|
Mustaqil ish mavzu: faoliyatning psixologik tahlili bajardi: Muhammadov Murodjon Tekshirdi: Yusupova Zamira Toshkent 2024
|
bet | 5/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 100,84 Kb. | | #235844 |
Bog'liq Muhammadov Murodjon Psixalogiya Xulosa.
Pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi.
Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish Pedagogning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash Pedagogikanidagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar ora-sida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi-sini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxe tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi.
Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida Pedagogika falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, mat. va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Pedagogika fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, taxlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi.
Pedagogikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan sohasi didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini pedagogikaningning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy-pe-dagogik ishlar qonuniyati pedagogikaning mak-tabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham pedagogikanining qonuniyatlarini belgilashda taʼlimtarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish metodikasi, chet el ada-biyotini oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifa-sini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar oʻsha oʻquv predmetini oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda oʻqitishning universal jihatlarini namoyon etadi.
P.ning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi oʻziga xosliklarini hisobga olib ish koʻradigan tarmogʻi defektologiyapnr. Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligi hamda ularga beriladigan taʼlimtarbiyaning yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya singari tarmoqlarga boʻli-nadi. Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyo-ti jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida qanday mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb etganligi, qaysi usul va shakllardan foydalanib ish koʻrganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalar ped. tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
R. MAVLONOVA, N. VOXIDOVA, N. RAXMONQULOVA PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI.
O.Akbarov “PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI” fanidan O‘QUV U S L U B I Y M A J M U A.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Pedagogika
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mustaqil ish mavzu: faoliyatning psixologik tahlili bajardi: Muhammadov Murodjon Tekshirdi: Yusupova Zamira Toshkent 2024
|