• Marshrutlash protokollari.
  • Mustaqil ish №1 Mavzu




    Download 215.2 Kb.
    bet3/4
    Sana26.11.2023
    Hajmi215.2 Kb.
    #105629
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word
    Mavzu Ishonchlilik intervali, 5GoDOgdTYEpcaklo3ueZ, 1678857372, 1535643575 67642, 15-32 Loyihalash asoslari va ekologik ekspertiza 0075e, ozbek-tilshunosligida-morfonologiyaga-doir-talqinlari, Thermodynamic Processes Wang, Mikrosxemalar, Laboratoriya ishi- 8 TX, Kiberxavfsizlik 6-amaliy ish, 5caGVLaRxP5OiTXTlARtvIGa0aRaPFTSNspWlpvX, Gulmurzayeva R.E. Geografiya, Davlat moliyasi - Vikipediya, MAKTAB YOSHIDAGI QIZLAR KO\'YLAGINI ASOS CHIZMASINI CHIZISH
    Tarmoq protokollari – tarmoq orqali paketlarni harakatini yo’lga qo’yadi.

  • Marshrutlash protokollari – marshrutizator tarmoqlararo bog’lanishlar topologiyasi to’g’risida axborot to’playdi.

    Tarmoq protokoli vazifalariga quyidagilar kiradi:

    • Murakkab tarmoqlarning qurilmalari o’rtasidagi paketlar uzatilishi;

    • Biron bir me’zon asosida paketlarni uzatish uchun eng muqobil marshrutni aniqlash;

    • Kanal pog’onasi protokollarini moslashtirish (murakkab tarmoq miqiyosida).

    Tarmoq protokollariga IPv4 va IPv6 protokollari kiradi.
    Marshrutlash protokollari. TCP/IP protokollari stekining yo’nalish axborotlari bilan almshishning hamma protokollari adaptiv protokollar sinfiga kiradi. Ular o’z navbatida ikki guruhga bo’lingan, ularning har biri quyidagi algoritmlar turi bilan bog’langan:

    Masofa-vektor algoritmida eng ko’p qo’llaniladigan protokol – bu RIP.
    Aloqa holati algoritmi protokoli bu – OSPF.
    Tarmoq sathi protokollari:

    • IP (Internet Protocol) asosiy protokol – murakkab tarmoqlarda uzellar orasida paketlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlab beradi (RFC 791);

    • Marshrutlash protokollari – marshrutizatorlarning o’zaro tarmoq konfiguratsiyasi haqidagi ma’lumotlarni almashinishi va marshrutlash jadvalini tuzish uchun mo’ljallangan. Marshrutlash protokollariga misollar: BGP (RFC 4271), OSPF (RFC 2328), RIP (RFC 1058);

    • IGMP (Internet Group Management Protocol) guruhini boshqarish protokoli –IP-protokoliga asoslangan tarmoqlarda ma’lumotlarni guruhli (multicast) uzatishni boshqarish uchun mo’ljallangan. IGMP ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida tarmoqning bir nechta tugunlariga uzatish uchun foydalaniladi, masalan, tele va radioeshittirishni tashkillashtirish uchun (RFC 3376).

    • Tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli ICMP (Internet Control Message Protocol) tarmoqda yordamchi vazifani o’ynaydi va u IP protokolni to’ldirishga xizmat qiladi. U paketni uzatishda yuzaga keladigan muammolarni to’g’rilash uchun mo’ljallanmagan: agar paket yo’qolsa, ICMP uni qayta jo’nata olmaydi. ICMP protokolining vazifasi boshqacha bo’lib, u foydalanuvchiga uning paketi bilan yuz bergan nostandart holatlarda xabar berish vositasi hisoblanadi. Bu vaqtda IP protokol paketni uzatadi va u haqida unutadi. ICMP protokol esa tarmoq bo’yicha paket harakatini «kuzatadi» va, agar marshrutizator tomonidan paket tashlab yuborilsa, bu xabar manba-bog’lamaga yetkaziladi. Bu orqali jo’natilgan paket va jo’natuvchi o’rtasida teskari aloqa o’rnatiladi.

    Hozirgi vaqtda tarmoqlararo birgalikda harakatlanishni amalga oshiruvchi eng keng tarqalgan protokol IP protokolining 4-versiyasi (IPv4) hisoblanadi. IP-protikolining 6-versiyasi (IPv6) bosqichma-bosqicha joriy etilmoqda.
    Transport pog’onasining asosiy protokollari:

    • TCP (Transmission Control Protocol) ulanishni boshqarish protokoli – amaliy jarayonlar o’rtasida xabarlarni ishonchli uzatishni ta’minlab beradi. Ishonchli yetkazib berishni amalga oshirish uchun mantiqiy bog’lanish, uzatilayotgan ma’lumotlarning to’liqligini nazorat qilish, ma’lumotlarni yetkazib berishni nazorat qilish va uzatilayotgan axborot oqimlarini boshqarishdan foydalanadi;

    • UDP (User Datagram Protocol) foydalanuvchi diagrammalari protokoli – ma’lumotlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlaydi, tarmoq pog’onasi va amaliy jarayonlar o’rtasida aloqa vazifasini bajaradi.

    Amaliy pog’ona protokollari: masofadagi tizimlar o’rtasida fayllarni uzatish protokoli (FTP), masofadagi terminalni emulyasiyalash protokoli (Telnet), elektron pochta protokoli, nomlarga ruxsat etish protokoli (DNS), gipermatnni uzatish protokoli (HTTP), IMAP, POP3, SNMP, SMTP, SSH, LDAP. Amaliy dasturlar pog’onasidagi protokollar foydalanuvchining kompyuterlarida joylashadi.

    Download 215.2 Kb.
  • 1   2   3   4




    Download 215.2 Kb.