Bu jarayondan so‘ng yog‘ 32W35 elektr issitgichga o‘tadi, temperaturasi 260°C
gacha ko‘tariladi va 32K40 Dezodoratorga tushadi. Dezodoratsiyalash jarayoni vakum
ostida amalga oshiriladi, yog‘ tarkibidagi aromatik moddalar bug‘lanib kondensatorga
o‘tadi.
Dezodoratsiya vaqtida yog‘ temperaturasi va satxi doimiy nazorat qilib turiladi.
Dezodoratsiyalangan yog‘ning temperatursi 230°C ga teng bo‘ladi, 32P70 nasosi
32W31 issiqlik almashtirgichga yog‘ni haydab beradi, yog‘ sovidi, temperaturasi 150°C
ga tushib qoladi. Bu jarayondan so‘ng yog‘ 32W75 suvutgichga o‘tadi. Bu
sovutgichning ishlash prinspi yog‘larni suv orqali sovutadi. Suvning kirish
temperaturasi 30°C. bu jarayondan so‘ng yog‘ning temperaturasi 50°C gacha pasayadi.
Yog‘ yetarli temperaturagacha sovugandan so‘ng jarayonning oxirgi bosqichi 32F70
meshochniy filtirdan o‘tkiziladi va dezodoratlangan yog‘ saqlanadigan yomkostlarga
to‘kiladi. Yuqorida keltirilgan funktsional sxemadagi elementlarning vazifalarini ko‘rib
chiqamiz:
PE - bu elment bosim datchigi hisoblanib, u havo bunkeridan olgan ma’lumotni
bosim rostlovchi elmentga uzatadi.
PT - bosimni (siyraklashinuvini) o‘lchash asbobi, shkalasiz ko‘rsatishlarni
masofaga uzatuvchi, joyida (manomentr, elektr yoki pnevmouzatmali diffmanometr).
PIA - bu asbob bosimni shitda ko‘rsatuvchi va pnevmatik signal hosil qilib bosimni
avtomatik rostlovchiga uzatib beruvshi asbob.
PRC - bu asbob bosimni avtomatik rostlovchi, qayd etuvchi va shitda joylashgan
asbob.
T - temperaturani o‘lchovchi asbob.
TI - temperaturani o‘lchovchi va qayd qiluvchi asbob.
TICR - temperaturani o‘lchovchi, qayd qiluvchi va rostlovchi asbob.
L - satxni o‘lchovchi asbob.
LIC - satxni o‘lchovchi, qayd qiluvchi va rostlovchi asbob.
EI - mator aylanishlar sonini nazorat qiluvchi va rostlovchi asbob.
FIQ - modda sarfini o‘lchovchi, qayd qiluvchi va rostlovchi asbob.