• Zamonaviy elektronika rivojlanishi Birinchi bosqich
  • Uchinchi bosqich
  • To‘rtinchi bosqich
  • Birinchi IMSlar
  • Mustaqil ish fan: Elektronika va sxemalar




    Download 0,69 Mb.
    bet5/12
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,69 Mb.
    #140811
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mustaqil ish fan Elektronika va sxemalar
    3-ma\'ruza, Ozodbek so\'z muqova, Xorijiy investitsiyalar fanining predmeti mazmun mohiyat
    3-Mavzu: Zamonaviy elektronika va sxemalardagi diskret qurilmalardan integral sxemalargacha rivojlanishining tarixiy davrlari va rivojlanish istiqbollari
    Reja:

    1. Zamonaviy elektronika rivojlanishi

    2. Integral sxemalargacha rivojlanish bosqichlari

    3. Rivojlanish istiqbollari


    Zamonaviy elektronika rivojlanishi

    Birinchi bosqich asboblari: rezistorlar, induktivlik g‘altaklari, magnitlar, kondensatorlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga o‘xshash) passiv elementlardan iborat edi.
    Ikkinchi bosqich Li de Forest tomonidan 1906-yilda triod lampasining ixtiro qilinishidan boshlandi. Triod elektr signallami o‘zgartiruvchi va eng muhimi, quwat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob boidi. Elektron lampalar yordamida kuchsiz signallami kuchaytirish imkoniyati hisobiga radio, telefon so'zlashuvlami, keyinchalik esa tasvirlami ham uzoq masofalarga uzatish imkoniyati (televidenie) paydo bo‘ldi. Bu davming elektron asboblari passiv elementlar bilan birga aktiv elementlar - elektron lampalardan iborat edi.
    Uchinchi bosqich Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan 1948-yilda elektronikaning asosiy aktiv elementi bo‘lgan bipolar tranzistoming ixtiro etilishi bilan boshlandi. Bu ixtiroga Nobel mukofoti berildi. Tranzistor elektron lampaning barcha vazifalarini bajarishi bilan birga uning: past ishonchlilik, ko‘p energiya sarflash, katta o‘lchamlari kabi asosiy kamchiliklaridan xoli edi.
    To‘rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida electron qurilma hamda tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataldi.
    Mikroelektronika - fizik, konstruktiv - texnoiogik va sxemotexnik usullardan foydalanib, yangi turdagi elektron asboblar - IMSlar va ulaming qo‘llanish prinsiplarini ishlab chiqish yo‘lida izlanishlar olib borayotgan elektronikaning bir yo‘nalishidir.
    Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining rivojlanish darajasi tom ma’noda mikroelektronika va nanoelektronika mahsulotlarining ularda qo‘llanilish darajasiga bog‘liq.
    Birinchi IMSlar 1958-yilda yaratildi. IMSlaming hajmi ixcham, og‘irligi kam, energiya sarfl kichik, ishonchliligi yuqori bo‘lib, hozirgi kunda uch konstruktiv - texnoiogik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, yarimo‘tkazgiclili va gibrid.
    1965-yildan buyon mikroelektronikaning rivoji G. Mur qonuniga muvofiq bormoqda, ya’ni har ikki yilda zamonaviy IMSlardagi elementlar soni ikki marta ortmoqda. Hozirgi kunda elementlar soni 106-109 ta bo‘lgan o‘ta yuqori (OYuIS) va giga yuqori (GYuIS) IMSlar ishlab chiqarilmoqda.
    Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish davri mobaynida IMSlaming keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya qiluvchi mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element bazaning imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish muhim.

    Download 0,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish fan: Elektronika va sxemalar

    Download 0,69 Mb.