|
Mundarija: kirish
|
bet | 6/8 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #242739 |
Bog'liq Adurasulov FazliddinTalab, taklif va elastiklikning uch ko’rinishi
Fermerlik uchun yaxshi xabar fermerlar uchun yomon xabar bo’lishi mumkinmi? Nima uchun OPEC yoqilg’ining narxini baland saqlab tura olmadi? Dorilar ta’qiqi o’sadimi yoki dorilarga bog’liq jinoyatlar kamayadimi? Avvaliga bu savollar oson tuyulishi mumkin.
Fermer xo’jaligidagi yaxshi xabar fermer uchun yomon xabar bo’la oladimi?
Tasavvur qiling siz bug’doy yetishtiradigan fermersiz. Sizning barcha daromadingiz bug’doyni sotishdan kelishi sababli, siz yeringizni iloji boricha unumdorligini oshirishga ko’proq harakat qilasiz. Ob-havo va turoq holatini kuzatasiz, daladagi zararkunanda va kasalliklarni yo’qotasiz va ilg’or texnologiyalardan foydalanasiz. Siz bilasiz qancha ko’p bug’doy yetishtirsangiz, shuncha ko’p hosil olasiz va sizning daromadingiz ko’proq bo’ladi hamda turmush tarzingiz yaxshilanadi.
Bir kuni, Kanzas davlat universiteti olimlari muhim kashfiyot qilishganligini e’lon qilishdi. Universitetning agronomlik bo’limi tadqiqotchilari fermerlar har bir akrdan (0.4 gektar) oladigan bug’doydan 20 % ko’p hosil beradigan yangi bug’doy navini kashf qilishdi. Bu xabarga qanday munosabat bildirasiz?Bu kashfiyot siz uchun yaxshimi yoki yomon?
Bu savollarga 3 ta qadamda javob beramiz. Birinchi, biz talab yoki taklif egri chizig’i siljigan yoki siljimaganligini tekshiramiz. Ikkinchi, biz egri chiziq qaysi tomonga siljiganini hisoblaymiz.Uchinchi, biz bozor muvozanati qanday o’zgarganligini ko’rish uchun talab-taklif rasmsidan foydalanamiz.
Bu holatda kashfiyot taklif egri chizig’iga ta’sir qiladi. Chunki yangi nav hosildorlikni oshiradi va endi fermerlar istalgan berilgan narxda ko’proq bug’doy yetishtirishni xohlashadi. Boshqacha qilib aytganda taklif egri chizig’i o’ng tomonga suriladi. Talab egri chizig’io’zgarmaydi, chunki iste’molchilarning berilgan narxda bug’doy mahsulotlarini sotib olishga bo’lgan istaklariga yangi navning ta’siri yo’q. 3.7- rasmda bunday o’zgarish tasvirlangan. Taklif S1 dan S2 ga siljiganda,sotilgan bug’doy soni 100 dan 110 ga ko’tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga tushgan.
Bug’doy bozorida taklif hajminin ortishi
Taklif S1 dan S2 ga siljiganda, sotilgan bug’doy soni 1ó0 dan 110 ga ko’tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga tushgan.
ChizmaÝan ko’rinib turibdiki daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, yangi navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.
Kashfiyot fermerga ijobiy ta’sir qildimi? Birinchi navbatda, fermerning umumiy daromadiga nima bo’lganligini hisoblaymiz. Fermerning umumiy daromadi PxQ, narxni bug’doy soniga ko’paytiramiz. Kashfiyot fermerga 2 yo’l bilan ta’sir qild. Yangi nav fermerga ko’p bug’doy yetishtirishni ta’minlaydi (Qsoni oshadi), lekin endi har bir boshoq past narxda sotiladi (P-narx tushadi).
Umumiy daromad oshadimi yoki oshmaydimi bu talabning elastikligiga bog’liq. Amaliyotda, bug’doy kabi asosiy oziq-ovqatlarga bo’lgan talab elastik emas, chunki bular nisbatan arzon va o’rnini bosadiganlari juda kam. 3.7-rasmdagi kabi talab elastikbo’lmaganida, narxlarning tushishi daromadning kamayishiga olib keladi. Rasmdan ko’rinib turibdiki daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, yangi navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.
