) Pedagogikaning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni




Download 8.78 Mb.
bet8/9
Sana04.06.2023
Hajmi8.78 Mb.
#69667
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(invalid)
Презентация1, barchin ijtimoiy , 5-Amaliy mashg’ulot, 6-Amaliy Mashg\'ulot, 1 самостоятельный., Умида Мой город., Mavjuda essey 1, Boronova ijt mus tal 2, Faxriddin akt1, 1Elementar piramida, Sevara yvt, 2- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshir (1), 2- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshir, muqaddas1, Maftuna Fiziologiya1

14) Pedagogikaning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni.


Pedagogning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni” mavzusi yuzasidan chizma-tasviriy modellar (intellektkart, freym, mantiqiy graf va h.k) yaratish.



15) Pedagogning innovatsion faoliyati.


Pedagogning innovatsion faoliyati” mavzusi yuzasidan darsning metodik ishlanmalarini tayyorlash.
Pedagogning innovatsion faoliyati - o’z ichiga yangilikni tahlil qi -lish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kon -tseptsiyasini shakllantirish. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qi -lish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari pedagogning innovatsion faoliyatga hozirligi meyorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastinin).
Innovatsion faoliyatga bo’lgan zaruriyatni anglash;
Ijodiy faoliyatga talab qilinishiga tayyorgarlik;
Shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
Innovatsion faoliyatni ijro etish texnologiyasiga tayyorgarlik darajasi.
Innovatsion jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlarining pedagogik asoslarini o’rganish o’quv jarayonini zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlari yutuqlari asosida, jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
Demak, o’qituvchi, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, kontseptsiya -lar muallifi, tadqiqotchi, foydalanuvchi va targ’ibotchi sifatida namoyon bo’ladi.
Xozirgi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o’qituvchi innovatsion faoliyatiga bo’lgan talablar quyidagilar bilan aniqlanadi:
· ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi metodologiya va o’quv jarayonining texnologiyasini tubdan yangilanishni talab qiladi. Bu sharoitda o’qituvchi innovatsion faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va foydalanishdan iborat bo’ladi;
· ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, o’qitishning yangi shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo etadi.
O’qituvchi innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning sa -marasini belgilovchi muayyan meyorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday meyorlarga yangilik, optimallik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsion ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik pedagogik yangilik meyori sifatida, o’zida taklif qilinadigan yangilik, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagogik olimlar yangilikni qo’llash mashhurligi darajasi va sohasiga ko’ra farqlanadigan mutloq, chegaralangan mutloq, shartli, sub’yektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik meyori o’qituvchi va talabaning natijaga erishishi uchun sarflangan kuch va vositalarni bildiradi. Natijalilik o’qituvchi vositasidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi. Pedagogik yangilik esa o’z mohiyatiga ko’ra ommaviy tajribalar mulki bo’lib qolishi lozim.
V.A. Slastinin o’tkazgan tadqiqotlar o’qituvchining innovatsion fao -liyatiga ijobiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi:
· mo’ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffa-qiyatini bashorat qilish;
· yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va aniqlik darajasini aniqlash;
· yangilikni tadbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
· yangilikni tadbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.
Bunda o’qituvchining innovatsion faoliyati o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi, unda innovatsion faoliyatining samarasi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
Pedagogning innovatsion faoliyatiga bo’lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari:
· shaxsning ijodiy motivatsiyani qo’llaganligi.
Bu qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o’z kamolotiga intilish;
· kreateyalik, bu - xayoliy qarash; baho bera olish qobiliyati va o’z ka- molotiga intilish;
· kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasi va pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi va ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyatlari; ijodiy faoliyatiga hamkorlik va o’zaro yordam berish qobiliyati;
· o’qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur’ati va ish qobiliyati; qat’iyatlik, mas’uliyatlik va xalollik, o’zini tuta bilish;
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o’qituvchining innovatsion faoliyati -ga sezgirligi meyorlarini belgilashga imkon beradi:
· innovatsion faoliyatga bo’lgan zaruratni aniqlash;
· ijodiy faoliyatga jalb qilishga tayyorgarlik;
· shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
· ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga tayyorlik;
· innovatsion faoliyatni kasbiy mustaqillikka ta’siri.
Innovatsion faoliyatni eng muhim masalalardan biri - o’qituvchi shaxsi: u novator, sermaxsul ijodiy shaxs, keng qamrovli qiziqish, ichki dunyosi boy, pedagogik yangilikka o’ch bo’lishi lozim.
Innovatsion faoliyat motivatsion, texnologiklik va reflektsiyalik qism - lardan tashkil topadi.
O’qituvchini bu faoliyatga tayyorlash ikki yo’nalishda amalga oshiradi: yangilikni idrok qilishga innovatsion tayorgarlikni shakllantirish va yangicha harakat qilishga o’rgatish.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Innovatsiya jarayonlari, funktsiyalari, mexanizmlari va uni amalga oshi -rish texnologiyalari va boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o’rganish o’quv jarayonini zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlari yutuq -lari asosida tashkil etish imkonini beradi.

Download 8.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 8.78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



) Pedagogikaning kasbiy kompetentligining tuzilishi va mazmuni

Download 8.78 Mb.