|
Мундарижа
|
bet | 7/20 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #267675 |
Bog'liq mustaqil ish (no41)12-rasm. n-p otishli ikkita yarim otkazgichlarning teskari yonalishda kuchlanish berilgan paytdagi ishlash sxemasi: 1 va 2 metalli elektrodlar
Togri tokning miqdori teskari tokka nisbatan kop marta katta. Yuqorida aytib otganimizdek, yarim otkazgichli togrilagichning ishlash jarayoni uning voltamper xarakteristikasi orqali baholanadi. Unga kora kichik (2 V gacha bolgan) kuchlanishlarda togrilagichdan otayotgan togri tokning miqdori nisbatan yuqori qiymatlargacha (4 mA gacha) kotariladi. Togrilagichga teskari kuchlanish berilganda, yani batareyaning musbat qutbi p-tipidagi yarim otkazgichga, minus qutbi esa n-tipdagi yarim otkazgichga ulansa, togrilagichdan amalda tok oqib otmaydi. 200 V ga teng bolgan teskari kuchlanish qiymatidan boshlab, n-p otish kichik teskari tokni otkaza boshlaydi. Agar teskari kuchlanish miqdorini oshirsak, teskari tok qandaydir momentdan boshlab kuchli darajada osadi hamda u shunday qiymatga kotarilishi mumkinki, bu paytda n-p otishda teshilish sodir boladi.
Yarim otkazgichli togrilagichlarda n-p otish turli xil tipdagi elektr otkazuvchanlikka ega bolgan ikki yarim otkazgich orasida quymali kontakt qotishmasi hosil qilish hisobiga yoki yarim otkazgich plastinkasi va otkazgich orasidagi kontakt korinishida amalga oshiriladi. Birinchi holatda ikki yarim otkazgichlarni bir biriga tegish joyida malum bir yuza (kontakt) hosil boladi (bunday togrilagichlar yassi togrilagichlar deb ataladi). Ikkinchi holatda esa 2x2 olchamdagi yarim otkazgich (germaniy yoki kremniy) plastinkasi yupqa otkir metall sim bilan tutashadi (bunday togrilagichlar nuqtaviy togrilagichlar deb ataladi). Bunday togrilagichlar kichik sigimli n-p otishga ega bolinadi va yuqori chastotali kurilmalarda qollaniladi.
Biz hozirgacha yarim otkazgichlarning asosiy xususiyatlarini korib chiqdik, endi esa ularning ayrim bir oziga xos xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.
Yoruglik tasirida ayrim yarim otkazgichlar (masalan, selen) ning otkazuvchanligi keskin ozgarishi mumkin. Bu holat malum bir tolqin uzunligiga ega bolgan yoruglik nurlarining yarim otkazgich elektronlariga ularni erkin elektronlarga aylanishiga etarli bolgan energiya berishi bilan tushuntiriladi. Bu paytda yarim otkazgichlarning elektr qarshiligi keskin kamayadi. Yarim otkazgichlarning bu xususiyatidan fotorezistorlar yaratishda foydalaniladi. Fotorezistorlar nafaqat korinadigan yoruglik spektrlari, balki infraqizil nurlanishlarga ham sezgir hisoblanadi.
Qisman yarim otkazgichni yoritganimizda, uning yoritiladigan va yoritilmaydigan qismi yuzasida foto-EYUK hosil boladi. Bu xususiyatdan elektr energiyasi manbalari fotoelementlar va quyosh batareyalari yaratishda foydalaniladi. Quyosh batareyalari quyosh energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradi.
Ayrim yarim otkazgichlar (misol uchun, kremniy) ozining elektr qarshiligini ularga korsatilgan bosim (tenzorezistiv effekt) hisobiga keskin ozgartira oladi. Yarim otkazgichlarning bu xususiyatidan bosimni olchashda sezgir bolgan tenzodatchiklar yaratishda foydalaniladi.
Agar yarim otkazgichda turli xil haroratga ega bolgan ikkita qismi bolsa, buning natijasida erkin zaryadlarning issiq uchidan sovuq uchiga xarakatlanishi yuz beradi. Agar tok tashuvchilar elektronlar hisoblansa, ular sovuq uchiga xarakatlangan holda uni manfiy zaryad bilan zaryadlaydi. Yarim otkazgichning issiq uchi malum bir elektronlarni yoqotgan holda musbat zaryadlanadi. Buning natijasida yarim otkazgichning issiq va sovuq uchlari orasida termo-EYUK hosil boladi. Bu hodisa termoelektrik hodisa deb atalgan holda, undan termoelementlar va termogeneratorlar yaratishda foydalaniladi. Ular issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirish xususiyatiga ega.
|
| |