Agar fermerlarga bu kashfiyot yomon ta’sir qilsa, kimdir qiziqishi mumkin nega ular buni qabul qilishadi.Javob raqobatbardosh bozor qanday ishlashiga borib taqaladi. Chunki har bir fermer bug’doy bozorining kichik bo’lagi, u bug’doyni berilgan narxda oladi. Istalgan berilgan narx uchun, yangi navdan foydalanish va ko’proq bug’doy sotish yaxshiroq. Lekin buni hamma fermerlar qilsa, bug’doy taklif oshadi, narxi esa tushadi va fermerlarga aks ta’sir qiladi.
Garchi bu misol gipoyezadek ko’rinse ham, o’tgan asr mobaynida Qo’shma Shtatlar iqtisodiyotidagi asosiy o’zgarishlarni tushunishga bu misol yordam beradi. 200 yil oldin ko’plab Amerikaliklar fermalarda yashashgan. Ferma metodlari haqidagi bilimlar oddiy bo’lgan. Ko’plab Amerikaliklar aholini boqadigan oziqovqatni ishlab chiqaradigan fermer bo’lishga to’g’ri kelgan. Vaqt o’tgan sari, fermerchilik texnologiyasidagi yuksalish har bir fermer ishlab chiqara oladigan mahsulotning miqdorini oshirishga olib keldi. Noelastik talab bilan birgalikda oziq-ovqat taklifidagi o’sish fermerchilikdagi umumiy daromadning tushushiga sabab bo’ldi. Bu esa odamlarni fermerchilik sohasidan chiqib ketishiga olib keldi.
Bir necha raqamlar bu tarixiy o’zgarishning ko’lamini ko’rsatadi. 1950-yilda Qo’shma Shtatlarda 10 million aholi fermerchilikda band bo’lgan, bu ishchi kuchining 17 % ini tashkil qiladi. Hozir esa 3 millionga yaqin aholi bu sohada faoliyat ko’rsatadi, bu ishchi kuchining 2 % ini tashkil etadi. Bu o’zgarish fermerchilikdagi samaradorlik bilan mos tushadi: fermerlar soninidagi 70 % pasayishga qaramasdan, hozir fermalar 1950-yilga nisbatan 2 barobar ko’proq hosil bermoqda.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun bozorning bunday analizi ijtimoiy siyosat paradoksini tushunishga yordam beradi: Ma’lum qishloq xo’jaligi dasturlari fermerlarning barcha yerlariga ekin ekmaslikni majburlash orqali ularga yordam berishga harakat qiladi. Dasturlarning maqsadi qishloq xo’jaligi mahsulotlari taklifini qisqartirish va narxni ko’tarish. Ularning mahsulotlari uchun elastikbo’lmagan talab bilan ular bozorga kamroq hosil bilan chiqishsa, fermerlar ko’proq daromad oladilar. Hech qaysi bir fermer o’z yerini tashlab qo’ymaydi, chunki ular berilgandek bozor narxini olishadi. Lekin buni barcha fermerlar birgalikda qilishsa, har bir fermer uchun yaxshiroq bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi texnologiyasining yoki siyosatining ta’sirini tahlil qilinganda, shuni yodda tutish kerakki fermerlar uchun yaxshi bo’lgan narsa butun jamiyat uchun yaxshi emas. Qishloq xo’jaligi texnologiyasidagi rivojlanish fermerlarga yomon bo’la oladi, chunki bu ularni keraksizga chiqarib qo’yadi, lekin oziq-ovqat mahsulotlariga kam to’laydigan iste’molchilar uchun esa bu yaxshi. Agar siyosat qishloq xo’jaligi mahsulotlarining taklifini qisqartirishga yo’naltirilsa, bu iste’molchi harajatlariga aks ta’sir etadi.
Nega OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi?
