Imom Al- Buxoriyning pedagogik g'oyalari




Download 8.78 Mb.
bet2/9
Sana04.06.2023
Hajmi8.78 Mb.
#69667
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(invalid)
Презентация1, barchin ijtimoiy , 5-Amaliy mashg’ulot, 6-Amaliy Mashg\'ulot, 1 самостоятельный., Умида Мой город., Mavjuda essey 1, Boronova ijt mus tal 2, Faxriddin akt1, 1Elementar piramida, Sevara yvt, 2- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshir (1), 2- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshir, muqaddas1, Maftuna Fiziologiya1

2.Imom Al- Buxoriyning pedagogik g'oyalari.


Abu Abdulloh ibn Ismoil al- Buxoriyning "Al-adab al-mufrad"kitobidan 20 ta hadisni ko'chirib yozish.

  1. Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga hijrat qilmoq uchun bay'at qilishga keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo’lmay, xafaliqdan yig’lab qolgan edilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Sen hozir ota-onang oldiga bor! hijrat qilaman deb ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo’ldim, deb ularni xursand qil", - dedilar".Abu Murradan rivoyat qilingan 14-hadis 13-hadisshng mazmunan takrori, ammo unda Abu Hurayra (r.a.)ning asp ismi sharifi Muso ibn Ya'qubdan eshitgani bo’yicha Abdulloh ibn Amr ekashigi eslatshgadi.

  2. Abu Bakra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Men sizlarga gunohlarning eng kattasini aytib beraymi?" - deb uch martaba so’radilar. Sahobiylar: "Ey, Rasululloh, aytib bering", deyishdi. "Alloh taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo’lish", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) shu vaqtda yonboshlab o’tirgan edilar, keyin yaxshilab o’tirib oldilarda: "Ogoh bo’linglar! Shu katta gunohlardan biri yolg’on gapirmoq, tuhmat qilmoqdir", dedilar. Shu oxirgi so’zlarini shu qadar ko’p takrorladilarki, men ichimda Rasululloh

(s.a.v.) charchadilar, endi gaplarini to’xtatsalar ham bo’lardi, dedim".Ota-onaga oqq bo’lish - ota-onaga ozor berish, xafa qilish va buyruqlarini bajarmaslikdan iboratdir. Ularning farzandga seni oq qildim, deyishlari shart emas, dillari og’rishining o’ziyoq farzandning oq bo’lganidir .

  1. Abdulloh ibn Amr (r.a.): "Kimki otasining so’kilishiga sabab bo’lsa, Alloh taolo oldida katta gunohga qoladi". dedilar.

  2. Abu Hurayra aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Uch toifa kishilarning duosi hech shubhasiz Alloh taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi", deganlar".

Har qanday zulm haqsizlik, deb anglashilgani kabi musulmon tuzumiga qarshi borish ham zulm, deb tushuniladi .
Rasululloh (s.a.v.)ning: "Al kazzabu lo ummati", ya'ni yolg’onchi mening ummatim emas, degan hadislari mashhurligini muqaddislarning aksariyati rivoyat qiladilar.

  1. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Kishi o’lgandan keyin yana nima uchundir uning nufuzi ko’tarilib qoladi. Shunda u taajjublanib: "Ey, Rabbim! Bu darajamning ko’tarilishi nimadan hosil bo’ldi?", deb so’radi. Alloh taolo tomonidan: "Ey, bandam, orqangda qolgan bola-chaqalaringning men uchun qilgan istig’forlarining natijasidir", deyiladi.

  2. Abu Bakir ibn Xazm (r.a.) bir sahobiydan rivoyat qildilar. U sahobiy Rasululloh (s.a.v.)ning:"Do’stlik albatta meros bo’lib (nasldan naslga) o’tadi", degan hadislarini rivoyat qilib bersam, senga etarli nasihat qilgan bo’laman", dedilar.

  3. . Abu Ayyub Ansoriy (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.)ning safarlaridan birida bir a'robiy u zotga kelib: "Meni jannatga yaqin va do’zaxdan uzoq qiladigan amallarni menga aytib bering!" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taoloning Uzigagina ibodat qilasan, unga hech narsani ibodatda sherik qilmaysan, Alloh buyurgan namozlarni vaqtida ado qilasan, molingdan zakotni berasan va silai rahm qilasan", dedilar.

  4. . Abu Tufayl Omir ibn Vosila (r.a.) aytdilar: Hazrat Ali (k.v.)dan so’ralganda, Hz. Ali (k.v.):"Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning o’zimizga xos aytgan gaplari faqat mana shu qilichimning qinidagilardir", dedilarda, undan bir sahifa qog’oz chiqardilar. Bu sahifada: "Alloh taolodan bo’lak narsalar nomiga atab biror jonliqni so’ygan kishiga, ota-onasiga la'nat o’qigan kishiga va shariatda bo’lmagan narsalarni din nomidan paydo qilganlarga yo’l bergan kishiga ham Alloh taoloning la'-nati bo’lsin", degan hadisi sharif yozilgan ekan.Bu hadisda aytilgan tafsilot 27-?adisda keladi. Ota-onaga la'nat o’qish ularni so’kishdan va Allohning la'nati esa, o’z rahmatidan mahrum qilishi demakdir .

