• Qadimgi xalq ogzaki ijodiyotida tarbiyaga oid fikrlar.
  • Pedagogika tarixi, maqsad va vazifalari




    Download 100,84 Kb.
    bet3/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi100,84 Kb.
    #235844
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Muhammadov Murodjon Psixalogiya

    Pedagogika tarixi, maqsad va vazifalari


    Pedagogika tarixi eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
    Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
    Pedagogika fanining vazifalari:
    milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;
    pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
    pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.
    Pedagogika tarixini o’rganish manbalari:

    • arxeologik yodgorliklar;

    • qo’lyozmalar;

    • xalq og’zaki ijodi;

    • adabiy yodgorliklar;

    • hujjatlar;

    • badiiy adabiyot;

    • memuarlar;

    • Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari.

    Qadimgi xalq og'zaki ijodiyotida tarbiyaga oid fikrlar.
    Eramizdan avvalgi birinchi mingyillikda Baqtriya, Xorazm, So'g'di- yona, Marg'iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashaganlar. Ular soqlar, masog'utlar, so'g'dlar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug'lardan iborat bo'lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar. Ushbu elatlar yashagan hududlarda o'ziga xos madaniy arianalar tar kib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So'g'diyona, Marg'iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o'lkalarda xalq xo'jaligining turh sohalarida rivojlanish ro'y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo'lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o'rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrida yuzaga kelgan Eftalitlar, so'ngra Sosoniylar va, nihoyat, Turk xoqonligi davlatlarida madaniyat yuksala bordi.Ajdodlarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan qadimiy madaniyat tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid meros ham alohida o'rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha etib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyandalari- ning asarlari buning dalilidir. Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Herodot, Suqrot, Plutarx, Polienning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari,allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: E.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Bragins- kiy, I.M.Mo'minov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy va boshqalar tomoni dan olib borilgan tadqiqotlar kiradi. Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo'lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgor- liklari qadimgi grek tarixchisi Herodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya» hamda Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit-turk» kabi asarlari, Urxun-Enasoy bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o'rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta o'rin tutganidan dalolat beradi.

    Download 100,84 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 100,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika tarixi, maqsad va vazifalari

    Download 100,84 Kb.