Respublikamizda kuchli yog‘-moy sanoati potensiali yaratilgan bo‘lib, quvvati
jihatidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida dastlabki o‘rinlardan birini
egallaydi.
Yog‘-moy sanoatining chigitni qayta ishlash quvvati yiliga 3,6 mln. tonnani, margarin
mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvati yiliga 52,4 ming tonnani, mayonez ishlab chiqarish
yillik quvvati 2 ming tonnani, xo‘jalik sovuni ishlab chiqarish – 8 ming tonnani tashkil qiladi.
Oziq-ovqat sanoatining asosiy maqsadi respublikamiz xalq xo‘jaligini ekologik toza,
raqobatga bardosh beradigan, sifatli, chiroyli qadoqlangan yog‘-moy mahsulotlarini eng kam
tannarhda, qulay mehnat sharoiti yaratib ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib,
bu maqsadni
amalga oshirish uchun sanoatni zamonaviy Yuqori samarali asbob-uskunalar va yangi
texnologiya bilan ta’minlashni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. uyushma
tasarrufidagi 20 ta yog‘-moy korxonalarining barchasida rekonstruksiya, qayta texnik
ta’mirlash, chet el investitsiyalari ishtirokida ko‘shma korxonalar yaratish ko‘zda tutilgan.
Umuman chet el kompaniyalarining investitsiyalaridan
foydalanib dezodoratsiya
sexlarini qurishdan maqsad sifatli yog‘ olish bilan birga ekstraksiya yo‘li bilan olingan texnik
yog‘dan ham iste’mol yog‘i olinib, xalqimizni o‘simlik yog‘iga bo‘lgan talabini to‘laroq
qondirishdan iboratdir.
Yaqin vaqtlarda dezodoratsiya va qadoqlash sexlari faqatgina «ToshmarYog‘», «Farg‘ona
yog‘-moy» XJ larida bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda «Urganch yog‘-moy», «Koson
Yog‘ekstraksiya», «Guliston Yog‘-ekstraksiya», «Qarshi Yog‘-ekstraksiya» XJ larida
bunday sexlar faoliyat ko‘rsatmoqda, yaqin kelajakda esa barcha o‘simlik Yog‘i ishlab
chiqaradigan korxonalarda dezodoratsiya qilingan va did bilan kichik hajmdagi idishlarga
qadoqlangan yog‘ ishlab chiqariladi. SHu maqsadda bugungi kunda bir qator konstraktlar
Belgiyaning «De-Smet», Germaniyaning «Lurgi», Fransiyaning «Steka-Bottlez» firmalari
bilan o‘simlik Yog‘ini dezodoratsiya qiladigan va qadoqlaydigan asbob- uskunalar keltirish
bo‘yicha tuzildi. Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan
bozorlarimiz jahon bozoriga
qo‘shilib borayotir, erkin savdoga yo‘l ochilib bozorlarimizda chet eldan keltirilgan estetik
did bilan qadoqlangan o‘simlik yog‘lari, xo‘jalik va atir sovunlar, margarin, mayonez
mahsulotlari keng assortimentda sotilayapti.
Kirish
List
Mahsulotlarimiz sifat jixatidan chet ellardan keltirilayotganlardan
ustunligi ularning
sof yog‘lardan tayyorlanishi bo‘lsa, lekin bizda ishlab chiqarilayotgan tarkibi jixatidan,
margarin mahsulotlari chiroyli qadoqlanganligi, haridorligi tushib ketmasligi uchun, chet el
mahsulotlaridan orqada qolib ketmasligi uchun bir qator ishlar olib borilayapti. SHu jumladan,
«Farg‘ona Yog‘-moy» XJ da sovun ishlab chiqarish sexini
qayta jihozlab Italiyaning
«Matssoni» Uyushmaning investitsiya dasturida chet eldan keltirilayotgan xom-ashyo
mahsulotlari ishlab chiqarishi joylarda tashkil qilish masalasi ham keng olgan:
O‘zbekistonda kerakli miqdorda ishlab chiqarishni tashkil etish.
Shu bilan birga respublikamizda ishlab chiqarilmayotgan, lekin haridorgir mahsulotlarni
– olif moyi, kazein elimi, ozuqaviy spirt, antifriz, tormoz suyuqligi kabilarni ishlab chiqarish
ham amalga oshganligini hisobga olganda kelajakda import o‘rnini bosa oladigan xomashyo,
mahsulotlar ishlab chiqarishni Yo‘lga qo‘yish natijasida yiliga 40 million dollargacha
mablag‘ni iqtisod qilish mo‘ljallanayapti.
Yog‘-moy sanoati 2001-2005 yillarga mo‘ljallangan rekonstruksiya va qayta texnik
ta’mirlash dasturida belgilangan ishlar amalga oshirilgach sanoat korxonalarida jahon
andozalari talabiga javob beradigan qo‘yidagi mahsulotlar ishlab chiqarila boshlaydi:
dezodoratsiya qilingan o‘simlik yog‘i 40 ming tonna;
O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoatining asosiy qismlaridan biri yog‘-moy
sanoati hisoblanadi. Respublika aholining moyga bo‘lgan ehtiyojini, shuningdek xo‘jalik va
atir sovuniga, yuvuvchi kukunlarga sifatli plyonka hosil qiluvchi
moddalarga va boshqa
mahsulotlarga bo‘lgan extiyojini qondirish uchun Yog‘-moy korxonalari o‘zining ishlab
chiqarish bazasini intensiv kengaytirib bormoqda.
Buning uchun etakchi texnika va uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan texnologiyalar
bilan jihozlangan zavod va kombinatlar barpo etilmoqda. yangi zavod va sexlarni qurish bilan
birga mavjud zavodlarni yangi texnologiyalar bo‘yicha rekonstruksiya qilish, ularni texnik
jixatdan qayta ta’mirlash ishlari nazarda tutiladi.
Guliston va Koson shaharlarida yangi yirik korxonalar barpo etildi. Farg‘ona, Andijon,
Buxoro, Urganch Kogon Yog‘-moy korxonalarida missellani kompleks qayta ishlovchi sexlar
qurildi.
Kirish
List
Kattaqo‘rg‘on va Andijon MEZ lari rekonstruksiya qilindi. Uchqo‘rg‘on, Kogon va
Qo‘qon MEZ larida modernizatsiyalashgan ND-1250 liniyasi o‘rnatildi. Qo‘qon Yog‘-moy
kombinatida danakli urug‘larni qayta ishlash bo‘yicha zavod qurildi. Farg‘ona va
Kattaqo‘rg‘on zavodlarida sovun pishirish sexlari rekonstruksiya qilinadi va uzluksiz ravishda
sovun pishirish uchun. TNB-2 o‘rnatilib, bu erda yog‘ kislotalarining davriy distillyasiya
usulidan uzluksiz distillyasiya usuliga o‘tildi. Yangi zavodlar
qurish va mavjudlarini
rekonstruksiya qilish loyihalash ishini mukammal bilishni talab etadi.