• Frame Relay
  • Mustaqil ish bajardi: kis21-05-guruh talabasi Toshimova g qabul qildi




    Download 34,65 Kb.
    bet4/5
    Sana13.05.2024
    Hajmi34,65 Kb.
    #228047
    1   2   3   4   5

    IMAP


    IMAP (Interactive Mail Access Protocol) – yana bitta pochta protokoli bo‘lib, u POP3 asosida yaratilgandir. Natijada POP3 protokolidagi hamma kamchiliklar hisobga olinib va yangi ko‘p sonli kerakli vazifalar qo‘shilgan.

    SLIP


    SLIP (Serial Line Internet Protocol) axborotlarni uzatish protokoli doimiy Internetga ulanishni telefon kanali va oddiy modemdan foydalanib tashkil qilish uchun yaratilgan. Narxining yuqoriligi tufayli bu turdagi ulanishdan kam abonentlar foydalanadilar. Bu protokol TCP/IP protokoli bilan birgalikda ishlatiladi va u ancha past pog‘onada turadi.

    PPP


    PPP (Point – to – Point Protocol) protokoli yuqorida bayon etilgan SLIP protokolining bajaradigan vazifasining biridir. Lekin u bu vazifalarni yaxshi bajaradi, chunki qo‘shimcha imkoniyatlari mavjuddir. Undan tashqari, SLIP farqli o‘laroq PPP nafaqat TCP/IP bilan bog‘lana oladi, balki IPX/SPX, NetBIOS,DHCP mahalliy tarmoqlarda ko‘p ishlatiladigan protokollar bilan ham birgalikda ishlay oladi. PPPning ko‘p tarqalishiga yana bir sabab u Windows NT oilasiga mansub operatsion tizim o‘rnatilgan Internet – serverlarda foydalanilgani tufaylidir. X.25
    X.25 protokoli 1976-yili yaratilgan va 1984-yili mukammallashtirilgan, u jismoniy, kanal va tarmoq bosqichlarida ISO/OSI modeli bilan bog‘lanishda ishlaydi. Bu protokol mavjud telefon tarmog‘ida foydalanish uchun loyihalashtirilgan. X.25 protokolini loyihalashtirilayotgan davrda raqamli telefon tarmog‘i noyob edi, u analog kanallarda ishlatilar edi. Shu sabab u protokolda
    xatoliklarni topish va tuzatish tizimi mavjud, bu esa aloqani ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi. Ayni vaqtda bu tizim axborot uzatishni sekinlashtiradi (64 Kbit/s). Lekin bu holat yuqori ishonchlilik talab etilgan joylarda ishlatishga xalaqit bermaydi. Masalan, bank tizimida va boshqalarida.

    Frame Relay


    Frame Relay – yana bitta telefon tarmog‘i orqali axborotlarni uzatishga mo‘ljallangan protokol. X.25 kabi yuqori ishonchliligidan tashqari yangi qo‘shimcha imkoniyatlarga ham egadir. Uzatiladigan axborotlar video, audio formatda yoki elektron axborot ko‘rinishida bo‘lishi mumkin bo‘lgani sababli uzatilayotgan axborotga qarab uzatish imkonini tanlashi mumkin. Apple Talk
    Apple Talk protokoli Apple Computer kompaniyasining mulki bo‘lib, u Makintosh kompyuterlari bilan aloqa o‘rnatish uchun yaratilgan. TCP/IP kabi Apple Talk ham protokollar to‘plamidan iborat bo‘lib, ulardan har biri ISO/OSI modelining har birining ishi uchun javobgardir. TCP/IP va IPX/SPX protokollaridan farqli Apple Talk protokoli jismoniy va kanal bosqichlarini o‘zi ijro etadi.



    Download 34,65 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 34,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish bajardi: kis21-05-guruh talabasi Toshimova g qabul qildi

    Download 34,65 Kb.