|
Mundarija: kirish texnik qism (adabiy sharh) xom-ashyo tasnifi texnologik qism hisoblash qismi (moddiy balans, issiqlik balansi) xulosa adabiyotlar ro’yxati kirish kirish
|
bet | 2/6 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #259455 |
Bog'liq fTEXNIK QISM
(adabiy sharh)
TEXNIK QISIM (adabiy sharh)
Parafinlar , olefinlar.
Tarkibi CnH2n umumiy formulaga to’g’ri keladigan (sikloparafinlardagi kabi) to’yinmagan uglevodorodlar etilen qatori uglevodorodlariga kiradi, ularning eng oddiy namoyandasi etilen C2H4 dir. Tarkibi CnH2n-2 umumiy formula bilan ifodalanadigan uglevodorodlar asetilen qatori uglevodorodlariga mansubdir, chunki ularning eng oddiy vakili asetilen C2H2 dir. Diyen uglevodorodlarning umumiy formulasi ham xuddi shunday. Bu birikmalarning hammasi uchun qo’sh va uchbog’lar mavjud.
Toʻyingan uglevodorodlar — uglevodorodlarning gomologik qatori, umumiy formulasi CnH2n+2. atsiklik birjmalar sinfiga mansub; eng oddiy vakili — metan CH4; bu qatordagi har qaysi keyingi aʼzo oʻzidan oldingi uglevoroddan CH2 guruh (gomolog) bilan farklanadi. Barcha Toʻyingan uglevodorodlar ning nomiga "an" qoʻshimchasi qoʻshib aytiladi. Toʻyingan uglevodorodlarning molekulalaridagi uglerod atomlari bir-biriga oddiy bogʻ bilan bogʻlangan. Butangacha boʻlgan Toʻyingan uglevodorodlar suvda erimaydi, koʻpchilik organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Toʻyingan uglevodorodlar kimyoviy jihatdan inert, shuning uchun ham ularga parafinlar deb nom berilgan. Lekin nisbatan qattiq sharoitda ulardagi vodorod atomlari boshqa atom va guruxlarga almashinishi mumkin; ana shu reaksiyalar asosida koʻpgina muhim sanoat mahsulotlari olinadi; chunonchi: Toʻyingan uglevodorodlarni xlorlab, metilxlorid, metilenxlorid, xloroform; nitrolab—nitroparafinlar; kuyi Toʻyingan uglevodorodlarni oksidlab spirt, aldegid, keton va kislotalar olinadi. Toʻyingan uglevodorodlarni katalitik degidrogenlab olefinlar (propilen, butenlar), diolefinlar (butadiyen, izopren), izomerlab izobutan va izopentan hosil qilinadi. Toʻyingan uglevodorodlar toshkoʻmir, yonuvchi slanetslarni haydab ham olinadi. Toʻyingan uglevodorodlar neftda (5—60%), oʻsimliklarda, asalari mumida boʻladi. Ozokerit deyarli yuqori Toʻyingan uglevodorodlardan iborat; tabiiy gazda 99% gacha metan bor. Toʻyingan uglevodorodlar plastmassalar, sintetik kauchuk va tolalar, yuvuvchi moddalar olishda muhim xom ashyo hisoblanadi; erituvchilar sifatida qoʻllanadi
To’yingan uglevodorodlarning asosan hosilalari ko’plab ishlatiladi. Ular organic sintezda ko’p qo’llaniladi va boshqa mahsulotlarni olish uchun asos bo’ladi.
Metanning xlorli hosilalari katta amaliy ahamiyatga ega.Masalan, xlormetan CH3CI – gaz, oson suyuqlanadi va bug’latilganda juda ko’p miqdor issiqlik yutadi. Shunga ko’ra, u sovitgich inshootlarida ishlatiladi. Dixlormetan CH2CI2, trixlormetan (xloroform) CHCI3 va tetraxlormetan (uglerod tetraxlorid) CCI4 suyuqliklar bo’lib, erituvchilar sifatida ishlatiladi.
