• Nobel mukofoti
  • Rivojlanish istiqbollari
  • Integral sxemalargacha rivojlanish bosqichlari




    Download 0,69 Mb.
    bet6/12
    Sana19.01.2024
    Hajmi0,69 Mb.
    #140811
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mustaqil ish fan Elektronika va sxemalar
    3-ma\'ruza, Ozodbek so\'z muqova, Xorijiy investitsiyalar fanining predmeti mazmun mohiyat
    Integral sxemalargacha rivojlanish bosqichlari
    Integral mikroelektronika rivojining fizik chegaralari mavjudligi sababli, hozirgi kunda an’anaviy mikroelektronika bilan bir qatorda elektronikaning yangi yo‘nalishi - nanoelektronika jadal rivojlanmoqda.
    Nanoelektronika o‘lchamlari 0,l dan 100 nmgacha bo‘lgan yarimo‘tkazgich tuzilmalar elektronikasi bo‘lib, mikroelektronikaning rnikrominiatyurlash yo‘lidagi mantiqiy davomi hisoblanadi. U qattiq jism fizikasi, kvant elektronikasi, fizikaviy-kimyo va yarimo‘tkazgichlar elektronikasining so‘nggi yutuqlari negizidagi qattiq jismli texnologiyaning bir qismini tashkil etadi.
    So‘nggi yillarda nanoelektronikada muhim amaliy natijalarga erishildi, ya’ni zamonaviy telekommunikatsiya va axborot tizimlaming negiz elementlarini tashkil etuvchi: geterotuzilmalar asosida yuqori samaradorlikka ega lazerlar va nurlanuvchi diodlar yaratildi; fotoqabulqilgichlar, o‘ta yuqori chastotali tranzistorlar, bir elektronli tranzistorlar, turli xil sensorlar hamda boshqalar yaratildi.
    Shvetsiya Qirolligi fanlar akademiyasi ilmiy ishlarida tezkor tranzistorlar, lazerlar, integral mikrosxemalar (chiplar) va boshqalami ishlab chiqish bilan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asos solgan olimlar: J.I. Alferov, G. Kremer, Dj.S. Kilbini Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
    Integral mikroelektronika va nanoelektronika bilan bir vaqtda funksional elektronika rivojlanmoqda. Elektronikaning bu yo‘nalishi an’anaviy elementlar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar va kondensatorlar) dan voz kechish va qattiq jismdagi turli fizik hodisa (optik, magnit, akustik va h.k.lardan foydalanish bilan bog‘liq. Funkisonal elektronika asboblariga akustoelektron, magnitoelektron, kriogen asboblar va boshqalar kiradi.
    Rivojlanish istiqbollari
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini ham tubdan 
    o’zgartiradi: bu sohada umr bo’yi malaka oshirish tamoilini faol qo’llash
    imkoniyati tug’iladi. Turli axborot ma’lumotlar bazalaridan foydalanish 
    darajasining ortishi, masofaviy ta’lim metodlarining joriy etilishi turli aholi
    qatlamlari uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini tenglashtiradi va bu bilan 
    umumiy savodxonlik darajasini oshiradi. Virtual universitetlar g’oyasini hayotga
    tatbiq etish imkoniyatlari haqiqatga aylanib boradi: bunda xatto markazdan ancha 
    uzoq qishloq joylarida istiqomat qiluvchi har bir shaxs masofaviy ta’lim rejimida
    bilimlar tizimiga ega bo’lishi mumkin. Dunyo miqyosida esa taraqqiy etgan 
    AKTlar ilmiy-texnik yutuqlarni ayirboshlash, muayyan bilimlarni iste’dodli
    o’qituvchilar yoki tajribali mutaxassislardan cheklanmagan miqdordagi o’quvchilarga etkazish jarayonini keng yo’lga qo’yish imkonini beradi. Natijada
    o’quv materiallari va jahon kutubxonalariga cheklanmagan kirish imkoniyati 
    tufayli o’quv kursining tannarxi keskin ravishda qisqaradi, har bir kishi kontekstli
    qidiruv va tahlil protseduralari orqali real vaqt rejimida juda katta bilimlar 
    qatlamlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.
    AKTlar kichik biznes va shaxsiy tadbirkorlikka ham mehnat unumdorligini, 
    huquqiy savodxonlikni oshirish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Biznes bilan yoki
    iste’mol mollarini sotib olish bilan shug’ullanayotgan fuqarolarning AKT orqali 
    bozor narxlari va tovarlarning sifatlari to’g’risidagi axbrotga keng kirib borish
    imkoniyatlariga ega ekanliklari ularga ratsional tijoriy qarorlar qabul qilish va 
    samarali iste’molchilik tanlovini amalga oshirishga yordam beradi. Biznes bilash
    shug’ullanuvchilar uchun yangi kompyuter modellarining maxsus yaratilishi va 
    rivojlantirilishi Internet vositasida olib boriladigan savdoning misli ko’rilmagan
    ekspansiyasiga sabab bo’lmoqda. An’anaviy chegaralarni buzib o’tgan misli 
    ko’rilmagan darajada ko’p biznes turlarining rivojlanishi tufayli pul va xizmatlarni
    tez va arzon taklif etish imkoni tug’ildi.



    Download 0,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Integral sxemalargacha rivojlanish bosqichlari

    Download 0,69 Mb.