|
Мундарижа
|
bet | 1/20 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #267675 |
Bog'liq mustaqil ish (no41)
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Mustaqil ish
Ko‘p qatlamli yarimoʼtkazgich asboblar.
Reja:
Kirish ----------------------------------------------------------------------------------------4-6
I bob Elektronika sanoatida ishlatiladigan yarim otkazgichli materiallar va ularning asosiy xususiyatlari
Yarim otkazgichlarning elektr xususiyatlari------------------------------------7-20
1.2. Yarim otkazgichli materiallar va ularning tuzilishi--------------------------21-24
II bob Yarim otkazgichli elektronika elementlarini tayyorlash texnologiyasi va ularni ostirish usullari
2.1 Yarim otkazgichli elektronika elementlarini olish texnologiyasi----------25-35
2.2 Yarim otkazgichli kristallarning optik va elektrik xususiyatlari.------------36-41
2.3. Elektronika soxasida qollaniladigan yarim otkazgichli materiallarga mexanik va kimyoviy ishlov berish texnologiyasi---------------------------------------------42-43
Xulosa------------------------------------------------------------------------------------44-46
Foydalanilgan adabiyotlar royxati --------------------------------------------------47-48
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy elektronika sohasi jahon fani va texnikasida salmoqli orinni egallaydi. Ular asosida ishlab chiqarilayottan asboblar va qurilmalar miqdori tez kopayib, ularning turli soxalarga tatbiqi kengayib bormoqda. Xozir zamonaviy elektronika elementlari qollanilmayotgan insoniyat faoliyati soxalarini aloxida korsatish qiyin ular avtomatikada, telemexanikada, radioelektronikada, elektron-xisoblash texnikasida va boshqa qator soxalarda keng ishlatilayotir.
Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishdek muxim dunyoviy muammoni echishda ham elektronika elementlarining axamiyati juda kattadir. Xozirda unumli foydalanilayotgan fotoelementlar, jumladan, quyosh batareyalari va kichik energetikaga mansub boshqa elementlarni takomillashtirishdan tashqari, yarimotkazgichlarga asoslangan katta energetika ancha qudratli quyosh elektrstansiyalarini yaratish loyixalari xam ortaga tashlanmoqda, zero quyosh energiyasidan foydalanish inson va tabiatga ziyon keltirmaydi.
Songgi yillarda Ozbekistonda elektronika sanoati rivojlana borishi bilan birgalikda bu soxadagi ilmiy tadqiqot ishlari xam avj olib bormoqda. SHu tufayli yarimotkazgichlar fizikasi va yarimotkazgichlar asosida tayyorlanadigan asboblar, qurilmalar va mikrosxemalar hamda mikroelektronika elementlari boyicha yuqori ixtisosli mutaxassislarni etishtirishga extiyoj katta. Ana shunday kasbni egallashga intilayotgan yoshlar safi tobora kengayib bormokda. Bu talabni qondirish maqsadida Ozbekistonning deyarli barcha oliy oquv yurtlarida mazkur soxa boyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Binobarin, bu ishni muvaffaqiyatli bajara borish uchun oquv va ilmiy laboratoriyalar zaminidan tashqari yana yarimotkazgichlar va qattiq jismlar fizikasi xamda uning muxim bolimlari asoslari bayon qilingan darsliklar, qollanmalarni atroflicha organish va tahlil qilish juda zarurdir.
Amaliy tadqiqotlar esa optimal parametrga ega bolgan fotoelektrik qurilmalarning konstruksiyalarini loyihalash, tayyorlash, ular xususiyatlarini organish, fotoelement va fotoelektrik qurilmalar texnologiyasini ishlab chiqish va ular asosida har xil konstruksiyali, turli sharoitda ishlaydigan, har xil quvvatli istemolchilarga moljallangan elektronika asoslaridagi elektr manbalari tizimini ishlab chiqarishni amalga oshirishga bagishlanadi.
Zamonaviy elektronika elementlari xaqida soz yuritishdan oldin ularning asosiy qismini tashkil etgan moddalarning tuzilishi va ularning fizik xossalari togrisida eng zarur malumotlarni bilishimiz kerak. Bu malumotlar yarim otkazgichlar va qattiq jismlar fizikasiga bagishlangan kopgina adabiyotlarda batafsil tavsiflangan. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda ularni qisqacha takidlab otamiz. Xozirgi zamonda ilmiy texnik taraqqiyotni elektronikasiz tasavvur qilib bolmaydi. Xozirgi elektronikaning beshinchi mukammal avlodini yaratish yangi xilma xil yarim otkazgichli elektronika asboblari va integral mikrosxemalarning yaratilishini va ularni xisoblash texnikasida, avtomatikada, radiotexnikada, olchash texnikasida, televideniyada, biologiyada, quyosh batareyalarida va golagrammali yozuvlarda xamda boshqa sohalarda qollashdan iborat.
Agar tarixga nazar tashlansa, nuqtaviy diodlar yoki kristall dedektorlar korinishidagi yarim otkazgichli asboblar ancha ilgari qollanilgan. Masalan, metallar bilan sulfit birikmalar kontakini togirlash xossalari 1874 yilda aniqlangan. Unda nuqtaviy kontaktdan tok otayotganda kremniy karbidining yoruglanishi kuzatilgan va yuqori takroriylikli elektromagnit tebranishlarni paydo qilish va kuchaytirish amalga oshirilgan. Ikkinchi jaxon urushi vaqtida yuqori takroriylikli va ota yuqori takroriylilikli germaniy va kremniy nuqtaviy diodlari ishlab chiqildi, issiqlik energiyasini bevosita elektrik energiyaga aylantirib beradigan yarim otkazgichli termoelektrik generatorlar tayyorlandi. 1948 yilda amerika olimlari J.Bardin, V.Bratteyn va V. SHokli nuqtaviy tranzistorlarni yaratdi. V.SHoklining r-n otishi nazariyasi yarim otkazgichlar elektornikasi rivojining yangi bosqichini boshlab berdi. 50- yillarda ikki qutbli tranzistorlarning xar xillari, tristorlar, katta quvvatli togirlagich diodlar, fotodiodlar, fototranzistorlar, fotoelementlar, tunelli diodlar va boshqa dastlabki elektronika elementlari yaratila boshlandi. 1960 yillarga kelib integral sxemalar ishlab chiqarish boshlandi. 1967 yilda J.I.Alferov rahbarligida xossalari mukammallikka yaqin bolgan geterootishlar xosil qilindi va bular asosida xozirgi vaqtda kunlik extiyojda foydalanilayotgan uyali aloqa vositalari va boshqalarni aytishimiz mumkin. Bu geterootishlar asosida lazerlar tayyorlandi. Ozining xossalarining mukammalligi va qollanilayotgan sohalarining kengligi bilan yarim otkazgichli materiallar jumladan pezoelektrik (yoruglik tasirida boladigan xajmiy ozgarishlar) xususiyatiga ega bolgan yarim otkazgichlarni xosil qilish texnologiyasi va ularning fizik xossalarini organish shu kunning dolzarb muammolaridan biridir.
|
| |