PEDAGOGIKA FANINING TUZILISHI VA UNING BOSHQA




Download 100,84 Kb.
bet2/5
Sana15.05.2024
Hajmi100,84 Kb.
#235844
1   2   3   4   5
Bog'liq
Muhammadov Murodjon Psixalogiya

PEDAGOGIKA FANINING TUZILISHI VA UNING BOSHQA

FANLAR BILAN BOGLIQLIGI


Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, turli yo‘nalishlarda bilim hajmining o‘sib borishi fanning tabaqalanib, turli tarmoqlarga bo‘linishiga sabab bo‘lmoqda. Yaqin o‘tmishda falsafadan ajralib chiqqan pedagogika fanida ham ko‘pgina tarmoqlarga bo'linish jarayoni ko’zga yaqqol tashlanadi. Ayrim tarmoqlar esa mustaqil fan sifatida shakllanadi. Masalan, maktab pedagogikasi, maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Ayrimlari esa fan sifatida endi shakllanib kelmoqda. Kattalar pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi shular jumlasidandir. Hozirgi zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, avvalo, tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning ko‘zi ojiz, aqli zaif, qulog'i kar - jismoniy kamchiliklarga ega bo‘lgan bolalami tarbiyalash va ulami hayotga tayyorlash bilan shug'ullanadigan у ana bir tarmog‘i - maxsus pedagogika (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika) defektologiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Pedagogika fani tarmoqlariga predmetlami o'qitishning qonuniyatlarini o'rganuvchi fan - metodika ham kiradi. Shu bilan birga, pedagogika fani boshqa fanlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Pedagogikaning tarbiya sohasidagi obyekti o‘sib kelayotgan yosh avlod bo'lganligi uchun pedagogika insonni o'rganuvchi fanlar bilan bog‘liqdir. Pedagogika fanining metodologik asosini falsafa tashkil etadi.Chunki tarbiyaning maqsadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; jamoa va shaxs muammolari va shu kabilar ikki fanni birlashtiradi. Iqtisodiy va, xususan, uning bir bo‘lagi bo‘lgan xalq ta’limi iqtisodi pedagogika bilan bog‘lanib ketadi. Chunki iqtisodchilarning olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, ishlab chiqarishning yuksak samaradorligi umumiy ta’limning yuqori darajada rivojlanganligiga bog‘liq ekan. Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik) xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir. Shunga ko‘ra, pedagogikaning psixologiya fani bilan bog'liqligi an’anaviy tus olgan.



Download 100,84 Kb.
1   2   3   4   5




Download 100,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PEDAGOGIKA FANINING TUZILISHI VA UNING BOSHQA

Download 100,84 Kb.