Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati




Download 0,78 Mb.
bet4/8
Sana18.05.2024
Hajmi0,78 Mb.
#242739
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Adurasulov Fazliddin

2.1 Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati.
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tarilsa, ayrim vaqtlarda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi.
Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini muvozanatli narxda topadi.
Talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz :

Grafikda E nuqtaga muvozanatlashgan narx (Nm) va tovarning muvozanatlashgan miqdori (Mm) mos keladi. Ya’ni, piyoz narxi 500 so‘m bo‘lganda, xaridorlar 30 tonna piyozni sotib olishga, sotuvchilar esa 30 tonna piyozni bozorga chiqarishga tayyor va bunday imkoniyatga egadirlar. Narxning 400 so‘m darajasida sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o‘zgaradi: sotuvchilar faqat 20 tonna piyozni sotishga, xaridorlar esa 50 tonna sotib olishga tayyor bo‘ladilar va hokazo.
Grafikda narxning 700 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 300 so‘m darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi.
Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatini farqlash zarur.
Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq.
Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.
Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi.
Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi.
Iste’molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o‘zgarish xarid miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning 1 foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi.
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bu yerda:
Q - talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
R - narxlarning foizli o‘zgarishi.
Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud bo‘ladi. Ularning asosiylari quyidagilar.
1. Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi. Iste’molchiga biror mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo‘ladi.
2. Mahsulot qiymati yoki narxining iste’molchi daromadidagi salmog‘i. Iste’molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik kata o‘rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o‘sishi bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 foizga o‘sishi mos ravishda 0,5 yoki 1,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik daromadining kata qismini tashkil qiladi va, aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.
3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste’mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste’mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin.
4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 10 foizga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki baliqqa o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir darajasini aniqlash uchun daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
Iste’molchi daromadining 1foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bu yerda:
Q - talab miqdorining foizli o‘zgarishi;
D - daromadning foizli o‘zgarishi.
Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning 1 foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi.
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bu yerda:
Q - taklif miqdorining foizli o‘zgarishi;
R - narxlarning foizli o‘zgarishi.
Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning mavjud o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘i hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o‘zgarishiga moslashish uchun qanchalik uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o‘zgaradi va shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo‘ladi. Biz yuqorida vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning o‘zgarishiga ta’sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta’sir taklifning egiluvchanligida ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi.

bo’lgan talab bir xil yo’nalish bo’yicha harakatlanadi, narxlar kesishishidagi elastiklik ijobiydir. Bu misol bir-birini o’rnini bosadigan tovarlar uchun xosdir. Endi bir-birini to’ldiradigan tovarlarni ko’rib chiqamiz. Masalan, kompyuter va dasturiy ta’minot bir-birini to’ldiradi. Bu holda elastiklik salbiy bo’ladi. Chunki kompyuter narxining oshishi dasturiy ta’minotga bo’lgan talabning qisqarishiga olib keladi.




Download 0,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talab miqdori va taklif miqdori o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi. Bozor muvozanati

Download 0,78 Mb.