• Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya.
  • 100,2 foizni
  • 21,9 mlrd
  • 2020 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini taminlash parametrlari ishlab chiqilgan. Mazkur parametrlarga muvofiq 2020 yilda jami 302,8
  • 24 tadan 67 taga
  • “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik”
  • Farovonlikning eng quyi chegarasi




    Download 13.19 Mb.
    bet39/116
    Sana28.10.2022
    Hajmi13.19 Mb.
    #28375
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116
    Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi.
    Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy» qatlamining mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar miqdorida baholanadi.
    Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq. Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni:
    - mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
    - turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari;
    - siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
    - moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
    - kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
    .
    2- ma’ruza

    1. 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida aholini ijtimoiy himoya qilish masalalarining asosiy yo‘nalishlarini belgilanishi.


    2. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy himoya masalalarining asosiy yo‘nalishlarining belgilanishi.
    3. O‘zbekiston Respublikasi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun mohiyati va uning hayotga tadbiq etilishi.

    O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e'lon qilinishi hamda bozor munosabatlarining shakllantirila borishi jarayonlarida aholini kam ta'minlangan qatlamlari va himoyaga muhtoj qatlamlarini himoya davlat tomonidan himoya qilish dalzarb vazifalardan biri bo‘lib qolaverdi.


