|
Matematik ifodalarni qurish va hisoblash
|
bet | 2/9 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #237061 |
Bog'liq АБДУВАЛИЕВ М34. 2. Matematik ifodalarni qurish va hisoblash
Boshlang’ich holatda ekranda kursor krestik ko’rinishda bo’ladi. Ifodani kiritishda u kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko’k burchakli holatga o’tadi. Mathcadning har qanday operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin:
• menyu buyrug’idan foydalanib;
• klaviatura tugmalaridan foydalanib;
• matematik paneldan foydalanib.
O’zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori “:=” ishlatiladi. Hisoblashlarni amalga oshirish uchun oldin formuladagi o’zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda yozilib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo’ladi.
Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan foydalaniladi.
Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin, masalan
• kesib olish – Ctrl+x;
• nusхa olish – Ctrl+c;
• qo’yish – Ctrl+v;
• bajarishni bekor qilish – Ctrl+z.
Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.
Mathcad 200 dan ortiq o’zida qurilgan funksiyalariga ega bo’lib, ularni matematik ifodalarda ishlatish uchun standart panel vositasidagi Insert Function (Funksiyani qo’yish) tugmasiga bog’langan muloqot oynasidan foydalaniladi.
Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert→Text Region (Qo’yish→Matn maydoni) buyrug’ini berish yoki yaхshisi klaviaturadan ikkitali kavichka (“) belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma’lumotini kiritish uchun ekranda matn kiritish maydoni paydo bo’ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani yozish uchun matematik maydonni ham qo’yish mumkin. Buning uchun shu matn maydonida turib Insert→Math Region (Qo’yish→Matematik maydoni) buyrug’ini berish kifoya. Bu maydondagi kiritilgan matematik ifodalar ham oddiy kiritilgan matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi.
Mathcadda foydalanuvchi funksiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va uning effektivligini oshiradi. Funksiya chap tomonda ko’rsatilib, undan keyin yuborish operatori (:=) va hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan o’zgaruvchi kattaliklari funksiya parametri qilib funksiya nomidan keyin qavs ichida yoziladi (4.3-rasm).
4.3.Diskret o’zgaruvchilar va sonlarni formatlash
Mathcadda diskret o’zgaruvchilar deganda sikl operatorini tushunish kerak. Bunday o’zgaruvchilar ma’lum qadam bilan o’suvchi yoki kamayuvchi sonlarni ketma-ket qabul qiladi.
Masalan:
4.3-rasm. Hsoblashlarda foydalanuvchi funksiyasini tuzish.
x:=0…5. Bu shuni bildiradiki bu o’zgaruvchi qiymati qator bir necha qiymatlardir, ya’ni x=0,1,2,3,4,5.
x:=1,1.1..5. Bunda 1 – birinchi sonni, 1,1 – ikkinchi sonni, 5 - oхirgi sonni bildiradi.
x:=A,A+B..B. Bunda A – birinchi, A+B – ikkinchi, B - oхirgi sonni bildiradi.
Izoh! O’zgaruvchi diapazonini ko’rsatishda ikki nuqta o’rniga klaviaturadan (;) nuqta vergul kiritiladi yoki Matrix (Matritsa) panelidan Range Variable (Diskret o’zgaruvchi) tugmasi bosiladi. Hisoblangan qiymatni chiqarish uchun esa o’zgaruvchi va tenglik belgisini kiritish kifoya. Natijada o’zgaruvchi qiymati ketma-ket jadvalda chiqadi. Masalan, x:=0..5 deb yozib, keyin x= kiritish kerak.
Foydalanuvchi funksiyaning uning argumentiga mos qiymatlarini hisoblab chiqarish va bu qiymatlarni jadval yoki grafik ko’rinishda tasvirlashda diskret o’zgaruvchilardan foydalanish qulaylikni keltiradi. Masalan, f(x)=sin(x)Cos(x) funksiya qiymatlarini x ning 0 dan 5 gacha bo’lgan qiymatlarida hisoblash kerak bo’lsa, u holda quyidagi kiritishni amalga oshirish kerak: f(x)=sin(x)Cos(x) x:=0..5 f(x)= javob.
|
| |