  5. Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning qizlari Asmo' (r.a.) aytdilar: "Onam biror narsa umidida huzurimga keldi. Shunda Rasululloh (s.a.v.)dan: "Onam kelib qoldi. Unga silai rahm qilib biror narsa bersam bo’ladimi?" - deb so’radim. "Ha, silai rahm qilsang bo’ladi", dedilar". Ibn O’yayna (r.a.) aytdilar:"Alloh taolo: "Din to’g’risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o’z yurtingizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz va ularga adolatli bo’li-shingizdan Alloh sizlarni qaytarmas" (60:8), degan oyatni tushirdi".Asmo'ning onasi Qayla bint Abdu-l-Izzi Islomni qabul qilmagan edi .

  6. Abdulloh ibn Amr Oss (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Kishi o’z ota-onasini so’kishi katta gunohdir",dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, kishi o’z ota-onasini ham so’kadimi?" - deb so’rashganda, Rasululloh: "U kishi bir odamni so’kadi, u odam am avval so’kkan kishining otasini ham, onasini ham so’kadi", dedilar".Demak, kishi birovni so’ksa, keyin o’sha odam uning ota-onasini ham so’kadi, shu bilan u bilvosita o’z ota-onasini so’kkan bo’ladi.

  7. Abdulloh ibn Umar (r.a) "Ota-onaning yig'lashi boladan norozi bo'lganliklari-dan dalolat beradi va bu esa katta gunoh pardadir", dedilar.

  8. Abu Hurayra (r.a.) shunday hikoya qildilar: "Mening nomimni eshitgan har bir kishi, hatto yahudiy va nasroniy bo’lsa ham, meni yaxshi ko’rmay qolmaydi. Men onamning Islom dinini qabul qilishini istab yurardim, lekin u qabul qilmasdi. Bir kuni unga Islomga kirishni taklif qildim. U qabul qilmagach, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga borib: "Yo Rasululloh, onam haqida bir duo qilsangiz", deb iltimos qildim. Rasululloh duo qildilar. Shundan keyin onam oldiga borsam, u eshikni qulflab olgan edi, meni ko’rishi bilan: "O’g’lim! Men Islom dinini qabul qildim", dedi. Men buni Rasululloh (s.a.v.)ga borib aytdim va ona-bola ikkalamiz haqimizga duo qiling, deb yana so’raganimda, Rasululloh (s.a.v.):"Ey, Alloh, bandang Abu Hurayra va onasining muhabbatini kishilar ko’ngliga solgin", deb duo qildilar".

  9. . Abu Ubayd (r.a.) hikoya qildilar: "Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edik, shu vaqtda bir kishi: "Yo Rasululloh, ota-onamning hayot vaqtlarida qilgan yaxshiliklarimdan tashqari ularning vafotidan keyin yana nima qilsam shu yaxshiligim davom etadi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.): "To’rtta narsani qilib yursang, ularga qiladigan yaxshiliging davom etavergan bo’ladi. Ularning birlamchisi, ota-onang haqiga duo qilasan va gunohlarini kechirmakni Alloh taolodan so’raysan, ikkilamchisi, ularningnasihat va shar'iy vasiyatlarini amalga oshirasan, uchlamchi, ularning do’stlarini hurmatlaysan va to’rtlamchi qavm-qarindoshlar bilan ular tufayli qaror topgan qarindoshlik aloqalarini uzmaysan", dedilar.

  10. Muhammad ibn Sirin (r.al.) aytdilar: "Kechalarning birida biz Abu Hurayra (r.a.) yonlarida bo’ldik.Shunda Abu Hurayra (r.a.) o’zlari: "Ey, Alloh! Abu Hurayraning ham, onasining ham gunohlarini kechirgin va ikkimiz uchun istig’for etgan kishilarning ham gunohlarini kechirgin", deb duo qildilar. Abu Hurayra (r.a.)ning shu duolariga kirib qolish uchun biz o’sha ona-bola (Abu Hurayra bilan onalari) haqiga istig’for etib yuramiz", deydi.