    O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining yangi bosqichida ham bu masala bosh vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yillar mobaynida mamlakatimiz aholisining moddiy va moliyaviy ahvolida bir qator o‘zgarishlar kuzatilganligi ma'lum. Mamlakatimiz o‘z rivojining yangi davriga qadam qo‘ydi. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish pallasiga kirdi. Bu bosqich mamlakatimiz taraqqiyotining muhim davri sifatida tarixda qolishi muqarrar.
    2017 yil 7-fevralda imzolangan O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi aynan ijtimoiy sohani rivojlantirish ko‘zda tutilgan. U quyidagicha bayon etilgan:
    “Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta'lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”.
    2017 yilning aynan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi amalda davlat siyosatining izchilligidan dalolat beradi.
    Bugunga kelib mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi. Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud an'analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 22 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 94 nafar shaxs davlatimiz fuqarosi bo‘ldi. Undan keyin qabul qilingan bir necha Farmonlar asosida yana qanchadan-qancha kishilar fuqarolikka o‘tdi. Bu ham mamlakat tarixida muhim ijtimoiy voqyelik sifatida baholanadi albatta. 2021-yilga kelib Prezident farmoni asosida uzoq yillar davomida mamlakatimizda yashab, mehnat qilib kelgan 50000 dan ziyod vatandoshlarimiz fuqarolik olishga musharraf bo‘lishda. Bu boradagi ishlar yana davom ettirilishi ta'kidlanib, 15 yildan ortiq O‘zbekistonda yashagan va O‘zbekiston fuqaroligini olish istagida bo‘lgan vatandoshlarimizga fuqarolik berilishi belgilandi.
    Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami esa har kanday kishini mamnun etadi. “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishida muayyan ma'noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
    Jumladan, ijtimoiy sohadagi eng muhim ishlar ham o‘z aksini topgan. Unda qayd etilishicha, “faqatgina dastlabki yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr avtomobil yo‘llari qurildi va ta'mirlandi, 84 ming 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017 - 2020 yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmokda, uning doirasida 50 ming 286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish mo‘ljallangan”.
    Ijtimoiy sohaga e'tiborning ko‘lamini tasavvur qilish uchun, loaqal, shu yilning o‘zida bu borada qabul qilingan qonunosti hujjatlarning muhim-muhimlarini sanash kerak.
    Agar Harakatlar strategiyasi qabul qilingandan buyon o‘tgan davrga nazar tashlasak, bu borada ana shu qisqa fursat ichida mamlakatimizda qanchalar katta ishlar hayotga tatbiq etilganining guvohi bo‘lamiz. Buning uchun ana shu to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish hisoblanmish ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan yetti vazifaning ijrosi yuzasidan qilingan ishlarga yana bir karra nazar tashlashga to‘g‘ri keladi.
    Aholi bandligi va real daromadlarni izchil oshirib borishni olib ko‘raylik.
    Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtiri va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublika Prezidentining “Aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari rahbarlarini shaxsiy mas'uliyatini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”, “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun kulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Madaniyat san'at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”, “2018 - 2019 yillar, turizm sohasiki rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” va boshqa Qarorlari chiqdi.
    Ayniqsa, aholi ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham ko‘p ish qilindi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtiri chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida”, “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”, “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va boshqa Farmonlari qabul qilindi.
    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”, “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirri to‘g‘risida”, “2017 - 2021 yillarda ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”, “2018 - 2022 yillarda issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantir dasturi to‘g‘risida”, “2017 - 2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “2017 - 2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 - 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash tizimni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” boshqa Qarorlari hamda “Nogironlarni davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoyishi chikdi.
    Arzon uy-joylar barpo etish mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning insonparvarligini ko‘rsatib turibdi. Uy-joylar arzon narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni ko‘payadi. Eng muhimi, bu birinchi galda aholining uy-joyga o‘ta muhtoj qatlamining manfaatlarini o‘ylagan holda yo‘lga qo‘yildi.
    Hozirgi paytda mamlakatimiz barcha mintaqalarida ikki sotixli namunali qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarni qurish jadal davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa, imtiyozli kreditlar joriy etilganidan aholi bag‘oyat minnatdor.