O’tgan bir necha o’n yillik mobaynida jahon iqtisodiyoti uchun eng ko’p putur yetkazadigan hodisalar neft bozorida vujudga kelmoqda. 1970-yilda neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) a’zolari daromadni ko’paytirish maqsadida neftning jahon narxini oshirishga qaror qilishdi. Bu maqsadga ular birgalikda neft miqdorini qisqartirish orqali erishishdi. 1973-yildan 1974-yilgacha neftning narxi 50 % dan yuqoriroqqa ko’tarildi. Bir necha yildan so’ng, OPEK bu ishni yana bir amalga oshirdi. 1979-yildan 1981-yilgacha neft narxi qariyb ikka barobar ko’tarildi.
Biroq OPEK yuqori narxni ushlab turishni qiyin deb topdi.1982-yildan 1985- yilgacha neftning narxi yiliga 10% dan pasaydi. Tez orada esa OPEK davlatlari o’rtasida qoniqmaslik va tartibsizlik keng yoyildi. 1986-yilda OPEK a’zolari o’rtasidagi hamkorlik butunlay sindi va neftning narxi 45% ga keskin pasaydi. 1990-yilda neftning narxi 1970-yildagi narx bilan bir xil edi va 90-yillarda uning narxi deyarli o’zgarmadi (XXI asrning 1-o’n yilligida neftning narxi yana oshdi, lekin OPEK uni kamaytirganidan emas, balki neftga bo’lgan talab oshganligidan va Xitoy iqtisodiyoti shiddat bilan ko’tarilayotganidan).
1970-1980-yillardagi OPEK hodisasi qisqa muddatda va uzoq muddatda talab va taklif qanday harakatlanishini ko’rsatadi. Qisqa muddatda neftga bo’lgan talab va taklif nisbatan elastik emas. Taklif elastik emas, chunki ma’lum neft zaxiralari va neft qazib chiqarish hajmi tez o’zgarmaydi. Talab ham elastik emas, chunki sotib olish narxdagi o’zgarishlarga tez javob qaytarmaydi. Demak, 4.8-rasmda ko’rsatilganidek, qisqa muddatdagi taklif talab tik qiya holda turadi. Taklif S1 dan S2 ga o’zgarganda, P1dan P2 ga narxning ko’tarilishi katta bo’ladi.
Uzoq muddatda vaziyat ancha farqlidir. Uzoq vaqt mobaynida, OPEK dan tashqari neft ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlarga javoban neft tadqiqotlarini ko’paytiradilar va ishlab chiqarishning yangi kuchlarini barpo etishadi. Istemolchilar esa tejashga harakat qilishadi, masalan eski samarasiz mashinani yangisiga almashtirishadi. Demak, 4.8-rasmda ko’rsatilganidek, uzoq muddatli talab va taklif egri chizig’ielastik hisoblanadi. Uzoq muddatda taklif egri chizig’ining S1 dan S2 ga o’zgarishi narxning ozgina ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
Bu tahlil nega faqatgina qisqa vaqt mobaynida OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishga erishganini ko’rsatadi. OPEK mamlakatlari neft ishlab chiqarishni qisqartirishga kelishishganda, ular taklif egri chizig’ini chap tomonga surishdi. OPEK mamlakatlarining har bir kam neft sotganligiga qaramasdan, ular narxni ko’tarib daromadlarini ham qisqa vaqtda oshirishdi. Uzoq muddatda esa, talab va taklif elastik bo’lganda, taklifning bir xil kamayishi taklig egri chizig’ini gorizontal tomonga surdi va narxda biroz o’sish kuzatildi. Shunday qilib, uzoq muddatda taklifni qisqartirish kamroq foyda keltiradi.
Neftga talab pasayganda, bunga javob berish ma’lum bir vaqt>talab qiladi. Qisqa muddatli davrda, (a) panelda talab va takliμ biroz noelastik. shu tariqa taklif egri chizig’ining S1 dan S2 ga siljishi narxni oshiradi. Aksincha uzoq muddatli davrda esa aklif va talab biroz elastik.
Kartel uzoq muddatdan ko’ra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligini o’rgandi.
XULOSA
|
| |