Etil bromid jarrohlikda milkni vaqtincha og’riq sezmaydigan holatga keltirish uchun ishlatiladi.Gomologik qatorning o’rta a’zolari (C7 – C17) erituvchilar va motor yonilg’ilari sifatida ishlatiladi. Yuqori molekulali alkanlar – yog’ kislotalar, sintetik yog’lar, surkov moylari va boshqalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Yuqori to’yingan uglevodorodlarni – uglerod atomlarining soni 20–25 ta bo’lgan parafinlarni oksidlash sanoatda katta ahamiyatga ega. Shu yo’l bilan zanjirning uzunligi turlicha bo’lgan sintetik yog’ kislotalari olinadi, ulardan sovun, turli xil yuvish vositalari, surkov materiallari, lok va emallar ishlab chiqarishda foydalaniladi.Suyuq uglevodorodlardan yonilg’i sifatida foydalaniladi (ular benzin va kerosin tarkibiga kiradi). Alkanlardan organik sintezda ko’p foydalaniladi.
To`yingan uglevodorodlar xalq xo`jaligida turli maqsadlarda ishlatiladi. Tabiiy gazning asosini tashkil qiluvchi metan yonilg`i va yoqilg`i sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari metandan metil spirt, sirka kislota, sintetik kauchuk, mochevina olinadi va metallarni qirqishda hamda payvandlashda ishlatiladi. Dixloretan, xloroform va tetraxlormetan kabi galogenli hosilalar erituvchi sifatida foydalaniladi. Tibbiyotda xloroform narkoz sifatida ham ishlatiladi. To`yingan uglevodorodlarning yuqori molekulali vakillaridan vazelin moyi (Oleum vaselini yoki Paraffinum liquidum) (C10H22–C15H32), vazelin (Vaselinum) (C12H26–C25H52) va parafin (Paraffinum solidum) (C19H40–C36H74) lar tibbiyotda surtma dori shakllari tayyorlashda ishlatiladi.
Etilen xlor bilan birikib, suyuq yog’simon modda – etilen xlorid C2H4Cl2 (lotincha gaz olefiant – yog’simon gaz demakdir) hosil qiladi. Shuning uchun etilen qatori uglevodorodlarni olefinlar deb ham atashadi.
Shunday qilib, etilen qatoridagi uglevodorodlarning kimyoviy o'zgarishiqo'sh bog'ning mustahkam emasligi, ya’ni uning oson uzilishi va ikkita qo'shniuglerod atomining ozod bo'lgan valentliklariga reagent «bo'laklarining»birikishi bilan belgilanadi.
Uglerod-uglerod qo'sh bog'iga vodorod, galogenlar, galogenid kislotalar,suv, sulfat kislota, kislorod, gidroksil guruhlari (oksidlanish reaksiyalari)birikishi umkin. Bu reaksiyalarning ko'pchiligi elektrofil birikish reaksiyalaribo'lib, ikki bosqichli ionli jarayon kabi boradi. Birinchi bosqichda musbatzaryadli elektrofil eagent qo'sh bog'ning 7t-elektronlari bilan o'zarota’sirlanadi va keyinchalik karbokationga o'tadigan hamda 7t-kompleks deb ataldigan birikma hosil qiladi.
Ishlatiladigan polietilenning o‘rtacha molekular massasi 6000— 12000 ga teng bo‘lib, 215—420 tasi–CH2–CH2–zvenodir. Polietilen asosan plyonkalar, ro‘zg‘or idishlar, vodoprovod trubalar va hokazo materiallar tayyorlashda ishlatiladi. Polietilen materiallar qishloq xo‘jaligida keng ishlatiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mundarija: kirish texnik qism (adabiy sharh) xom-ashyo tasnifi texnologik qism hisoblash qismi (moddiy balans, issiqlik balansi) xulosa adabiyotlar ro’yxati kirish kirish
|