
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
f

Neft mahsulotlarining erituvchilar bilan kristallab deparafinlash jarayonining fizik - kimyoviy asoslari
Bu jarayon qattiq va suyuq uglevodorodlami ba’zi bir erituvchilarda past haroratda har xil eruvchanligiga asoslangan. Ru jarayonni barcha fraksiya tarkibli moy xomashyosi uchun ishlatsa bo‘ladi. Moy fraksiyalarini qattiq uglevodorodlari polyar va polyar bo‘lmagan erituvchilarda cheklangan miqdorda eriydi. Bunday uglevodorodlarning eruvchanligi qattiq moddalami suyuqlikda erish nazariyasiga bo'ysunadi va quyidagilar bilan xarakterlanadi: a) qattiq uglevodorodlarning eruvchanligi fraksiyalami qaynash harorati va zichligi ortishi bilan kamayadi; b) bir xil harorat oralig'ida qaynovchi fraksiyalar uchun bir gomologik qatoridagi qattiq uglevodorodlarning eruvchanligi ularni malekulyar massalaming ortishi bilan kamayadi; d) qattiq uglevodorodlarning eruvchanligi harorat ortishi bilan ko'payadi. Deparafinlash jarayonida ishlatiladigan erituvchi quyidagi talablarga javob berish kerak: Erituvchi jarayonning haroratida xomashyodagi suyuq uglevodorodlami eritib qattiq uglevodorodlami eritmasligi kerak. Deparafinlash haroratining oxirgi nuqtasi bilan moyni qotish haroratlari oralig‘idagi minimal farqni ta’minlashi kerak va qattiq uglevodorodlami yirik kristallarini hosil qilishi kerak. Ko‘rsatilgan haroratlar oralig'idagi farqni «Deparafinlashning harorat effekti» deyiladi. Erituvchining qaynash harorati juda yuqori va juda past bo‘lmasligi kerak. Erituvchining qotish harorati past bo‘lishi kerak, chunki deparafinlash haroratida kristallanib qolib filtrlarni berkitib qo'ymasin. Korroziyaga agressiv bo‘lmasligi kerak. Sanitariya normalariga javob berishi kerak, arzon, topish mumkin bo‘lgan bo‘lishi kerak. Deparafinlash jarayoni moy ishlab chiqarishda murakkab, ko‘p mehnat talab qiladigan va qimmat bo‘lib uni effektivligi suspenziyani filtrlash tezligiga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida qattiq uglevodorodlarning kristallari struktura bilan bog‘liq (xomashyoni erituvchi bilan sovutganda tushadigan) bo‘lib ularning 0‘lchamlarini katta yoki kichikligi qattiq fazani suyuq fazadan ajratish tezligini belgilaydi. Qattiq uglevodorodlarning kristallanishi to‘yingan eritmadan kristallarning «shakli» ajralib chiqishi bilan boshlanadi. Eritmani sovitish davom ettirilganda kristallanish paydo bo‘lishi kristallanish markazlarida boradi. Kristalanish jarayonida yirik kristallami olish uchun «shakl»lar soni kam bo'lishi kerak, chunki kristallanish markazlarda boradi. Shakl markazlari ko‘p bo‘lsa mayda kristallangan struktura hosil bo'ladi. Eritmadan qattiq fazani kristallanish markazlarida ajralish tezligi 1.1. Andreyev tenglamasi bilan aniqlanishi mumkin

bu yerda,
— -vaqt birligida kristallangan modda miqdori.
dt
D — to‘yingan eritmadagi uglevodorod molekulyasining
diffuziya koeffitsiyenti.
T — differensiyalanish yo‘lining o'rtacha uzunligi.
S — ajralib chiqqan qattiq fazaning yuzasi.
x — to‘ymgan eritmaning konsentratsiyasi.
x1 — ilk hosil bo'lgan kristallar eruvchanligi.
Diffuziya koeffitsiyenti D.Eynshteyn tenglamasi bilan
hisoblanadi.

