Mustaqillik yillarida adbiyot, sana't, kino va sport sohasidagi yutuqlar




Download 13.19 Mb.
bet43/116
Sana28.10.2022
Hajmi13.19 Mb.
#28375
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   116
Mustaqillik yillarida adbiyot, sana't, kino va sport sohasidagi yutuqlar

Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar qatorida madaniyat sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu avvalo teatr san'ati, milliy musiqa, me'morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Madaniyat mutaxassislarining ijodiy faoliyati, ularning moddiy va texnikaviy uskunalari, zamonaviy binolar bilan ta'minlanishi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning bevosita g‘amxo‘rligida bo‘ldi. 2001-yilning davlat byudjetidan madaniyat va san'at muassasalarini rivojlantirish uchun 12 milliard 703 million so‘m (bu ko‘rsatkich 2000-yili 9 mlrd. 463 mln. so‘mni tashkil qilgan edi) ajratilishi fikrimizning guvohidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida Respublikada yangi teatr jamoalari tashkil etildi. 1991-1994-yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi teatrlar ishga tushirildi. 1993-yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan «Turkiston» saroyi nafaqat me'morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo‘ladigan dargohga aylandi.
1998-yil 26-martda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «O‘zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O‘zbekiston tomosha san'atining ko‘p asrlik an'analarini o‘rganish, boyitish va targ‘ib qilish, teatr san'atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta'minlash maqsadida «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Teatrlarning 90-yillarning ikkinchi yarmidagi repertuarlarida tarixiy pe'ssalar keng o‘rin oldi. 1996-yili Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan 10 ta yangi spektakllar saxnalashtirildi. «Navro‘z-97» teatr festevali munosabati bilan Sohibqiron obrazini ifodalovchi 14 spektakl namoyish etildi. 1998-yili al-Farg‘oniy, al-Buxoriylarni yubileylariga bag‘ishlangan pessalar yaratildi. Mamlakatimizning boy tarixini namoyish etuvchi spektakllar Toshkentni etakchi teatrlaridagina emas, barcha viloyatlarning teatr sahnalarida qo‘yildi. 1995-1997-yillari Respublika teatrlari tomonidan 313 yangi spektakllar qo‘yildi.
O‘zbekistonda musiqa va raqs san'atini rivojlantirish maqsadida «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. Unda musiqa-raqs san'atini rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘zda tutildi. San'atni barcha sohalari, madaniy-ma'rifiy muassasalari uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash Respublika Prezidentining doimo e'tibor markazida bo‘lib keldi.
Mustaqillik yillarida o‘zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi sahifalar ochildi. Asarlari zararli, o‘zlari millatchi deb nohaq baholangan Cho‘lpon, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvar qori singari millatparvar yozuvchi, ma'rifatparvarlar ijodi xolisona o‘rganilib, ularning asarlari chop etildi, teatr saxnalarida o‘z o‘rnini egalladilar.
Mustaqillik sharofati bois mo‘tabar Qur'oni Karim va hadislar chop etildi. Bunday asarlarning xalqimiz qo‘liga etib borishi butunlay yangi, sog‘lom, sof milliy g‘oyalarimiznng, maqsad va intilishlarimizning sifat darajasini belgilaydi. Adabiyot sohasidagi va ko‘plab nashr etilgan boshqa asarlar milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining buyuk xayotbaxsh kuchini ko‘rsatadi.
Mustaqillik davri adabiyotining bayroqlari O‘zbekiston qahramonlari Sayid Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoirlari Muhammad Yusuf, Habib Sa'dullaevlar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi.
Milliy istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda Ozod Sharofiddinov, Begali Qosimov, Nayim Karimov, erkin Karimov, Ahmad Aliev, Najmiddin Komilovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. T.Malikning romanlari, O.Matjon, O.Hojieva, X.Sultonov, A.Suyun, Y.Eshbek, H.Do‘stmuhammad, Sh.Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy etuk asarlari o‘zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Aholi o‘rtasida madaniy-ma'rifiy ishlarni tashkil qiluvchi muassasalardan biri kutubxonalar bo‘lib, ularning soni 1996-yili 6723 ta edi. Kutubxonalarda jami kitobxonlar 6 mln. 211 kishini tashkil qilsa, shundan 4 mln. 425 mingi qishloq rayonlarida edi. Kutubxonaxodimlaridan 65 foizi oliy va o‘rta ma'lumotli mutaxassislardir.
Mustaqillik yillari respublikamizda muzeylarga bo‘lgan e'tibor oshib bormoqda «Temuriylar tarixi davlat muzeyi»ni qurilishi, «O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi», «Xalq amaliy san'ati muzeyi» ning qayta jihozlanishi buning dalolatidir. Hozirgi kunda davlat qaramog‘idagi muzeylar 81 tani tashkil qilib, shulardan 15 tasi tarix muzeylari, 23-o‘lkashunoslik, 10-badiiy san'at koshonasi, 20-memorial muassasa, 8-adabiyot, 4-tibbiyot muzeylaridir.
Shuningdek, mamlakatning shaharlari va tumanlarida 510 muzey xalqimizning boy tarixiy-madaniy xazinalarini namoyish etmoqda va kishilarimizni, yosh avlodni ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalashga o‘zlarining hissalarini qo‘shmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi jami muzeylarda 2000-yil boshlarida 1.350 ming eksponatlar saqlanmoqda va bularni o‘tgan davrda 1.655.400 kishi tomosha qilgan.
