• MA’RIFATCHILIK
  • MOVARAUNNAHR
  • Mundarija t/r




    Download 13.19 Mb.
    bet81/116
    Sana28.10.2022
    Hajmi13.19 Mb.
    #28375
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116
    MASOFAVIY TA’LIM-1) o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shaxsiy aloqasiz “masofadan o‘qitish” imkonini yaratib beruvchi zamonaviy axborot telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga asoslangan o‘qitish jarayonini amalga oshirishning yangi uslubi. 2) bu asosiy ishdan uzilmagan holda ta’lim muassasasidan masofada ta’lim va kasb-xunar dasturlarini o‘zlashtirishdir. Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanishga asoslanadi.
    MA’RIFATCHILIK – madaniyat va ma’naviyat sohasidagi oqim. Uning negizini fan, bilim imkoniyatlariga katta ishonch tashkil qiladi. Ma’rifatchilik bilim yordamida ijtimoiy hayotdaginomutanosibliklar va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkinligiga ishontganlar. Shu nuqtai nazardan ma’rifatchilikni mafkuraviy, ijtimoiy-falsafiy oqim deyish mumkin. Ilm-fanni egallash va targ‘ib qilish qadim zamonlardan boshlangan bo‘lsa-da ma’rifatchilik oqim sifatida G‘arbda XVIIasr oxiri – XVIII asr boshlarida, Sharqda esa XIX asr oxiri - XX asr boshlarida maydonga keldi.
    MOVARAUNNAHR- lug‘aviy ma’nosi «daryo orqasidagi er» degan ma’noni bildiradi. Arablar O‘rta Osiyoni bosib olgandan keyin Amudaryodan shimolgacha qarab cho‘zilgan O‘rta Osiyo erlarini Movaraunnahr deb atashgan.
    MUSTAQILLIK - davlatning ichki va tashqi ishlarida boshqa davlatlarga qaram bo‘lmay faoliyat ko‘rsatishi. Mustaqillik tamoyillariga rioya etish davlatlararo o‘zaro munosabatlarda etakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish - qzaro tinch-totuv yashashning prinsiplaridan biri. U BMT Ustavi va xalqaro shartnoma va deklaratsiyalarda mustahkamlab qo‘yilgan.
    MUXTORIYAT – konstitutsiyaviy huquqda biron-bir hududning unga konstitutsiya yo‘l qo‘ygan chegaralarida davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. Muxtoriyat markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o‘tishning muayyan darajasini bildiradi, ammo bu federativ davlatdagiga nisbatan kamroq darajada bo‘ladi. XX asr boshlarida Turkiston jadidlari Muxtoriyat harakatiga mustaqil davlat tuzish yo‘lidagi alohida bosqich sifatida qaraganlar va bu yo‘lda kurashganlar.

    Download 13.19 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   116




    Download 13.19 Mb.