|
Мундарижа
|
bet | 9/20 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #267675 |
Bog'liq mustaqil ish (no41)K r e m n i y (Si) ham Mendeleev davriy sistemasining tortinchi guruhiga kiruvchi element hisoblanadi. Kremniy tabiatda kremnezem (SiO2) korinishida keng tarqalgan bolib, kremnezem kremniyning texnik navlari olishda xom ashyo vazifasini otaydi. Kremniy quymalari zonaviy eritish usuli yordamida tozalangandan song, legirlovchi aralashmalarning qancha miqdorda qoshilganligiga bogliq ravishda p- yoki n-tipdagi elektr otkazuvchanlikka ega bolgan monokristalli kremniy olinadi.
Polirovka qilingan (oynaday silliqlangan) kremniy polat rangi korinishida boladi. Kremniy ham xuddi germaniy kabi mort material hisoblanadi. Tozalangan legirlanmagan kremniyning asosiy xarakteristikalari quyidagicha (20ºC harorat sharoitida): zichligi 2328 kg/m3; erish harorati 1420°C; ρ=(2÷3)·105Om·sm; ε=11,7. p-tipidagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan legirilangan kremniy navida ρ=0,01÷200 Om·sm; n-tipidagi kremniyda esa ρ=0,014÷50 Om·sm ga teng.
Kremniy germaniyga nisbatan ko‘proq ishlatiladi, chunki undan tayyorlangan yarim o‘tkazgichli priborlarning ishchi harorat chegarasi 130-200°C ga teng bolsa, germaniy asosida tayyorlanganlariniki esa bor yogi 80100°C ni tashkil etadi. Yarim otkazgichli integral sxemalarning asosini tayyorlashda kremniy keng qollaniladi.
S e l e n (Se) Mendeleev davriy sistemasining oltinchi guruhiga kiruvchi element hisoblanadi. Selenni olishda xom-ashyo vazifasini misni elektrolitik yol bilan tozalash paytida qoladigan qoldiqlar bajaradi. Qattiq selen amorf yoki kristall tuzilishga ega boladi. Qora amorf selen xona haroratigacha tezlik bilan sovutilgan tozalangan selen eritmasidan olinadi. U ρ=1013 Om·smga teng solishtirma qarshilikka ega bo‘lgan dielektrik hisoblanadi.
Eritilgan amorf selenni erish harorati (220°C)dan xona xaroratigacha sekinlik bilan sovutish orkali kulrang kristall tuzilishli selen olinadi. Kristall selen n-tipidagi polikristal tuzilishdagi aralashmali yarim otkazgich hisoblanadi. Atom tuzilishi - olti burchakli prizmaning burchaklarida joylashgan atomlardan iborat bulib, bu prizmalar kristallning elementar katagi (yacheykasi) hisobladi. 20°C harorat sharoitida selenning asosiy xarakteristikalari quyidagiga teng: zichligi 4800 kg/m3; ρ=(0,8÷5) ·105 Om·sm; ε= 6,3. Selenli to‘g‘rilagich, fotoelement va fotorezistorlar tayyorlashda selendan foydalaniladi.
|
| |