- Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot. (4 soat)




Download 13.19 Mb.
bet41/116
Sana28.10.2022
Hajmi13.19 Mb.
#28375
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
7- Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot. (4 soat)


1-ma’ruza (2 soat)
Reja
1.Ma'naviyat tushunchasi. Mustaqillik yillarida ma'naviy hayot, ma'naviy merosning tiklanishi
2.O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasi, uning mohiyati va ahamiyati.
3.Mustaqillik yillarida adbiyot, sana't, kino va sport sohasidagi yutuqlar.

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma'naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga etkazish borasida keng ko‘lamda faoliyat olib borildi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi dolzarb muammolardan biri yangi tarixiy sharoitda jamiyat uchun munosib bo‘lgan kishilarni tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Mustaqil taraqqiyotimizning muvaffaqiyatining bosh omillaridan biri aynan xalqimizning boy ma'naviy merosga ega ekanligida ekanligini unutmasligimiz kerak.


Tarixdan ma'lumki mamlakatimiz hudulari bir necha bor tashqi bosqinlarga duchor bo‘lgan. Qaramlik va zulm ham xalqimizning irodasini buka olmadi, xalqimiz o‘zligini yo‘qotmadi. O‘zining boy tarixi, urf -odatlari, qadriyatlarini saqlab qola oldi. Chor Rossiyasi va sovet mustamlakasi davri xalqimiz ma'naviy merosiga , uning tarixi nisbatan yuritilgan siyosat, madaniy va ma'naviy boyliklarimizning talon-taroj qilinishi ham madaniyatimizni, urf-odatlarimizni yo‘qota olmadi. Madaniyatimizga nisbatan yuritilgan bunday siyosat va yondashuv ko‘lab tarixiy yodgorliklarimizni qarovsiz qolishiga, ularning buzilishiga, qo‘lyozma kitoblarimizning nashr etilmay yoki tarjima qilinmay qolishiga sabab bo‘ldi. Xalqimizni boy madaniyati, tarixidan mahrum qilishga harakat qilindi. Mustaqillik tufayli xalqimizning boy tarixi, madaniyati va ma'naviyati o‘ziga qaytdi.
Ma'naviy meros tiklanadi. Ma'naviy meros qadim oia-bobodarimizdan bizgacha yetib kelgan ma'nviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy diniy qarashlar, qadriyatlar, urf-odatlar, odob-axloq me'yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san'at asarlari majmuidir. Madaniy meros asrlar davomida ota-bobolarimiz tomnidan yaratilgan, sayqallanga madaniy –ma'naviy boyliklarimizdir. U jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi, o‘z davri hayotini aks ettiradi va keyinga avlodlar uchun ma'naviy meros bo‘lib qoladi.
Respublika Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlab o‘tganidek, ma'naviyatning mohiyati shunchalik kengki, uni o‘lchab ham, poyoniga etkazib ham bo‘lmaydi. U inson uchun butun bir olamdir.
Bozor munosabatlari sharoitida ma'naviyat va ma'rifat ishlariga g‘oyat katta e'tibor berilishi mustaqil O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Bugungi kunda ma'naviy merosimizni, qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz, jumladan, yoshlarimiz ma'naviyatini boyitish, o‘zligini anglash, xususan kelajagimiz bo‘lgan, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlarni tayyorlash ularning ma'naviyatini yuksaltirishga yerishish g‘oyat muhimdir.
O‘zbek xalqining boy ma'naviy qadriyatlarini qaytadan tiklash, ularni xalqimizga qaytarish mustaqillik davri tariximizning ajralmas qismidir. Shu ma'noda bu tarixni yoritmay turib, umuman mustaqillik
davrining to‘la tarixini yaratib bo‘lmaydi.
Shu borada «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994-yil 23-apreldagi va keyingi Prezident farmonlari Respublikada ma'naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yilning 2-iyunidagi Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yangi farmoni mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo‘lgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2017-yil 28-iyulda qabul qilingan (PQ-3160) «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi qarori bilan Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi birlashtirilib, Resupblika ma'naviyat va ma'rifat markazi qayta tashkil etildi, uning dolzarb vazifalari belgilandi. Bu esa jamiyat hayotining ma'naviy-ma'rifiy asoslarini mustahkamlash, Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun dahldorlik va mas'uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tizimini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ajdodlarimizning bizgacha etib kelgan boy madaniy meroslarini o‘rganish ham katta o‘rin egallaydi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng yo‘llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san'at oliy o‘quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o‘choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo‘yila boshladi.
