Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish tizimi (TJABT)ni yaratish
va joriy qilish murakkab va mehnat talab jarayon hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan
texnologik jarayonlarda ishni muntazam nazorat qilib turish va boshqarish uchun albatta
boshqaruv pulti yoki boshqaruv shiti bo‘lishi zarur. Hozirgi zamonaviy ishlab chiqarish
dastgohlarini boshqaruv pultlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Avtomatlashtirilgan
tizimlarda shit va pultlar OST 36.13-76 va boshqarish materiallari RMZ-82-83 mos
bo‘lishi kerak. Ular yopiq binolarda atrof muhit harorati -30 dan +50C gacha, nisbiy
namlik 80%, tebranishlar, agressiv gazlar, bug‘lar va tok o‘tkazuvchi changlardan xoli
bo‘lishi shart.