• 2.8 – chizma.
  • Iste’mol qilinayotgan quvvatni nazorat qilish




    Download 3,21 Mb.
    bet65/100
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,21 Mb.
    #115463
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7 (1)

    Iste’mol qilinayotgan quvvatni nazorat qilish. O‘zgarmas tok zanjirlarida quvvatni o‘lchash uchun zanjirdagi tok va kuchlanish o‘lchanadi, P = UI ifodadan foydalanib quvvat topiladi. Quvvatni o‘lchash qurilmasi vattmetr deyiladi (2.6-rasm). Bunda ikki xil sxema bo‘lishi mumkin. Iste’molchining qarshiligi (quvvati
    o‘lchanayotgan qismida) voltmetrning ichki qarshiligidan juda kichik bo‘lsa, 2.8–a chizma, iste’molchining qarshiligi (Ryuk) voltmetr qarshiligi bilan solishtiradigan
    darajada bo‘lsa, 2.8 – b chizmadagi sxema qo‘llaniladi.
    2.6-rasm.Vattmetr
    Bu usul sodda bo‘lsa-da, ikkita o‘lchash asbobini talab qiladi. Shuning uchun, ko‘pincha, quvvatni bevosita o‘lchashda elektrodinamik vattmetr qo‘llaniladi.
    Tok chulg‘amining qarshiligi qancha kichik, kuchlanish chulg‘amining qarshiligi esa qancha katta bo‘lsa, o‘lchash xatoligi shuncha kichik bo‘ladi. Vattmetrning o‘lchash diapazonini kengaytirish uchun Rq qarshilik ulanadi.
    2.8 – chizma. O‘zgarmas tok zanjirlarida quvvatni o‘lchash sxemasi
    Vattmetr doimiysi quyidagi ifodadan aniqlanadi:
    Sn  (Un In ) / N
    bu yerda: N – asbob daraja bo‘laklarining soni.
    (2.7)
    2.3. Qayta tiklanadigan energiya manbalarining ekologik va iqtisodiy samaradorligi
    Qayta tiklanadigan energiya manbalari (quyosh, shamol, biogaz) asosida ishlaydigan qurilmalar o‘zining iqtisodiy va ekologik samardorligi bilan baholanadi. Samardorlik shu qurilmalardan olingan foyda, qurilmaga qilingan sarf xarajatlarning yilligi hisoblanib samaradorlik aniqlanadi. Misol uchun biogaz olish, bioo‘g‘it olish qurilmani iqtisodiy va ekologik samaradorligini tahlil qilaylik.
    Ko‘p hollarda biogaz qurilmalarining bosh mezoni sifatida biogaz olish va ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi. Biogaz qurilmalari go‘ng va undan chiqadigan oqavalarni
    qayta ishlaydigan qo‘shimcha uskuna sifatida qaralsa, shu tufayli uni qurish va ishlatish, go‘ngni zararsizlantirish, o‘g‘it ishlab-chiqarish hamda atrof-muhit muhofazasining bir qismi sifatida qaralib, unga ketadigan xarajatlar, aytilgandek bo‘lib hisoblanganda, albatta, bu qurilmalar katta iqtisodiy samara bera oladi.
    Biogaz texnologiyalarni barpo etishda ham mablag‘ muammosi mavjud. Mablag‘ yetarli bo‘lsa, mukammal biogaz texnologiyalarini barpo etib, uni ishga tushirish muammo emas. Yurtimizda biogaz qurilmasini barpo etish yangilik bo‘lib, yaqinda
    kirib kelgani va keng miqyosda tarqalmaganligi, hali yurtimiz aholisi chiqindi mahsulotlaridan biogaz olinishni va shu asosda elektr energiya, o‘g‘it olish mumkinligi haqida to‘liq tasavvurga ega emas, biogaz ishlab chiqarish orqali ko‘plab foyda olish mumkinligini ham bilishmaydi. Biogaz haqida, uning foydasi haqida tasavvurga ega bo‘lmagan shaxslar o‘z mablag‘larini biogaz qurilmasini barpo etishga sarflamaydilar. Shuning uchun ham yurtimiz aholisini biogaz istiqbollari bilan yaqindan tanishtirishda joylarda kichik bo‘lsa–da, biogaz qurulmalarini barpo etish, undan biogaz chiqayotganini va yuqori sifatli o‘g‘it olinayotganini namoyish qilish kerak. Hamda 2 - 3 dona qoramol va 20 - 30 dona tovuq boqish imkoniyatiga ega bo‘lgan qishloq aholisi uchun ham, alohida xo‘jaligida kichik biogaz qurilmasi barpo etish
    mumkinligini ko‘rsatish, mablag‘ jihatdan juda arzonga tushishini ta’kidlash lozim.
    Mukammal uskunalar bilan jihozlangan texnologiyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik tez foyda beradi, lekin katta hajmdagi biogaz texnologiyasi uchun juda ko‘p
    mablag‘ kerak bo‘ladi.
    Umuman barcha mukammal biogaz qurulmalari sarflangan xarajatni 4 - 5 yil ichida to‘liq qoplab, foyda bera boshlaydi.
    Chet el mamlakatlarida biogaz qurilmalarini barpo etib beruvchi xususiy firmalar mavjud. Bu firmalarning qurulma qurish narxi juda yuqori hisoblanadi.
    Biogaz texnologiyalarini chetdan olib kelmasdan, respublikamiz olimlari bilan
    fermerlar hamkorlikda barpo etishsa, ancha arzonga tushadi. 10 m3 hajmga ega biogaz qurilmasining tannarxi quyidagi 2.1 - jadvalda keltirib o‘tilgan.
    Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 10 m3 li biogaz qurilmasining tannarxi 5 mln. so‘mni tashkil qilmoqda. Agar bu qurilmaga gazgolder, kompressor, gazli reduktor, elektrokontaktli monometr, o‘rnatib yanada mukammallashtirilganda, chet el firmalari qurub beradigan qurulmalarga nisbatan tannarxi ancha arzonga tushadi.
    Bizning 10 m3 hajmli biogaz qurilma 5000 bosh son parrandaga to‘g‘ri keladi.

    Download 3,21 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100




    Download 3,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iste’mol qilinayotgan quvvatni nazorat qilish

    Download 3,21 Mb.