Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan va madaniyat




Download 100,84 Kb.
bet4/5
Sana15.05.2024
Hajmi100,84 Kb.
#235844
1   2   3   4   5
Bog'liq
Muhammadov Murodjon Psixalogiya

Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan va madaniyat


Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, yagona Is lom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Ana shu madaniy ko'tarilish butun Arab xalifahgini, Yaqin va O'rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq Uyg'onish davri deb ataldi. Bu Uyg'onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVT asrlargacha davom etdi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg'onish davri xalifalik- ning Bag'dod, Damashq, Halab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik emirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Xalifa Horun ar-Rashid va uning o'g'li al-Ma’mun davrida Bag'dodda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlik uyi») (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil topadi. Mazkur Akademiya ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qosliida kutubxonasi tashkil etadi. Akademiya 819-833 -yillari yanada rivojlangan. Akademiyada ikki rasadxona bo'lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog'doddagi bu ilm markazi, o'z navbatida, Sharq va g'arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o'rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko'rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz. Zero, xalifa al-Ma’mun ilm-fanni juda qadrlagan. UIX asr boshlari- dan xalifalikning Xurosondagi noibi bo'hb turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to'plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Farg'oniy, al-Xuttaliy, al-Javha- riy, al-Marvazviy kabi vatandosh olimlarimiz ham bo'lgan. Al-Ma’mun xalifalik taxtiga o'tirgach u olimlarning barchasini Bag'dodga chaqirib oladi va «Bayt ul-hikma» - Donishmandlik uyi(«Ma’mun akademiyasi»)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida ohb borilardi. Rasmiy hujjatlar arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilardi. X asr o'rtalariga kelib, fors tilida ham ish yuritila boshlandi. Bu shaharlardagi maktablarga hatto tevarak-atrofdagi qishloqlardan oddiy xalq bolalari ham kelib o'qiganligi manbalarda keltiriladi. O'sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bolgan. Kitob dolsonlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy munozaralar o'tkazganlar. Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bolgan. Amir kutubxonasini o'sha davrdagi Sheroz kutubxonasi bilan bella- sha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar. XI asrda Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun II o'z saroyiga zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan «Majlisi ulamo» - «Ma’mun akademiyasi» deb nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ah ibn Sino, tarixchi Miskavayh, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Sahl al-Masihiy, tabib Abulxayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug'ullanganlar.

Download 100,84 Kb.
1   2   3   4   5




Download 100,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan va madaniyat

Download 100,84 Kb.