|
-rasm. Akseptor aralashmali yarim otkazgichlarda elektron va teshiklarning harakat sxemasi
|
bet | 4/20 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #267675 |
Bog'liq mustaqil ish (no41)5-rasm. Akseptor aralashmali yarim otkazgichlarda elektron va teshiklarning harakat sxemasi
Berilayotgan kuchlanish tasiri hisobiga elektron va teshiklar yarim otkazgichda harakat paytida turli xil tosiqlarga uchraydi. Bu paytda ular ozlarining malum bir energisini yoqotishadi va oz yolidan chekkaga ogishi mumkin, yani tok tashuvchilarning behudaga tarqalishi kuzatiladi. Bu holatning yuz berishi asosan turli xil zararli aralashmalarga bogliq. Qanchalik yarim otkazgich toza bolsa, shunchalik tok tashuvchilar behudaga kamroq tarqaladi va shunchalik elektron va teshiklarning harakatchanligi yuqori boladi.
Harorat oshishi bilan barcha yarim otkazgichlarning otkazuvchanligi oshadi (5-rasm) hamda yarim otkazgichga qancha kop donorli va akseptorli aralashma kiritilgan bolsa, shunchalik otkazuvchanlik intensiv ravishda osadi. T1 haroratgacha yarim otkazgichda aralashmalar zaryadining yonaltirilgan harakati hisobiga yuzaga kelgan aralashmali otkazuvchanlik kuzatiladi. T1-T2 harorat chegarasida yarim otkazgichning otkazuvchanligi bir muncha pasayadi. Bu holat, uning atomlarida kuzatiladigan erkin elektron va teshiklarning harakatiga tosqinlik qiladigan intensiv darajadagi issiqlik tebranishlari hisobiga yuz beradi. Haroratni yanada oshirganda (T2 dan yuqori) yarim otkazgichda xususiy otkazuvchanlik yuzaga keladi va koplab yangi teshik va elektronlar paydo boladi. Ularning yonaltirilgan harakati hisobiga yarim otkazgichlarda tokning qiymati oshadi. Buning hisobiga yarim otkazgichning solishtirma otkazuvchanligi keskin kotariladi.
6-rasm. Yarim otkazgich solishtirma otkazuvchanligining haroratga bogliqlik grafigi: 1legirlovchi aralashma kam qatnashgan (kichik konsentratsiyali) yarim otkazgich; 2-legirlovchi aralashma kop qatnashgan (yuqori konsentratsiyali) yarim otkazgich
2 egri chiziq T1-T2 harorat intervalida yuqori darajada legirlangan yarim otkazgich otkazuvchanligining pasayganligini korsatmaydi. Bu holatning kuzatilishiga yarim otkazgichga koplab darajadagi aralashmali elektron va teshiklarning kiritilganligi sabab boladi. Ushbu aralashmali tok tashuvchilarning qatnashishi T1-T2 haroratlarda toliq darajada yarim otkazgichlar otkazuvchanligi turgun bolishiga komaklashadi.
Absolyut nol harorat sharoitida (-273ºC) elektronlar oz harakatchanligini yoqotiladi, shuning uchun yarim otkazgichlar dielektriklarga aylanadi.
Yarim otkazgichlarda tokning berilgan kuchlanishga chiziqli bolmagan bogliqligi, yarim otkazgichning xarakterli xususiyati hisoblanadi, yani bu paytda tok I kuchlanish U ga nisbatan sezilarli darajada tezroq osadi (6-rasm). Shu bilan birgalikda tok I oshishi bilan yarim otkazgichning elektr qarshiligi R kamayadi.
|
| |