• 3.3. Talabaning vazifalari.
  • Ilmiy rahbarning vazifalari




    Download 163,26 Kb.
    bet5/36
    Sana23.07.2021
    Hajmi163,26 Kb.
    #15817
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    3.2. Ilmiy rahbarning vazifalari.
    Talabaning ilmiy rahbari ishga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:

    -talaba ishni bajarishi uchun vazifani tasdiqlab berish;

    -ishning rejasini tuzishda talabaga yordam berish va adabiyotlarni tavsiya etish;

    -talabaning rejasini tasdiqlashi, reja bo‘yicha muntazam ravishda ishni tekshirishi, maslahatlar va ko‘rsatmalar berishi;

    - talaba ishini bajarishda tashkiliy va uslubiy yo‘nalishlar berib brishi.
    3.3. Talabaning vazifalari.
    Talaba mustaqil ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi lozim:

    -ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;

    -ilmiy rahbarning tuzib bergan reja asosida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;

    -o‘rnatilgan tartib bo‘yicha mustaqil ishning hisobini o‘z vaqtida kafedraga taqdim etish kerak .

    Talaba mustaqil ishni nazorat qilish kafedrada ishlab siqilgan jadval va fanning texnologik xaritasi asosida olib bruvchi professor – o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talabaning reyting ko‘rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bo‘yicha fakultetning an’anviy guruh reyting oynasida yoki maxsus elektron tarmog‘ida yoritib boriladi. Talaba mustaqil ishning nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi.

    “Biofaol moddalar texnologiyasi” fani bo‘yicha mustaqil ishlarni baholash mezonlari talabalarga o‘quv yili boshlanishi oldidan uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi. Talaba mustaqil natijalari amaldagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshiriladi.

    “Biofaol moddalar texnologiyasi” fani bo‘yicha mustaqil ish mavzulari va baholash me’zoni kafedraning yig‘ilishi qaroriga binoan amalga oshiriladi. “Biofaol moddalar texnologiyasi” fani yuzasidan mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirish muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlari va fakultet ilmiy Kengashlarida muhokama etib boriladi. Talabaning mustaqil ish materiallari kafedra arxivida ro‘yxatga olinadi va o‘quv yili mobaynida saqlanadi.

    «Biofaol moddalar texnologiyasi» fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan. Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni echadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar echadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

    Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

    «Biofaol moddalar texnologiyasi » fanidan mustaqil ish 109 soatni o‘z ichiga oladi va quyidagi 10 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.



    Download 163,26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 163,26 Kb.