Sharq va G‘arb me'morchiligi uyg‘unlashgan binolar yurtimiz poytaxti va viloyat markazlarida qad ko‘tarib, shaharlarimiz husniga husn qo‘shmoqda. Milliy bank, mehmonxona binolari hamda madaniyat va istirohat bog‘larining bunyod etilishi buning yorqin misolidir. Haykaltaroshlik, amaliy bezak san'ati, tasviriy san'at, raqs, kino san'atlarida ham an'anaviy va zamonaviy usullar uyg‘unlashib etuk asarlar yaratildi va yaratilmoqda.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Axror, Cho‘lpon, Fitrat kabi katta hizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg‘or namoyandalari Abdulla Oripov, Sayid Ahmad, erkin Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, Ibroxim Yusupovlar O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar.
1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqyea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi.
O‘zbek milliy maqom san'atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san'atimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini kamol toptirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma'rifiy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2018-yil 6-aprelda «Xalqaro maqom san'ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2018 yil 6–10 sentyabr kunlari Shahrisabzda 73 davlat vakillari ishtirokida birinchi Maqom san'ati xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlarning fikriga ko‘ra, ushbu anjuman jahon madaniyatining mulkiga aylangan noyob o‘zbek milliy maqomini saqlash va rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Bugungi kunda O‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san'atining namoyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san'at turiga hurmat va e'tibor tuyg‘ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy -ma'naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrda «Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida har ikki yilda bir marta xalqaro baxshichilik san'ati festivalini tashkil etish hamda ushbu festivalni birinchi marta 2019-yil 5–10 aprel kunlari o‘tkazish haqidagi taklifi ma'qullandi.
Shuningdek o‘zbek milliy maqom san'ati markazi va muzeyi tashkil etildi,ushbu can'at yo‘nalishini rivojlantirish tizimi yaratildi.
2018-yil 24- iyulda O‘zbekiston Prezidentining «Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qarori mamlakatimizda kino san'atini yanada rivojlantirish, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim tadbirlarga asos bo‘lmoqda. Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2021 yilning oktyabr oyida mamlakatimizda bir paytlar mashhur bo‘lgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari kino ijodkorlari ishtirokida har ikki yilda o‘tkazilib kelingan xalqaro kinofestivalning qayta tiklanish va o‘tkazilishi o‘zbek kino san'atining yana bir yutug‘i, davlatimiz rahbarining O‘zbekistondi kino san'atini yanada rivojlatirishga qaratayotgan muhim e'tibori sifatida e'tirof etish kerak bo‘ladi.
Mustaqillik yillarida o‘z faoliyatini boshlagan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsad va vazifalari kelajak avlodimiz diliga va ongiga milliy istiqlol g‘oyalari va mafkurasini singdirish, aholining aksariyatini tashkil qilgan yigit-qizlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlari asosida tarbiyalashga qaratilgandir.
O‘zbekiston hukumati yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan keng shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib qo‘ydi. Hozirgi kunda Respublikada jismoniy tarbiyaning 15085 boshlang‘ich tashkiloti shug‘ullangan bo‘lib ulardan 9501 maktablarda, 710 tasi litsey va kollejlarda 63 tasi oliygohlarda tashkil etilgan.
Respublikada sport inshootlarini qurishga ulkan e'tibor qaratilgan. Jumladan, hozirgi kunga kelib 500 dan ortiq sport klublari, 536 sport maskanlari, 5 ta olimpiya klublari, 8 ta Respublika oliy sport maktablari va jismoniy tarbiya instituti ishlab turibdi. Sport bilan shug‘ullanuvchilarga 233 stadion, 135 suzish havzasi, 32.865 sport maydonchalari xizmat ko‘rsatmoqda. 4841 futbol maydoni, 168 tennis, voleybol, basketbol maydonlari mavjuddir.
Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida yerishilgan yutuqlarni yanada rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1999-yil 27-maydagi 271-sonli qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Dasturga ko‘ra ayniqsa qishloq Yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban o‘tgan bir yildan ko‘proq vaqt ichida qishloq tumanlarida 184 sport-sog‘lomlashtirish klublari tashkil qilindi. 2000-yil O‘zbekiston Respublikasi sporti tarixida, umuman olganda, muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo‘yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Olimpiada o‘yinlarida qatnashishga muyassar bo‘ldilar. Olimpiadachilarimiz 1 oltin, 1 kumush va 2 bronza medallarini qo‘lga kiritib, 200 mamlakat o‘rtasida 41-o‘rinni egalladilar. Respublika kurashchilari, bokschilari, tennischilari, dzyudochi va karatechilari mustaqil O‘zbekistonimizni butun jahonga tanitdi. Mustaqillik yillarida eng tez rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri shaxmatdir. Sobiq Sovetlar davrida shaxmat bo‘yicha bitta grossmeyster tayyorlangan bo‘lsa, endilikda ularning soni 11 nafar bo‘ldi. Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon shaxmat olimpiadasida hamyurtlarimiz 120 dan ortiq mamlakatlar ichida faxrli 11 o‘rinni egalladilar. Respublika chempioni Rustam Qosimjonov o‘z taxtasida bronza medaliga ega bo‘ldi. 2004 yili dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirokida o‘tgan jahon chempionatida R.Qosimjonov jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Mamlakatimizda olib borilayotgan xalqchil, adolatli, inson manfaatlariga qaratilgan siyosat ko‘plab sohalarda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Birgina sport misolida aytsak, o‘zbek futbolida yangi davr boshlandi. Buni hayotga katta kuch bo‘lib kirib kelayotgan yoshlarimiz 2018-yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida eng yuksak natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritgani ham tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 yanvarda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori sport sohasida sog‘lom muhitni yaratish, sportchilarimiz orasida halollik va haqqoniy fazilatlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi. 2018-yil 5-martda esa «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni asosida respublikamizning 5 ta hududida barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot bazasi tashkil etilib, Milliy olimpiya qo‘mitasi ixtiyoriga berildi. 2018-yil 22 fevral – 5 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qilichbozlik bo‘yicha kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli qatnashib, bunday nufuzli musobaqada ilk bor sovrindor bo‘lishdi. Yuqori malakali murabbiy kadrlarni jalb qilgan holda iqtidorli yosh shaxmatchilarni tayyorlash, shaxmat bo‘yicha milliy terma jamoaning amaldagi a'zolari bilan doimiy aloqani ta'minlash, shuningdek, shaxmatni insonning aql va tafakkur jarayonini rivojlantiruvchi sport turi sifatida yanada ommalashtirish maqsadida 2018-yil 9-avgustda O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 2018-yilning avgust-sentyabr oylarida Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 45 ta mamlakat vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan XVIII Osiyo o‘yinlarida 234 nafar sportchimiz sportning 30 turi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan ishtirok etishdi. Mamlakatimiz sportchilari 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza – jami 70 ta medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston delegatsiyasi oltin medallar soni bo‘yicha 5-o‘rinni egallagani sportimiz tarixida eng yaxshi natija bo‘ldi. Yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e'tibor tufayli jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarning ham sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Natijada vakillarimiz Paraolimpiya hamda Paraosiyo o‘yinlari, nufuzli xalqaro turnirlarda katta muvaffaqiyatlarga yerishmoqda. Yangi nomlar, chempionlar kashf etilmoqda. Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan III yozgi Paraosiyo o‘yinlarida sportchilarimiz 35 oltin, 24 kumush va 18 bronza – 77 medalni qo‘lga kiritdi. 2018-yil 6–18 oktyabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Xususan, 37 nafar yosh atletimiz sportning 16 turi bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Bugungi kunda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda mashaqqatli mehnat va katta kuch talab etilishini inobatga olgan holda, sportchilarning o‘z mahoratlarini muntazam oshirib borishlari, ularning jismonan va ma'nan etukligini ta'minlash bilan birga, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirib borish ham talab etilmoqda. Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida 2017-yil 10-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga yerishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Yaponiyada taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha «Chiba-2019» Gran-pri turniri o‘tkazildi. Unda yurtimizning uch nafar taekvondochisi, jumladan ikki nafar MVSK a'zosi qatnashdi. Nufuzli musobaqada ikki taekvondochimiz sovrindor bo‘ldi. Va “Tokio-2020” yozgi Olimpiada o‘yinlariga borish yo‘lida qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi. Svetlana Osipova 67 kg vaznda bronza medalni qo‘lga kiritdi. Nigora Tursunqulova bronza medal va qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi .
2021-yil13-23 aprel kunlari Polshaning Kels shahrida yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu chempionatda 66 davlatdan yoshlar bellashishdi. O‘zbekistonlik Nigina O‘ktamova ukrainalik Kristina Lakichuk bilan sportning boks turi bo‘yicha bellashib 4:1 hisobda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Nigina O‘ktamova boks bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston tarixida birinchi bokschi qiz bo‘lib tarixga kirdi.



Download 13.19 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   116




Download 13.19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqillik yillarida adbiyot, sana't, kino va sport sohasidagi yutuqlar

Download 13.19 Mb.