Mustaqillik bizning milliy-madaniy qadriyatlarimizning naqadar boy va teran tafakkur uslubini shakllantirishga imkoniyat ochib berdi. Oqibatda milliy qadriyatlarimiz jamiyatimiz taraqqiyotini tezlashtirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda hamda ularni milliy iftixor ruhida tarbiyalashda qudratli tarbiyaviy negiz bo‘lib xizmat qilmoqda.
Inson kamoloti va tarbiyasida muhim ahamiyatga yega bo‘lgan jamiyat va shaxs ma'naviyatini yuksaltiruvchi tafakkur rivojida beqiyos ahamiyat kasb yetadigan milliy qadriyat shakllarining inson faoliyatiga singib borishi jamiyatning yuksalib borishiga sabab bo‘ladi. Demak, ma'naviyat jamiyatning yuksalishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Ma'naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topadi va aksincha, ma'naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi.
Fan-texnika taraqqiyoti, zamonaviy kashfiyotlar insoniyatning qudratini oshiradi va yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Bunday holat insondan yanada yuksak ma'naviyat darajasiga ko‘tarilishni talab yetadi. O‘z navbatida, shaxsning ma'naviy yuksalishi uning ijtimoiy faolligini oshiradi va jamiyatning taraqqiyotini tezlashtiradi. Darhaqiqat, ma'naviyatni yuksaltirish shu kunning dolzarb vazifalaridan biri, kelajak poydevori bo‘lmish yoshlar qalbi va ongiga boy ma'naviy merosni singdirish, mustaqillik g‘oyalarini singdirish asosida o‘zida xulq-odob madaniyatini mujassamlashtirgan barkamol avlodni shakllantirish kunning asosiy vazifasidir. Zero, Vatan kelajagi, xalqimiz oldida turgan ulkan maqsadlarga yerishish avvalo yoshlariga, ularning har tomonlama barkamol inson bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir.
Istiqlol arafasida ma'naviyat sohasiga beqiyos ye'tibor qaratilib, yurtboshimiz sa'y-harakatlari bilan tilimizda, demakki, ongu tafakkurimiz – dunyoqarashimizda ma'naviy boyliklar, ma'naviy tarbiya, xalq ma'naviy boyligi, xalq ma'naviyati, ma'naviy burch kabi tushunchalar yangidan shakllandi. Birgina misol: agar o‘tgan asrning 70-80-yillarida chop yetilgan ikki jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga ham, o‘n to‘rt jildlik “O‘zbek sovet yensiklopediyasi”ga ham “ma'naviyat” so‘zi kiritilmagan, demakki, bu tushunchaga ta'rif berilmagan bo‘lsa, 2009 yilda nashr yetilgan “Ma'naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati” nomli alohida kitobda odamzod uchun bebaho boylik bo‘lmish ma'naviyatning ma'no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni, ahamiyati bilan bog‘liq yeng asosiy tushuncha va atamalarning keng izohi berilgan.
Sobiq tuzum davrida inson ma'naviyati, xalq ma'naviyati, millatimizning ma'naviy merosiga nisbatan bir tomonlama yondashildi, ularga sinfiy va partiyaviy nuqtai nazardan baho berilgan. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, yaqin o‘tmishda ma'naviy merosning minglab durdonalari haqida so‘zlash, yozish, targ‘ib-tashviq qilish taqiqlangan yedi. Yuzlab ma'naviyat darg‘alari millatchilik, milliy biqiqlikda, dindorlikda ayblanib, qatag‘on qilingan. Hatto, yaqin qarindoshining janozasida bo‘lgani, ta'ziyasiga borgani uchun yurtdoshlarimizga nisbatan jazo choralari ko‘rilishi yeski tuzumning oxirgi yillarida odatiy holga aylangandi. Yurtboshimiz iborasi bilan aytganda, “bu tuzum o‘z xalqinining tarixini, uning ruhi va odatlarini, o‘z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar yedi”.
Tarix sinovidan o‘tgan haqiqat shuki, yezgu g‘oyalarga, ma'naviy merosga, an'analar va zamonaviy talablarga asoslanmagan har qanday davlat tizimi uzoqqa borolmaydi. Bu haqiqatni yetmish yilning nari-berisida patorat topgan sobiq ittifoqning qismati yaqqol isbotladi. Ayni vaqtda mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, sha'ni va g‘ururi poymol yetilgani, ko‘hna tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani, ma'naviy qaramlik ostida taqdirimiz jar yoqasiga kelib qolganini aslo unutib bo‘lmaydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan ma'naviy targ‘ibot faoliyati o‘zining mazmun-mohiyat va ahamiyati jihatidan yeski davrdagi “propaganda-agitatsiya ishlari”dan farq qiladi. Shunday qilib, madaniyat, ma'naviy meros, sivilizatsiyalar yutug‘i jamiyat va inson manaviyatining rivojlanishida, ma'naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda katta ahamiyatga yega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘tmishda toptalgan ma'naviy merosimizni tiklashga qat'iyan kirishildi.



Download 13.19 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Download 13.19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- Mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot. (4 soat)

Download 13.19 Mb.