Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi




Download 3.64 Mb.
bet5/13
Sana24.06.2021
Hajmi3.64 Mb.
#15177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasini yo’lga qo’yish, ularning mazmuni va mashq-o’yinlarning ijtimoiy-tarbiyaviy mohiyati to’g’risida, shuningdek, oilada jismoniy tarbiyani tashkil qilish masalalari bo’yicha A.Q. Atoevning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiyommabop risolalari muhim ahamiyatga egadir. Bu muammolarga bag’ishlangan tadqiqot ishlari (H.A. Meliev, X.B. Tulenova, B.B.Ma’murov), o’quv-uslubiy qo’llanmalar maqsadli ravishda amalda qo’llanilmoqda. Bolaning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishning yosh dinamikasi V.S.Farfel (1957, 1959), F.G.Kazaryan (1969), L.V.Karmanova (1971), N.A.Fomin, V.P.Filin (1980) va boshqalarning ishlarida ochib berilgan. Olimlar fikricha, bola hayotining oltinchi yili kuchni (G.M.Kasatkina, 1982; V.N.Novoxatko, 1982), jumladan, tezlik-kuch qobiliyatlari hamda harakatlar tezkorligini (N.A.Notkina, 1980; M.N.Koroleva, 1985) tarbiyalashning sensitiv davri hisoblanadi. Olti yoshda mazkur sifatlarni shiddat bilan rivojlantirish qobiliyati saqlanib qoladi va umumiy chidamlilikni tarbiyalash imkoniyatlari paydo bo’ladi (N.V.Zimkin, 1956; V.G.Frolov, 1977; G.P.Yurko, A.V.Yashchenko, V.V.Beloyartseva, 1976; N.A.Notkina, 1980 va b.). T.Yu.Logvinaning (1991) fikricha, 5-6 yoshli bolalarda kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, makonda mo’ljal olish kabi sifatlar eng kuchli namoyon bo’ladi, asosan o’g’il bolalarda ushbu ko’rsatkichlar qizlarga nisbatan yuqoriroq. Etti yoshda muntazam mashg’ulotlarda harakatlar muvofiqligi etakchi sifat bo’lib qoladi (A.I.Kozlov, 1964; L.I.Penzullaeva, 1972; G.M.Kasatkina, 1982). Shuningdek, turli muvofiqlash (koordinatsiya) qobiliyatlarining eng jadal rivojlanish davri 4-5 yoshlar orasi ekanligi to’g’risida ma’lumotlar bor (T.I.Osokina, 1983; 1986; L.T.Mayorova, 1988; V.M.Zuev, 1982 va b.) Bunda harakatlarni takrorlash, tabaqalashtirish (differentsiatsiyalash) hamda ularning o’lchamalarini olish qobiliyatlarining ko’rsatkichlari bo’yicha o’g’il va qiz bolalar orasidagi jinsiy tafovutlar ahamiyatsiz, ya’ni jiddiy emas. Boshqa ko’rsatkichlar (vaqt tanqisligi sharoitida harakat faoliyatini tez o’zgartirish maqsadida mo’ljal olish qobiliyatlari) bo’yicha etti yoshli o’g’il bolalar shu yoshdagi qizlardan o’zib keta boshlaydi. Biroq harakatlarni muvofiqlash qobiliyatlarining ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha o’g’il bolalarning yakqol ustunligi faqat 13-14 yoshlarga kelib ko’zga tashlanadi. V.M.Zuev (1992) tadqiqotlarida qo’lga kiritgan ma’lumotlar muallifga maktabgacha bo’lgan davr turli jinsli bolalarda asosiy o’lchamlari bo’yicha harakatlar aniqligining notekis va har xil muddatli rivojlanishi bilan tavsiflanishi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Tajriba qizlarning besh va olti yoshlarda, o’g’il bolalarning esa etti yoshga kelib makoniy aniqlikqa oid topshiriqlarni bajarishda ustunroq ekanligini ko’rsatdi. Besh va olti yoshga o’tgan o’g’il bolalarda harakatning vaqt o’lchamini takrorlash aniqligi qiz bolalarnikiga nisbatan yuqoriroq, etti yoshli o’g’il bolalar esa tengdosh qizlarga nisbatan topshiriqni yomonroq uddaladilar.


Download 3.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 3.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi

Download 3.64 Mb.