  11. Sa'd ibn Uboda (r.a.) hikoya qiladilar: "Men Hz. Usmon (r.a.)ning o’g’illari Amr ibn Usmon ibn Affon bilan Madina masjidida o’tirgan edim. Shu vaqt Abdulloh ibn Salom (r.a.) o’z ukasining o’g’liga suyanib orqasiga qayrildida, Amrga qarab: "Ey, Amr, mayli, sen istaganingni qilaver, Muhammad (a.s.)ni chin payg’ambar qilib yuborgan Alloh taolo nomi bilan qasamyod etaman-ki, Allohning kitobida (bu so’zni ikki martaba qaytardi): "Otangga yaqin bo’lgan kishidan aloqani uzma, agar uzsang, nuring o’chadi", deyilgan, deb aytdi.Amr ibn Usmon Abdulloh ibn Salomga yaxshi iltifot qilmaganlari uchun bo’lsa kerakki, unga kinoya bilan "Istaganingai qilaver", dedilar.

  12. Abu Bakir ibn Xazm (r.a.) bir sahobiydan rivoyat qildilar. U sahobiy Rasululloh (s.a.v.)ning:"Do’stlik albatta meros bo’lib (nasldan naslga) o’tadi", degan hadislarini rivoyat qilib bersam, senga etarli nasihat qilgan bo’laman", dedilar.

  13. Abu Hurayra (r.a.) ikki kishini ko’rib, ulardan bittasiga: "Bu kishi senga kim bo’ladi?" - deb so’radilar. U: "Bu - otam bo’ladilar", degan edi, Abu Hurayra (r.a.): "Unday bo’lsa otangni ismini aytib chaqirma, yurishda undan ilgari yurma va undan yuqori joyda o’tirma", deb nasihat qildilar.

  14. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Qur'oni karimda: "Yaqin qarindoshlaringizni (Alloh azobidan)ogohlantiring!" (26:214), degan oyat kelgan vaqtida, Rasululloh (s.a.v.) turib: "Ey, Ka'b ibn Luay bolalari, ey, Abdu Manof bolalari, ey, Hoshim bolalari, va ey, Abdulmuttallib bolalari! Sizlar o’zingizni do’zax o’tidan qutqaring! Ey, Muhammadning qizi Fotima! Sen ham o’zingni jahannam o’tidan qutqaz! Menga e'timod qilma, chunki qiyomat kuni tashvishidan men seni qutqazishga qodir emasman. Ammo sizlar bilan albatta qarindoshligim bor, uni men sizlardan uzmayman", deb oshkora nido qildilar.

  15. . Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo xalqlarni yaratib bo’lganidan keyin rahm turdi. Alloh undan: "Nega turding?" - deb so’raganida u: "Ey, Rabbim, uzilib qolishdan panoh so’rovchi sifatida huzuringda turibman", dedi. Shunda Alloh taolo: "Ey, rahm, seni uzgan kishilardan marhamatimni uzsam va uzmaganlardan uni uzmasam shunga rozi bo’lasanmi?" - deb so’raganda, rahm: "Ey, Parvardigori olam! Men albatta bunga roziman", - degan edi. Alloh taolo: "Mening va'dam senga shudir", - dedi. Abu Hurayra (r.a.) shu Hadisni rivoyat qilganlaridan keyin:"Istasangiz "Muhammad" surasi 22-oyatni o’qib ko’ring! Bunda Alloh taolo: "Agar (imondan) bosh tortsangiz, aniqki, sizlar yerda buzg’unchilik qilarsizlar va qarindoshlaringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzasiz, albatta", - degan deb aytdilar".

Rahm - qarindoshlik va bir-biriga bog’lanadigan nasab silsilasi .

  1. Hz. Usmon ibn Affon (r.a.)goshg ozod qilgan qullaridan Abu Ayyub Sulaymon (r.a.) aytdilar: "Abu Hurayra (r.a.) payshanbadan jum'aga o’tar kechasi bizga keldilarda, o’z qarindoshlariga yaqindan yondashmagan kishilar bizning oldimizdan albatta turib ketsinlar, dedilar. Lekin hech kim turmadi. Abu Hurayra (r.a.) bu so’zni uch martaba qaytarganlaridan keyin bir yigit turib ketdi. U ikki yildan buyon aloqani uzib yurgan ammasining uyiga borib unga salom berdi. Ammasi taajjublanib: "Seni bizga qanday shamol uchirib keldi, qancha vaqtlardan buyon kelmay yurib, endi kelib qolishingning sababi nima bo’ldi?" - deb so’radi. U: "Men Abu Hurayradan shunday gaplarni eshitganim uchun keldim",dedi. Ammasi: "Abu Hurayra oldiga qaytib borib, nima uchun u shunday deganining sababini so’ragin",dedi. Yigit Abu Hurayra (r.a.) oldiga borib so’raganda, Abu Hurayra (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: Har payshanbadan jum'aga o’tar kechasi bandalarning qilgan amallari Alloh taologa ayon bo’ladi. Shu vaqtda o’z qarindoshlariga yondashmagan kishilarning amallarini Alloh taolo qabul qilmaydi", degan so’zlarini eshitdim", deb aytdilar".

Download 8.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 8.78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Imom Al- Buxoriyning pedagogik g'oyalari

Download 8.78 Mb.