• MUSTAQIL ISHI
  • Markov o’yinlari haqida tushuncha
  • Mustaqil ishi mavzu: Boshqariluvchi Markov zanjirlari turlari




    Download 10.71 Kb.
    bet1/5
    Sana02.03.2024
    Hajmi10.71 Kb.
    #165388
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mustaqil ishi mavzu Boshqariluvchi Markov zanjirlari turlari-azkurs.org
    1 TOPSHIRIQ, IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLARGA TA\'SIRI, ТАШКЕНТ - СТОЛИЦА УЗБЕКИСТАНА, mustaqil ishi Oromov Siroj, Internet 60 uz 18 11 2022, ISTISNOLARNI BOSHQARISH, qurilish mashinalari, 4dqeEKFa0jTzGOE0-G6Tjo8TlsvX5qup, boshlang-ich-ta-limda-sinfdan-tashqari-darslarni-tashkil-etish-metodikasi-va-ularning-ahamiyati, Ms excel’da makrobuyruqlar [makroslar]-fayllar.org, ABDURASHIDOVA MAFTUNA ERKIN QIZI, BIOMAROMLAR VA TIRIK ORGANIZMLARNING HAYOTIY SHAKLLARI. VAQT EKOLOGIK OMILI, IJTIMOIY PEDAGOGNING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR BILANISH YURITISH, 9 imtihon, 109 tishli gildiraklarni tayyorlash texnologiyasi-fayllar.org

    Mustaqil ishi mavzu: Boshqariluvchi Markov zanjirlari turlari

    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA TA’LIM YO’NALISHI 403-GURUH TALABASI BOZOROV ASLIDDINNING “O’YINLAR NAZARIYASI VA JARAYONLAR TATQIQOTI” FANIDAN TAYYORLAGAN

    MUSTAQIL ISHI

    Mavzu: Boshqariluvchi Markov zanjirlari turlari

    Reja:

    Markov o’yinlari haqida tushuncha

    Markov zanjiri orqali tavsiflangan jarayonlarda yechim qabul qilish boshqaruv sistemalarida, jarayonlar tadqiqotida, ishonchlik nazariyasida, boshqaruv nazariyasida va boshqa amaliy sohalarda keng qo'llaniladi. Fan va texnikaning turli sohalariga tegishli bo'lgan jarayonlarni Markov zanjiriga keltirish orqali to'la o'rganish mumkin. Masalan, jamiyatshunoslik sohasida aholining ijtimoiy va kasbiy-hunar tarkibini, migratsiya va boshqa o'zgarish muammolarini tadqiq qilishda Markov zanjirlari nazariyasidan foydalanish mumkin. Biologiyada ayrim hayvonot va o'simlik turlari o'zgarishi xarakterlarini o'rganish Markov zanjirlari yordarnida olib boriladi. Fizikada gazlarning diffuziyasini o'rganishda Markov zanjirlari nazariyasining natijalaridan foydalaniladi. Texnikada Markov zanjirlari yordamida ma’lumotlarni uzatish, bir qator texnologik jarayonlarning, murakkab texnik sistemalarda ishlovchanligini nazorat qilish va kamchiliklarini topish jarayonlarini tavsiflash qaraladi.

    Murakkab harakat dagi sistemalarni o'rganishda matematik model sifatida Markov jarayonini tatbiq etish ijobiy natijalarga olib keladi. Bunda, Markov zanjirini asosan ikkita tushuncha — holatlar va bir holatdan ikkinchi holatga o'tish ehtimolliklarini ifodalovchi o'tish jadvallari tashkil etsa, Markov jarayonida bulardan tashqari yana ikki element — yechim va yutuq tushunchalari ham ishtirok qiladi. Bunda holatlar chekli yoki cheksiz sonda bo'lishi mumkin. Bu yerda asosan, holatlar soni chekli hamda o'tishlar sonini raqamlab chiqish (diskret holga keltirish) mumkin bo‘lgandagi Markov jarayonlari ko'riladi. Shu bilan birga har bir qadamda olinadigan yutuq miqdorini qayta yoki o‘zgarmas baholash sifatida ko‘rish mumkin. Ko‘rsatiladiki, birinchi holda o'tishlar soni cheksiz bo'lganda ham yutuqning miqdorini aniq ko'rsatish mumkin, ikkinchi holda olinadigan yutuqning qandaydir ma’noda "o‘rtacha"si olinadi.


    Download 10.71 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 10.71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishi mavzu: Boshqariluvchi Markov zanjirlari turlari

    Download 10.71 Kb.