|
Mustaqil ish bajardi: kis21-05-guruh talabasi Toshimova g qabul qildi
|
bet | 3/5 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 34,65 Kb. | | #228047 |
HTTP
Bu protokol protokollar orasida eng ko‘p ishlatiladigani bo‘lib, u bilan millionlab foydalanuvchilar Internetda dunyo bo‘yicha har kuni ishlaydilar. HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) protokoli maxsus Internet uchun loyihalashtirilgan. U «mijoz – server» texnologiyada ishlaydi, ya’ni axborotni so‘rovchi mijoz mavjud va bu so‘rovlarga ishlov berib uni jo‘natuvchi server qismi ham mavjud deb bilinadi. HTTP ilovalar bosqichida ishlaydi. Bu shuni bildiradiki, ko‘rilayotgan protokol transport protokolining xizmatidan foydalanishi darkor, ya’ni TCP protokolidan. O‘z ishida protokol URI (Uniform Resource Identifier) resursni noyob identifikatori tushunchasi ishlatiladi. URI parametrlar bilan ishlashni quvvatlaydi, bu hol esa protokolning vazifasini kengaytiradi. Parametrlardan foydalanib serverdan javobni qanday formatda va kodirovkada olishni ta’kidlash mumkin. Bu esa o‘z navbatida HTTP yordamida nafaqat matnli hujjatlarni, har qanday ikkilik tizimidagi ma’lumotlarni ham uzatish imkonini beradi.
HTTP protokolining asosiy kamchiligi matnli axborotni ortiqcha hajmdaligi bo‘lib, mijoz serverdan olingan javoblarni to‘g‘ri ifodalay olishi uchun zarurdir. Veb – sahifalarning hajmi katta bo‘lganda, ortiqcha katta trafik hosil qilishi mumkin. Undan tashqari protokol holatini saqlashning mexanizmidan to‘liq mahrum, bu esa Veb – sahifalar bo‘yicha bitta HTTP yordamida harakat qilishga imkon bermaydi. Shu sababli HTTP protokol bilan birgalikda foydalanuvchi brauzerlar bilan ishlash zarur.
FTP
FTP – protokoli (File Transfer Protocol) HTTP protokolidan farqli fayllar bilan ishlaydi. Bu protokol amaliy bosqichda ishlaydi va transport protokoli sifatida TCP – protokolini ishlatadi. Uning asosiy vazifasi fayllarni FTP – serverga uzatish hamda undan olishdir. FTP – protokoli buyruqlar to‘plamidan iborat bo‘lib, axborotlarni uzatish va ulash tartiblarini bayon qiladi. Bu holda buyruqlar va axborotlar turli portlardan foydalanib uzatiladi. Standart portlar sifatida 21 va 20 – portlar ishlatiladi: birinchisi – axborotlarni uzatadi, ikkinchisi buyruqlarni uzatadi. Undan tashqari portlar dinamik bo‘lishi mumkin. FTP – protokolining asosiy kamchiligi, axborotlarni shifrlash mexanizmi yo‘qligidir. Bu esa bosh trafikka ega bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchining nomini va shuningdek, uning FTP – serverga ulanish parolini aniqlash imkonini beradi. Bu holni bartaraf etish uchun parallel ravishda SSL protokolidan foydalaniladi, bu esa axborotlarni shifrlashni amalga oshiradi. POP3 va SMTP
Ma’lumotlar bilan almashishning elektron pochta usulidan foydalanish anchadan beri oddiy pochta xizmatiga alternativ bo‘lib xizmat qiladi. Elektron pochta ancha samarali va tezdir. Bu xizmatni amalga oshirish POP3 (Post Office Protocol Ver- sion3) va SMTP(Simple Mail Transfer Protocol) sharofati evaziga amalga oshiriladi. POP3 protokoli amaliy bosqichda ishlaydi va pochta serveridagi pochta qutisidan elektron ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi. POP3 protokoli faqat elektron xabarlarni qabul qilishi mumkin, ularni jo‘natish uchun esa boshqa
protokoldan foydalanishga to‘g‘ri keladi, ko‘pincha bu vazifa uchun
SMTP qo‘llaniladi. Aniqrog‘i u protokolning takomillashtirilgan ver- siyasi – ESMTP(Extended SMTP)/POP3 kabi SMTP protokoli ham amaliy bosqichda ishlaydi, shuning uchun transport protokol xizmati zarurdir, bu vazifani esa TCP protokoli bajaradi.
|
| |