bu yerda, R — Gazni universal o‘zgarmas ko‘rsatkichi. N — Avagadro soni. T — Kristallanishning absolyut harorati. P — Muhitni dinamik qovushqoqligi. r — qattiq uglevodorod molekulyasining o‘rtacha radiusi. D ning qiymatlarini (1) tenglamaga qo‘yilsa

Bundan ko'rinib turibdiki, qattiq fazani eritmasdan ajratib hosil bo'lishi muhitni qovushqoqligiga, diffuziyalanishni o‘rtacha yo'liga, qattiq uglevodorodni molekulyasining o'rtacha radiusiga va eritmani konsentrasiyasini ayirmasiga, ajralib chiqqan qattiq fazani shu T haroratidagi eruvchanligiga bog‘liqdir.

Deparafinlash qurilmasining prinsipial chizmasi.


1—aralashtirgich, 2—isitgich, 3—sovutgich, 4—regenerativ kristallizator, 5—ammiakli kristallizator, 6—vakuum kristallizator, 7—deparafinlangan moy eritmasidan erituvchini ajratib olish bo‘limi, 8—gach va petrolatumdan erituvchini regenirlash bomimi. Liniyalar: I—xomashyo, II—erituvchi, III—xomashyo eritmasi, IV —qattiq uglevodorodlar suspenziyasi, V—deparafinlangan moy eritmasi, VI—gach yoki petrolatum eritmasi, VII—deparafinlangan moy, VIII—qattiq uglevodorodlar (gach yoki petrolatum). Deparafinlanishi kerak bo‘lgan xomashyo [I] va erituvchi [II] aralashtirgichda (1) ma’lum nisbatda aralashtirilib parli isitgichda (2) qizdiriladi. Agarda qurilmaga berilayotgan xomashyo harorati 60°C dan yuqori bo‘lsa uni isitilmaydi. So'ngra xomashyo eritmasi [III] oldin suvli sovutgichda (3), keyin regenerativ kristallizatorda (4) sovutiladi. Bunda sovutish uchun deparafinlangan moy eritmasi [V] (filtrat) dan foydalaniladi, va nihoyat ammiakli kristallizatorda ammiak bilan sovutiladi. (5) Agarda sovutish harorati — 30°C dan past bo‘lsa sovutgich sifatida etan ishlatiladi. Moy tarkibidagi qattiq uglevodorodlarni sovuq suspenziyasi [IV] filtrga beriladi, (6) va bu yerda qattiq faza suyuq fazadan ajratiladi. Filtrda qolgan qattiq uglevodorodlaming qoldiqlari sovuq erituvchi [II] bilan yuviladi va shnekka yuboriladi. Filtrlash natijasida deparafinlangan moyning eritmasi olinadi. Uning tarkibida 75—80 % erituvchi bo'ladi. Shu bilan birga qattiq uglevodorodlarni (gach va petrolatum) eritmasi ham olinadi. Ularning tarkibida moy kamroq bo‘ladi. Ikkala eritmani ham regenirlash seksiyasiga (7,8) yuboriladi.

Vakuum kristallizator
Texnik statistikalar : 1-to’yingan suyuqlikni sovtish va CSO ning kristallanishi 2-to’yingan suyuqlikni o’rtacha tarkibi 3-suyuqlik fazasining zichligi 4-ish holatidagi to’ldrish koifsenti .
Suyuq faza zichigi 1,25 t/m . Bug zichligi 0,25 0,35 kg/m. Suyuqlik yopishqog’ligi 1cP. Eritma harorati 95 2 C = 90 2 C . Bug’ harorati 80 2 S . Bosim 0,063 -0,066 MPa .Hosildorlik ;927 t/soat suyuqlik uchun ,sharbat bug’i 6-7 t/soat . Ish holatidagi toldrish koifsenti 0,5 .Qurilma hajmi 56 m.
Download 0,55 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft mahsulotlarining erituvchilar bilan kristallab deparafinlash jarayonining fizik - kimyoviy asoslari

Download 0,55 Mb.