Funktsional sxеmalar avtomatlashtirish sistеmalari loyihasining asosiy tеxnik
hujjati bo`lib, unda tеxnologik ob’yеkt va avtomatik nazorat, rostlash boshqarish va shu
kabi vositalari birgalikda tasvirlanadi. Funktsional sxеmalarni tuzishda Davlat Standarti
DS21.404-85 va koʻrsatma matеrial RM4-4-85 talablariga rioya etiladi. Funktsional
sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni o‘zaro bog‘lanishlarini va
harakatlanishlarini ifodalaydi. GOST 21.404-85 da funktsional sxemani 2 xil usulda
tayyorlash mumkin. Birinchisi soddalashtirilgan funktsional sxema, ikkinchisi
mukammal funktsional sxema: Soddalashtirilgan funktsional sxemada parametrlarni
nazorat qilish va rostlash asboblarining hammasi bitta shartli belgi bilan ifodalanadi.
Soddalashtirilgan usul odatda boshqarishni lokal sistemalarida, ya’ni rostlovchilarning
sxemasini chizishda ishlatiladi. Mukammal funktsional sxema parametrlarni nazorat
qilish va rostlash asboblarining hammasi alohida-alohida shartli belgilar bilan
ifodalanadi. Hamma asboblar chizmaning pastki qismiga, mahsus to‘g‘ri
to‘rtburchaklarga joylashtiriladi. Texnologik jarayonda yana bir parametrni nazorat
qilish juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu parametr elektr dvigatelning aylanishlari soni,
chunki bu parametrni rostlamasdan turib maqsadimizga erisha olmaymiz
.
Bundan tashqari dvigatellar soni ikkita bo‘lib ularni bir xil tezlikda harakatlanishini
nazorat qilish zarur. Buning uchun aylanishlar sonini sezuvchi sezgir elementni elektr
dvigatelining reduktoriga (aylanishlar soni o‘zgartiruvchi qurulma) o‘rnatiladi, so‘ng
joyida o‘rnatilgan aylanishlar sonini o‘lchovchi asbob sezgir elementdan axborotni qabul
qilib uni avtomatik rostlovchi elementga uzatadi. Shu tariqa ikki elektr dvigatelinini
tezliklarini bir xil ko‘rinishga olib kelishimiz mumkin.