• Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: KIRISH, ASOSIY QISIM, XULOSA, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
  • Mundarija: kirish




    Download 0,78 Mb.
    bet2/8
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #242739
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Adurasulov Fazliddin

    Kurs ishining maqsad va vazifalari:
    Bozor iqtisodiyotining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bu mavzuda birinchi navbatda talab va taklifga narx ta’sirining ahamiyatini qarab chiqamiz. Keyin talab va taklif ta’sirida muvozanatli narxning o‘rnatilishi tushuntirib beriladi. Bu yerda talab va taklif qonunlari, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni tushuntirishga alohida e’tibor beriladi.
    Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.


    Kurs ishining tarkibiy tuzilishi:
    KIRISH, ASOSIY QISIM, XULOSA, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


    1.1 Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni.
    Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida amal qiladi.
    Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab-bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u xohish vaistak bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi.
    Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Ko‘pchilik iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.
    Yakka talab va bozor talabi miqdor jihatidan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p ta’sir qiladigan omil narx omilidir.
    Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni quyidagi jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz.

    Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qaramaqarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi.
    Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori, ya’ni talabning o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: gorizontal chiziq talab miqdorini, vertikal chiziq narxni ko‘rsatadi

    Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni tasviriy aks ettiradi.
    Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
    Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi.
    Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.
    Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:
    Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini qarab chiqamiz.
    1. Iste’molchilarning didlari. Biror mahsulotga iste’molchi dididagi ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Iste’molchi didiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.
    2. Bozordagi iste’molchilar soni. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi, iste’molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aktsiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
    3. Iste’molchining daromadlari. Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta’siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab iste’molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.
    Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
    Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‘ra, iste’molchi daromadi bilan ular tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.
    Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin. Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan ko‘rinishda bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan iste’molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi.
    Rasmdan ko‘rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi sekinlashmoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha - 4 donadan 6 donagacha, 40 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha - 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay to‘xtagan (daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda).




    Download 0,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,78 Mb.