|
-rasm. Donor aralashma sifatida fosfor qoshilgan yassi kristall panjarali germaniy
|
bet | 3/20 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 2,12 Mb. | | #267675 |
Bog'liq mustaqil ish (no41)2-rasm. Donor aralashma sifatida fosfor qoshilgan yassi kristall panjarali germaniy
Oz navbatida ushbu elektron erkin holatga otishi va berilgan kuchlanish tasirida yarim otkazgichda elektronli tokni yuzaga keltirishi mumkin. Rasmdan korinib turibdiki, asosiy tok taShuvchilar elektronlar hisoblanishadi. Ular n-tipidagi aralashmali elektr otkazuvchanlikni hosil qilishadi.
Germaniy atomini ionlashlashtirish hisobiga uchta elektron va unga mos ravishda uchta teshik hosil qilinadi. Ushbu tok tashuvchilar yarim otkazgichning xususiy elektr otkazuvchanligini yuzaga keltiradi. Yarim otkazgichda umumiy tok elektron va teshikli toklarning yigindisiga teng, ammo elektron tok teshikli tokka nisbatan kop marta katta (2-rasm).
*Donor lotincha «donare» sozidan olingan bolib, sovga qilish, berish manolarini bildiradi.
*Akseptor - lotincha «akseptare» sozidan olingan bolib, qabul qilish, olish manolarini bildiradi.
3-rasm. Donor aralashmali yarim otkazgichlarda elektron va teshiklarning harakat sxemasi
Agar germaniyga qandaydir akseptorli aralashma, misol uchun bor (B) qoshilsa, aralashmalarning har bir atomlari germaniy atomi bilan mos ravishda uchta kovalent boglanish hosil qilishadi. Ammo, borda faqatgina uchta valentli elektronlar bolganligi bois, germaniyning yaqin bolgan uchta atomlari bilan aloqa ornatishi mumkin. Germaniyning tortinchi atomi bilan boglanadigan borning tortinchi elektroni yoq. Shunday qilib, germaniyning bir nechta atomlarida bittadan kovalent boglanmagan elektronlari hosil bolib qoladi. Unchalik katta bolmagan tashqi tasir tufayli elektronlarni joylarini tashlab ketgazishga va germaniy atomlarida teshiklarni yuzaga kelishiga erishish mumkin (3-rasm).
4-rasm. Akseptor aralashma sifatida bor elementi qoshilgan yassi kristall panjarali germaniy: 1,3 va 5 hosil bolgan teshiklar; 2,4 va 6 ozod bolgan elektronlar
Ozod bolgan 2,4 va 6 germaniy atomining elektronlari bor atomi bilan boglanadi. Bor atomlari bilan egallangan 2,4 va 6 elektronlar yarim otkazgichda elektr toki hosil qila olishmaydi. Germaniy atomida hosil bolgan 1,3 va 5 teshiklar orniga qoshni atomlardan elektronlar ota boshlaydi. Ularning ornida oz navbatida yangidan teshiklar paydo boladi.
Shunday qilib, hosil bolgan musbat zaryadli teshik germaniyning bir atomidan boshqasiga, undan esa keyingisiga otadi va hokazo. Berilayotgan kuchlanish hisobiga bu teshiklarning harakati tartibga solinadi, yani yarim otkazgichda teshikli tok hosil boladi, buning natijasida n-tipidagi elektr otkazuvchanlik yuzaga keladi. Yarim otkazgichlarda aralashmali n-tipidagi elektr otkazuvchanlikdan tashqari germaniy atomining erkin holdagi bir qancha elektron va teshiklar jufti ham boladi. Oz navbatida xususiy elektr otkazuvchanlik ham kuzatiladi.
Yarim otkazgichda umumiy tok ilgarigidek elektron va teshikli toklarning yigindisiga teng, bu holatda teshikli tokning qiymati elektronnikidan etarli darajada yuqori boladi. 4-rasmda akseptor aralashmali yarim otkazgichda teshik va elektronlarning harakat sxemasi tasvirlangan. Sxemadan korinib turibdiki, musbat zaryadlangan zarrachalar (teshiklar) elektronlardan anchagina kop. Korib otilgan misollar shuni korsatadiki, aralashmalar sezilarli darajada yarim otkazgichlarning elektr otkazuvchanligini oshiradi.
|
| |