Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni




Download 0,78 Mb.
bet3/8
Sana18.05.2024
Hajmi0,78 Mb.
#242739
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Adurasulov Fazliddin

1.2 Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni.
Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol jadvalda ko‘rsatilgan.

Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko‘rsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.
Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq ro‘lini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi.
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar.
1. Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi, tomchilatib sug‘orish xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini qisqartiradi.
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.
3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.
4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini oshiradi.
5. Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.
6. Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.
Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash mumkin.

Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi, ya’ni renta qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi.
Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘ladi.



Download 0,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni

Download 0,78 Mb.