• Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning AQSHga qilgan tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
  • Hozirgi kunda
  • 3. O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va jahonning turli mamlkatlari bilan hamkorlik munosabatlari
  • Mustaqil O‘zbekiston 2001 yilning iyun oyida «SHanxay beshligi»




    Download 13.19 Mb.
    bet57/116
    Sana28.10.2022
    Hajmi13.19 Mb.
    #28375
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116
    Mustaqil O‘zbekiston 2001 yilning iyun oyida «SHanxay beshligi» deb yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni SHanxay shahrida chaqirilgan sammitida bu tashkilotning to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi. 1998 yili tashkil etilgan «SHanxay beshligi»ga Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izston va Tojikiston Respublikalari a’zodir. Shundan keyin «Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomi bilan yuritilib bosh maqsad har tomonlama hamkorlik o‘rnatishdan iborat bo‘lib, ayni bir vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda tashkilotning faoliyat markazida turadigan bo‘ldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) Bishkekdan Toshkentga ko‘chirildi.
    Keyingi yillarda yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari uchun dini, urf-odatlari va an’analari yaqin bo‘lgan Sharq mamlakatlari bilan o‘zaro aloqalar olib borish imkoniyatlari bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirdi. Bu o‘rinda birinchi navbatda Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni aytib o‘tish o‘rinlidir. Shuningdek, O‘zbekiston 1992-yil 6 fevralda Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi va 1992 yil Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston davlat va hukumat rahbarlari bilan imzolangan “Trans-Osiyo” temir yo‘l aloqasini tiklash maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad yo‘li qurilishi haqidagi bitimda faol ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston uchun dengiz yo‘llariga, xalqaro transport tarmog‘iga, tovar va kapital xalqaro bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Arab mamlakatlari bilan olib borilgan aloqalar madaniy va diniy tomondan ham uzviy bog‘liq bo‘ldi. Bu yo‘ldagi harakatlar natijasida savdo sotiq, turizmni rivojlantirish va kadrlarni o‘qitish imkoniyatlariga o‘l ochdi.
    O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi bilan aloqalari kengayib, bu ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik tamoyiliga asoslandi. Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib, 1991-yil 27-dekabrda tan oldi va 1992-yili 2-yanvarda diplomatik aloqalar o‘rnatdi.
    AQSH bilan bo‘layotgan o‘zaro aloqalarga to‘xtab o‘tmoq joiz. Dunyoning etakchi davlati, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intelektual salohiyatga ega bo‘lgan AQSH bilan har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda AQSH O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi etakchilik rolini tan olib, respublikamiz bilan terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik masallarida hamkorlik qilinmoqda. Shu yili Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning AQSHga qilgan tashrifi O‘zbekiston tashqi siyosatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Mazkur tashrif davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlik, Afg‘onistonga oid masalalarida fikr yuritildi. (O‘zbekiston bo‘yicha KOKUS)
    Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun voqeligi isbotlab turibdi. Hozirgi kunda O‘zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur yondashishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Rossiya, AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Fransiya va boshqalar bilan iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi hamkorlik yorqin misoldir. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etishda O‘zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
    -Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;
    -O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va muassasalar tuzish;
    -Ilg‘or texnologiyaning kirib kelishiga, xo‘jalik tarkibini zamonaviylashiga ko‘maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini o‘tkazish;
    -Respublika mustaqilligini ta’minlaydigan o‘ta muhim sohalarni ishlab chiqarish vositalar bilan ta’minlash hamda raqobat - bardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratish;
    O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlarning ahamiyati katta bo‘ldi. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”, “CHet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi va “Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida”gi, “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar Shular jumlasiga kiradi. Shu qatorda respublika chet el investisiyalarini ishonchli sug‘urta bilan himoyalashni ham ta’minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart-sharoitlar yaratdi. Amaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan bir qatorda soliq sohasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda O‘zbekiston iqtisodiga umumiy hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan investitsiyalar boj to‘lashdan ozod qilindi. Bu investitsiyalarning davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda ishtiroki natijasida etti yil mobaynida foydadan soliq to‘lashdan va korxonalar daromadlarining ishlab chiqarishni kengaytirishga va texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham soliq to‘lashdan ozod qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona to‘lovlari ancha kamaytirildi.
    Shuningdek, xorjiy sarmoyalar natijasida O‘zbekistonda “SamKuchavto”, “UzDEUavto”, Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar qurildi.
    Janubiy Koreya sarmoyadorlari bilan “O‘zDEUavto”, “O‘zDEU Elektroniks” hissadorlik birlashmalari keng faoliyat natijasi o‘laroq O‘zbekiston jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoridan o‘rin egalladi va yuqori baholarga sazovor bo‘ldi. Bu mamlakat bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilandi.


    3. O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va jahonning turli mamlkatlari bilan hamkorlik munosabatlari

    Download 13.19 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116




    Download 13.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil O‘zbekiston 2001 yilning iyun oyida «SHanxay beshligi»

    Download 13.19 Mb.