Ijtimoiy tarmoqlar va email'dan xavfsiz foydalanish




Download 2 Mb.
bet3/5
Sana17.12.2023
Hajmi2 Mb.
#121915
1   2   3   4   5
Bog'liq
Do\'schanov Murodjon 1 mustaqil ish Ma’lumotlarning intellektual

Ijtimoiy tarmoqlar va email'dan xavfsiz foydalanish



1. Profillaringizni begonalardan qulflab qo‘ying. Ijtimoiy tarmoqlardagi profillaringizni begonalardan qulfda saqlash siz tanimagan odamlarning sizni kuzatishi va siz haqingizdagi ma’lumotlarni to‘plashidan saqlaydi. Profilingiz faqat do‘stlaringizgagina ochiq bo‘lishi tavsiya qilinadi.


• Akkaunt sozlamalariga o‘tib, profilingizni kimlar ko‘rishi/kuzata olishini belgilang.


• Profilingiz tarmoqdagi istalgan foydalanuvchiga ko‘rinib turishini belgilab qo‘ysangiz ham, muhim ma’lumotlaringiz, jumladan, uy manzilingiz va telefon raqamingiz begonalar ko‘zidan yashirin bo‘lishi kerak.



2. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda qaysi ma’lumot/postlaringiz hammaga ko‘rinib turganini ko‘zdan kechiring. Akkauntingizning Maxfiylik bo‘limiga o‘tib, ayni damda qaysi ma’lumotlaringiz begonalarga ko‘rinib turganini bilib oling.


• Bu kabi tekshiruvlarni bir necha oyda bir marta takrorlab turing — hammasi risoladagidek ekaniga ishonch hosil qilish uchun.

3. Tarmoqqa post joylayotib, bu postingizdan keyinchalik o‘zingiz pushmon yemasligingizga amin bo‘ling. Internetdan xavfsiz foydalanish Facebook/Instagram'ga qo‘yayotgan postlaringizga ham bog‘liq. «Qo‘ygan postimni keyinroq o‘chirib yuborsam bo‘ladi», deb o‘ylashingiz mumkin, lekin unutmang: siz ulashgan ma’lumotni skrinshot qilib olish, boshqalar bilan ulashish mumkin. Demak, keyinroq o‘chirib yuborish yechim bo‘la olmaydi. Yetti o‘lchab bir kesishni odat qiling.


• Masalan, post qo‘yishdan oldin o‘zingizga savol bering: «Bu postni ota-onam, o‘qituvchilarim yoki ishxonadagi rahbarim ko‘rsa, uyalib qolmaymanmi?» Shunga qarab, qaror chiqaring.


4. Sizni belgilashgan (otmetka, teg qilishgan) postlarga layk bosishdan oldin, post kontenti bilan tanishib chiqing. Akkauntingiz sizga zarar keltiruvchi yoki sizni uyatga solishi mumkin bo‘lgan sahifalarda belgilanib qolishini oldini olish uchun sozlamalardan teglarni tahlil qilish buyrug‘ini faollashtiring.


• Maxfiylik sozlamalaridan teglarni tahlil qilish buyrug‘ini faollashtiring.


• Shunda, kimdir sizni teg qilsa, sizga bildirishnoma keladi. Sizni kim va qayerda teg qilganini tekshirib, keyin tegga ruxsat bersangiz/rad etsangiz bo‘ladi.

5. Internetda tanishgan odamingizga hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringizni bermang. Buni hamma bilishi mumkin, biroq yana bir marta eslatib o‘tishni muhim deb topdik. Onlayn tanishgan odamingizni qanchalar yaxshi bilaman deb o‘ylasangiz ham, ularning asl maqsadi nima ekanini bila olmaysiz.


• Ismingiz, manzilingiz, telefon raqamingiz, maktab yoki ishxonangiz haqida hech kimga aytmang.


• Bundan tashqari, sevimli kafe/restoran/do‘koningiz nomini ham hech kimga oshkor qilmang, chunki bu ma’lumotlardan foydalanib, sizning taxminiy joylashuvingizni aniqlash mumkin bo‘ladi.



6. Virtual tanishgan odamingiz bilan real hayotda, yuzma-yuz uchrashish borasida ham ogoh bo‘ling. Imkon qadar onlayn tanishgan kishilaringiz bilan yuzma-yuz ko‘rishmang. Agar vaziyat uchrashishni taqozo qilsa, unday holda odam gavjum joyda uchrashing yoki do‘stingizni o‘zingizga hamroh qiling.


• Mabodo o‘zingizga do‘stingizni sherik qila olmasangiz, qayerga ketayotganingiz va qancha vaqt u yerda bo‘lishingizni kimgadir aytib keting.
• 18 yoshdan kichik bo‘lsangiz, hech qachon virtual tanishlaringiz bilan real hayotda uchrashmang.



7. Onlayn forumlarda gender-neytral taxalluslardan foydalaning.





8. Notanish shaxslardan kelgan email xabarlarni yoki fayllarni ochmang. Onlayn firibgarlikning «fishing» (ingl. phishing) deb ataluvchi turi bilan shug‘ullanuvchi firibgarlar soxta email va xabarlardan foydalanib, sizning shaxsiy ma’lumotingizni qo‘lga kiritishga urinadi. Notanish manzildan kelgan email xabarni ko‘rsangiz, uni spamlar jildiga o‘tkazing.


• Email ichida ko‘rinishidan ishonchli saytga berilgan havola bo‘lishi mumkin, biroq sizga kelgan bu xabar haqiqatan ham ishonchli manzildan ekaniga amin bo‘lmaguningizgacha havola (ssilka, link) ustiga bosa ko‘rmang.
• Fishing firibgarlari Visa kartangiz raqamini so‘rashi mumkin.
Demak, birinchi navbatda parollaringizni xavfsiz saqlashga harakat qiling. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlaringizga ogoh bo‘ling. Notanish manzildan kelgan elektron xabarni ochmang.


Download 2 Mb.
1   2   3   4   5




Download 2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy tarmoqlar va email'dan xavfsiz foydalanish

Download 2 Mb.