• Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori.
  • 24.2-jadval O‘zbekistonda aholi pul daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining dinamikasi (mlrd. so‘m)
  • Ko‘rsatkichlar Yillar 2004
  • Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori




    Download 13.19 Mb.
    bet37/116
    Sana28.10.2022
    Hajmi13.19 Mb.
    #28375
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116
    Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori.
    Ixtiyorida bo‘lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lovlar summasiga kam bo‘ladi.
    Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori. YA’ni,real daromad aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.
    Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
    a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
    b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
    v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.
    Respublikamizda 2008 yilda aholining nominal pul daromadlari 2007 yilga nisbatan 34,1 foizga o‘sib, 22626,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Aholining pul xarajatlari va jamg‘armalari esa tegishli ravishda 34,2 foizga o‘sib, 22240,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
    Mamlakatimizdagi aholi pul daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining keyingi yillardagi dinamikasi quyidagi jadval ma’lumotlari orqali tavsiflanadi (24.2-jadval).24.2-jadval
    O‘zbekistonda aholi pul daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining dinamikasi (mlrd. so‘m)

    Ko‘rsatkichlar

    Yillar

    2004

    2005

    2006

    2007

    2008

    Aholi pul daromadlari

    7634,4

    9728,6

    12954,9

    16872,7

    22626,3

    Aholi pul xarajatlari va jamg‘armalari

    7561,1

    9533,0

    12680,7

    16572,8

    22240,7

    Pul daromadlarining xarajatlardan farqi

    73,3

    195,6

    274,2

    299,9

    385,6

    Jadvaldan ko‘rinadiki, mamlakatimizda aholi pul daromadlari sezilarli darajada oshib bormoqda. Muvofiq ravishda aholining pul xarajatlari va jamg‘armalari ham o‘smoqda, biroq, bu o‘sish daromadlar o‘sishi darajasidan ortda qolishi sababli, aholi ixtiyoridagi pul qoldiqlari miqdori oshib bormoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich 2008 yilda 2004 yildagiga nisbatan 5,3 barobardan oshgan.


    O‘zbekistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari tarkibining tahlili shuni ko‘rsatadiki, daromadlarning ahamiyatli qismi mol-mulk, tadbirkorlik faoliyati va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishdan olinmoqda (2008 yilda jami pul daromadlarining 49,9 foizni tashkil etgan) (24.3-jadval). Jami daromadlarning 33,3 foizi mehnatga haq to‘lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlar hissasiga, 16,8 foiz ijtimoiy transfertlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
    2008 yilda aholining iste’mol sarflari 2007 yilga nisbatan 36,1 foizga o‘sib, 16613,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Iste’mol sarflarining pul daromadlari umumiy hajmidagi ulushi 74,7 foizni tashkil qildi.
    Aholi pul daromadlari qo‘shimcha o‘sishining omillari tahlili shuni ko‘rsatadiki, agar 2000 yilda bu o‘sishning 20,8 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va boshqa daromadlar hisobiga ta’minlangan bo‘lsa, 2007 yilga kelib bu manzara butunlay o‘zgardi: pul daromadlari qo‘shimcha



    Download 13.19 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116




    Download 13.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori

    Download 13.19 Mb.