    Bugungi kunda poytaxtimiz katta uy-joy kurilishi maydoniga aylandi. Xususan, Sergeli tumani hududida jadal sur'atlar bilan bunyod etilayotgan har taraflama shinam, zamonaviy qulayliklarga ega arzon ko‘p qavatli uylar peshma-pesh bitkazipyapti.
    Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish yo‘nalishiga ham jiddiy e'tibor berilyapti.
    Sergeli tumanini shaharning asosiy qismi bilan bog‘lashga xizmat qilishi mo‘ljallangan yer usti metrosining qurilayotganiga hammamiz guvohmiz. Metroga parallel ravishda Sergelini metroning Olmazor bekatini bog‘laydigan avtomobil yo‘li ham kuriladi. Shuningdek, Sergelini bir tomoni shahar katta Halqa yo‘liga bog‘laydigan, ikkinchi tomoni esa Bektemir tarafga yo‘nalgan yangi magistral yo‘lga ulaydigan yo‘l qurilishi ham jadallik bilan davom ettirilyapti. Shahrimizning yo‘l va ko‘chalariga yangidan asfal't yotqizilyapti.
    Ta'lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantirish ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishini tashkil etadi.
    Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “2017/2018 o‘kuv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”, “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Ma'daniyat va san'at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” va boshqa Qarorlari chiqarilganini alohida kayd etish lozim.
    Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tub burilish yuz berdi.
    Ma'lumki, 2017 yilning 30 iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qatnashib, nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatini chuqur tahlil etib, bu borada yangicha ishlash prinsiplarini bayon qilib berdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Yoshlar ittifoqiga aylantirildi. Bundan buyon 30 iyun Yoshlar kuni sifatida bayram qilinadigan bo‘ldi.
    Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Boshqa ko‘p qonunosti hujjatlarida ham yoshlarni ijtimoiy faollikka undaydigan, ular hayotini yaxshilashga qaratilgan tartib-qoidalar belgilandi.
    Siyosatdagi barqarorlik va izchillik har qanday davlatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
    Hozir poytaxtimizning qaysi mahallasiga kirmang, aholining baxtli yashashi uchun qulay sharoitlar yaratishga kirishilganiga guvoh bo‘lasiz. Ko‘p qavatli uylarning fasadlari ta'mirlanyapti. Bu uylar orasidagi yo‘l va yo‘laklarga sement yotqizilyapti. Bolalar uchun o‘yingohlar yangidan jihozlanyapti. Shaharning bo‘sh turgan inshootlarida yangi-yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilyapti. Bu ko‘plab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beryapti.
    O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar hisobiga joriy yilning
    I yarim yilligida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 100,2 foizni, uning tarkibida sanoat – 98,1 foizni, xizmatlar 99,3 foizni, qishloq xo‘jaligi – 102,8 foizni tashkil qilgan.
    Pandemiya sharoitida joylarda aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish
    va ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun 569 mingta muhtoj oila ro‘yxatga olingan va ularga 366,7 mlrd so‘mlik yordam ko‘rsatilgan. Jumladan, 117,9 mlrd so‘mlik oziq-ovqatlar, 55,9 mlrd so‘m naqd pul ko‘rinishida, 21,9 mlrd so‘mlik issiqxona hamda 679,5 mln so‘mlik dori-darmon mahsulotlari, 15,9 mlrd so‘mlik qoramol, 7,8 mlrd so‘mlik qo‘y-echki hamda 4,1 mlrd so‘mlik parranda yetkazib berildi. 50,9 ming nafar ishsiz fuqaroning doimiy, 105,8 ming fuqaroning esa – mavsumiy ish o‘rinlarida bandligi ta'minlangan.
    Fan va uzluksiz ta'limni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ishsizlikni kamaytirish, aholining daromadlarini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish va turizm sohalarini takomillashtirishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
    Maktabgacha ta'lim sohasida 2020 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida jami 426 ta maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish (19 ta) va rekonstruksiya qilish (407 ta) belgilangan. 2019 yilgi Investitsiya dasturidan yildan yilga o‘tuvchi 13 ta loyiha, 413 ta yangidan boshlanadigan loyihalar shular jumlasidandir.
    Bugungi kunda 400 ta yangidan boshlanadigan loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib ekspertizadan o‘tkazilgan. 127 ta ob'ektda tender savdolari yakuniga yetkazilgan, 286 ta ob'ektda qurilish ishlari boshlangan.
    “Eksimbank” (Koreya Respublikasi) ishtirokidagi “Maktab ta'limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish” loyihasi doirasida 850 ta umumta'lim maktablarida o‘quv kompyuter sinflari tashkil etildi. Ayni vaqtda mazkur loyiha doirasida yana 1 800 dan ortiq umumta'lim maktablarini o‘quv kompyuter sinflari bilan ta'minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmokda.
    Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan parametrlarga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500 ta maqsadli o‘rin ajratilganligi, shu hudud yoshlarining cheksiz quvonchiga sabab bo‘ldi.
    Yana bir muhim yangilik, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 foizli davlat granti ajratildi.
    Tibbiyot sohasida 17 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot muassasalariga xorijiy investorlarni jalb qilish, ularni boshqarishda zamonaviy menejmentni joriy etish ishlari amalga oshirilgan.
