O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari




Download 13.19 Mb.
bet26/116
Sana28.10.2022
Hajmi13.19 Mb.
#28375
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   116
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari

Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsa-da, turli mamlakatlar turli yo‘llarni tanlashlari mumkin. YUqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tishning revolyusion va evolyusion yo‘llari mavjud. Polsha, CHexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion yo‘lini, birdaniga katta to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar.
O‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi.
«Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‘tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi».
«O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik», deb yozadilar mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash;
- o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi;
- bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. CHunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, I.A.Karimov shunday yozadilar: «Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, «YAngi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang» degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lini tanladik. Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik».
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishningbirinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi:
- totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
SHu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
- o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. SHu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.

Download 13.19 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   116




Download 13.19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari

Download 13.19 Mb.