|
Mundarija: kirish texnik qism (adabiy sharh) xom-ashyo tasnifi texnologik qism hisoblash qismi (moddiy balans, issiqlik balansi) xulosa adabiyotlar ro’yxati kirish kirish
|
bet | 4/6 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #259455 |
Bog'liq fTEXNOLOGIK QISM
TEXNOLOGIK QISIM
Neftdan olinadigan har xil sohalarda ishlatiladigan moylar atmosfera bosimi ostida haydab olingan neft qoldig'i mazutdan olinadi. Moylami ishlab chiqarish jarayoni 3 bosqichdan iboratdir: 1. Boshlang‘ich xomashyoni tayyorlash — rnoy fraksiyalarini olish. 2. Olingan moy fraksiyalaridan komponentlar olish. 3. Komponentlami aralashtirish (kompaundirlash) ularga qo'ndirma qo‘shish va tovar mahsulot olish. Boshlang‘ich xomashyoni tayyorlashda mazutni vakuum ostida haydab fraksiyalarga ajratiladi. Moylami olishda ishlatiladigan usulga qarab ular ikki gruppaga bo linadi. 1. Distillyat gruppasi — bunga vakuum ostida 300-400°C, 350-420°C, 420-450°C va 450-500°C da mazutni qizdirib olinadigan fraksiyalar. 2. Mazutni vakuumda haydalgandan keyingi qoldiq— gudrondan (500°C dan yuqori) olinadigan moylar. Distillyat moy fraksiyalaridan qayta ishlab olingan surkov moylari—distillyat moylar deyiladi, gudrondan olinganlari-qoldiq moylar deyiladi. Boshlang'ich moy fraksiyalaridan moy komponentlarini olish murakkab ko‘p bosqichli jarayondir. Har bir bosqich vazifasi moylami ekspluatatsiya xususiyatini pasaytiradigan gruppalar birikmasidan tozalashdir. Neft fraksiyalaridan hamma kislotali xossaga ega bo‘lgan birikmalami, to‘yinmagan uglevodorodlami, qisman oltingugurtli va smolali birikmalami, qisqa yon zanjirli polisiklik aromatik uglevodorodlami, qattiq parafinlami chiqarib tashlash kerak. Boshlang‘ich moy fraksiyalaridan moy komponentlarini olish asosida yuqorida ko‘rsatilgan zararli komponentlami tozalash yotadi. Bu usullar—fizik (erituvchilar bilan ekstraksiyalash), eritmadan past haroratda cho'ktirish, fizik-kimyoviy-adsorbsiya, kimyoviy usul—N 2SO4 bilan tozalash va gidrotozalashdir.
Moylarni tozalash jarayonida tanlovchi erituvchilardan foydalanish
Moy fraksiyalari uglevodorodlarning har xil sinflari va geterosiklik birikmalarining aralashmalaridan iboratdir. Uglevodorodlarning fizik xossalari ularni ma’lum sinflarga mansub ekanligiga va molekulyar massalariga bog‘liqdir. Geterotsiklik uglevodorodlarning fizik xossalari boshqalardan farqli bo‘lib, ular har xil haroratlarda har xil tezlikda eriydilar. Saylovchi (yoki selektiv) erituvchilar deb shunday suyuq moddalarga aytiladiki, ular ma’lum haroratda neft mahsulotlari aralashmasidan faqat tutilgan komponentlarni ajratib olish maqsadida, bu jarayonda boshqa uglevodorodlami eritmasdan va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi. Tozalash maqsadlari uchun shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular bir-biridan keskin farqlanadigan erkin haroratda har xil moddalami eritadigan bo'ladi. Ba’zan erituvchilar uglevodorodlami yaxshi eritadi va keraksiz komponentlar eritmalardan cho‘ktirilib, osongina ajratiladi. Shu prinsipga asosan smola-asfaltenli birikmalar (deasfaltlab) va qattiq uglevodorodlar ajratib (denarafinlab) olinadi. Erituvchilarni selektivligi ideal emas, ya’ni erituvchi fazalardan birini to'liq, ikkinchisini qisman eritadi. Masalan: fenol polisiklik aromatik uglevodorodlarini yaxshi va shu bilan birga moyning uglevodorodlarini eritadi. Shuning uchun fenolni tanlovchanligi pastdir, lekin umumiy erituvchanlik qobiliyati yuqoridir. Selektivlikning pastligi natijasida ekstrakt yoki gach bilan birgalikda moyni qimmatbaho komponentlarini ham olib chiqib ketiladi, deasfaltizatga esa smola va asfaltenlar o‘tib ketadi. Birinchi hodisada moyni chiqishi kamayadi, ikkinchisida esa deasfaltizatning sifati pasayadi. Erituvchilarga (fenol, furfural, dixloretan, spirtlar va ketonlar) suv va benzol, toluol qo'shilsa ularning selektivligi va erituvchanlik qobiliyatini o‘zgartirib yuboradi. Suv qo‘shilganda erituvchining selektivligi ortadi, lekin umumiy erituvchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Benzol va toluolni qo^shish esa selektivligini (erituvchini) pasaytiradi va umumiy erituvchanlik qobiliyatini ortiradi. Erituvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) Erituvchi keng harorat oralig'ida o‘zini tanlovchi — erituvchanlik qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. b) Erituvchi tozalanayotgan mahsulotda o‘zi erimasligi kerak. d) Fazalami tez ajratib olish uchun erituvchini va moyni zichligidagi farq katta bo‘lishi kerak. e) Erituvchi kimyoviy barqaror va inert boMishi kerak (xomashyoga nisbatan), zaharli boimasligi va portlashga xavfsiz bo'lishi kerak. f) Erituvchi yengil va to'liq regeneratsiya qilinishi kerak. g) Erituvchi past parlanish haroratiga ega bo‘lishi kerak, chunki buning natijasida sovutishga berilayotgan suvning sarfi va umuman energetik xarajatlar kamayadi. Erituvchi arzon va defltsit bo‘lmasligi kerak. Moylami tanlovchi erituvchilar bilan tozalash jarayoni uchun quyidagi faktorlar muhimdir: 1. Jarayonning harorati. 2. Moy fraksiyasini erituvchida eruvchanligining kritik harorati. 3. Xomashyo va erituvchilaming nisbati. 4. Erituvchini xomashyo bilan o‘zaro ta’sir usuli. Bosim suyultirilgan gazlarni erituvchi sifatida ishlatilganda (propan, SCb gaz) o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Erituvchini moy eritmasidan va kerak bo‘lmagan komponentlar eritmasidan regenirlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi: a) Erituvchini oldin yuqori yoki atmosfera bosimida haydab olinadi. b) Suv pari bilan haydab olinadi. d) Vakuum ostida haydaladi. Tozalangan mahsulotda erituvchining qoldiq miqdori 0,005- 0,02 % dan ortiq bo'lmasligi kerak. Moylarning qimmatbaho uglevodorodlari gach yoki ekstraktga o'tib ketishi mumkin. Bu asosan erituvchini yetarli darajasida selektiv bo'lmaganligi natijasidadir. Buning natijasida o‘zining tuzilishi bilan qimmatbaho va keraksiz komponentlar oraligida turgan uglevodorodlar yo‘qotiladi. Bu komponentlami yana ichki rafinat deyiladi. Bu komponentlarning yo‘qotilishi asosiy mahsulot chiqishini pasaytiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mundarija: kirish texnik qism (adabiy sharh) xom-ashyo tasnifi texnologik qism hisoblash qismi (moddiy balans, issiqlik balansi) xulosa adabiyotlar ro’yxati kirish kirish
|