    Davlat tibbiyot muassasalarida 200 ta autsorsing xizmatlarini tashkil qilish rejalashtirilgan va 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 173 xil autsorsing xizmatlari bo‘yicha faoliyat joriy qilingan (rejaga nisbatan 86,5 %) bo‘lib, ularning 126 tasini taom tayyorlash, 47 tasini kir yuvish xizmatlari tashkil etadi.
    Davlat tibbiyot tashkilotlari va aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashga o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p yoki qariyb 1,5 trln so‘m ajratilgan hamda ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha tibbiyot muassasalarining 2020 yil uchun xarajatlar smetalari tuzilib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
    Aholi bandligini oshirish sohasida koronavirus pandemiyasi ta'sirida yuzaga kelgan aholi bandligi bilan bog‘liq real holatni inobatga olgan holda, 2020 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash parametrlari ishlab chiqilgan.
    Mazkur parametrlarga muvofiq 2020 yilda jami 302,8 mingta ish o‘rinlarini tashkil etish, shundan 142,7 mingta tarmoq va hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga, 6,8 mingta ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga, 93,2 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil etish hisobiga va 60,1 mingta oilaviy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini tashkil etish nazarda tutilgan.
    Shuningdek, ishlab chiqilgan parametrlarda ishsiz fuqarolarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish, mehnat bozorining real ehtiyojidan kelib chiqib qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni vaqtincha mehnat guvohnomasi bilan ta'minlash hamda ishsiz aholining bandligini ta'minlash uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiya va grantlar ajratish nazarda tutilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 8 iyundagi PQ-4742-son qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyatini rasmiylashtirish bo‘yicha imtiyoz berilgan kasblar soni 24 tadan 67 taga oshirildi.
    O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020 yil uchun ijtimoiy soliqni bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida (eski tartib bo‘yicha 12 oy uchun uchun BHMning 4,5 barobari) to‘lashi belgilanganini ko‘plab fuqarolarimiz xursandchilik bilan qabul qildilar. Aynan mazkur masalada biz deputatlarga ham murojaatlar bo‘lgan edi.
    Mazkur imkoniyatlarning yaratilishi natijasida aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini (aholining rasmiy sektorda bandligi) amalga oshirishni rag‘batlantiradi.
    Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning o‘ziga xos yangi tizimi yaratilganidan barchangiz yaxshi xabardorsiz. “Temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mehr daftari”, “mahallabay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda.
    Islohotlar doirasida qabul qilingan yirik dasturlar jamiyatimizda ijtimoiy muhitni yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini oladigan bo‘lsak, joriy yilning o‘zida jami 8 mingga yaqin qishloq va mahallada umumiy qiymati 20 trillion so‘mlik qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani, o‘ylaymanki, ko‘p narsadan dalolat beradi.
    Bu ishlarning barchasi “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” degan ezgu da'vat asosida amalga oshirilmoqda.
    2016 yilda mavjud bo‘lgan 800 ta “Tez yordam” shoxobchasining soni bugunga kelib 1 ming 666 taga yetkazildi. Tez tibbiy yordam brigadalari soni esa 1 ming 648 tadan 2 ming 685 taga ko‘paytirildi.
    Ma'lumki, ilgari ko‘plab yurtdoshlarimiz murakkab tibbiy operatsiyalarni o‘tkazish uchun chet ellarga borishga majbur edi. Keyingi yillarda tibbiyot sohasini rivojlantirishga oid islohotlar natijasida bunday amaliyotlar endi o‘zimizda ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
    Respublikamiz aholisiga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatayotgan markazlar soni 2016 yilda 10 tani, ularning hududiy filiallari esa atigi 2 tani tashkil etardi. Bugungi kunda bunday markazlarning soni 20 taga yetkazildi, joylarda esa 124 ta filial faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu ishni davom ettirib, joriy yilda yana qo‘shimcha 48 ta hududiy filial tashkil etiladi.
    Hammangiz ko‘rib turibsiz, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni o‘z vaqtida boshlab, to‘g‘ri yo‘l tanlaganimiz uchun kutilmagan pandemiya qarshisida sarosimaga tushib qolmadik. Xalqimizning sog‘lig‘i va hayotini asrash maqsadida zudlik bilan barcha tadbirlarni ishlab chiqdik. Jumladan, koronavirusga qarshi kurashish uchun maxsus tibbiy markazlar tashkil etildi. Dori-darmon va himoya vositalarining zaxirasi shakllantirildi.
    Hududlarda ishga tushirilgan 60 ta kislorod stansiyasi tegishli shifoxonalarni kislorod bilan uzluksiz ta'minlashga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.
    2021 yil uchun davlat byudjetida 3 trillion so‘m zaxira shakllantirilib, aholi sog‘lig‘ini saqlash va koronavirusga qarshi emlash choralarini ko‘ryapmiz.
    Xalqimizni tezkor va samarador, sifatli tibbiy yordam bilan ta'minlashga qaratilgan islohotlar izchil davom ettiriladi.



    Download 13.19 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116




    Download 13.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farovonlikning eng quyi chegarasi

    Download 13.19 Mb.