|
Mutaxasislikka kirish
|
bet | 20/66 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 200,13 Kb. | | #114466 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni8-Mavzu: Shaxs rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.
Reja:
“Shaxs” tarbiyasining tarkibiy qismlari.
Bola shaxsinign rivojlanishi, tarbiyasi va kamoloti.
3. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.
4. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari.
5. Shaxsning ijtimoiylashuvi.
SHaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi.
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat.
Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi.
Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug’diradi, qo’llarining shakli shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko’rsatadi. Yuqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta'kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish lozim.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o’ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q, inson shaxsi o’z individualligi jihatidan betakrordir.
Shaxs bo'lish uchun odam, albatta, tarbiyalanishi kerak.Ta'lim-tarbiyasiz, hayotdagi yaxshilik va yomonlikni bilmasdan, ularni farqlamasdan turib, odamning shaxs bo'lib shakllanishi mumkin emas.Ta'lim-tarbiya, yaxshi-yomonning farqiga boradigan darajaga yetishish esa uzoq vaqt talab qilishi, hatto, insonning umri oxiriga qadar davom etishi mumkin. Demak, har qanday odamni ham, bu dunyoda bosh ko'tarib yurgan hamma insonlarni ham shaxs deb atay olmaymiz. Bu nomga sazovor bo'lishning o'z talablari, mezon - o'lchovlari bor. Bu talab-mezonlar ichida ma'naviy-ma'rifiy mezonlar muhim o'rin egallaydi.«Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» kitobida o'qiymiz:Har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim». Yurtboshimiz ota-onalar, ustoz va murabbiylarga «har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rish zarur»ligini uqtirmoqda. Butun ta'lim-tarbiya mana shu imkoniyatni ro'yobga chiqarishga, jism-u jonimizda yashirinib yotgan shu qobiliyatni kashf qilib, uni takomillashtirishga qaratilmog'i lozim. Boshqacha aytganda, har bir inson tug'ilishidanoq tayyor shaxs bolmaydi. Erkin va mustaqil, chuqur va keng fikrlash, hamma narsa to'g'risida xolis mushohada yuritish, hayotda ongli turmush kechirish esa insonni komillik - mukammallikkaeltadi.Dunyoda narsa va hodisalarning son-sanog'i yo'q. U to'g'risida har bir fan o'zining ilmiy qarashlarini ilgari suradi. Ilmning bo'lsa, chek-u chegarasi yo'q. Ya'ni, narsa va hodisalar mohiyatini o'rganish mangu davom etaveradi. O'z fikriga, shaxsiy qarashiga ega bo'lmagan,aytayotgan gapi yoki qilayotgan ishi uchun javob berish mas’uliyatini his qilmaydigan odam shaxs degan yuksak mavqega ko'tarila olmaydi. Ana shunday odamlar to'planib «olomon»ni, «to'da»ni hosil qiladi.Har qanday mamlakat va uni ichdan buzmoqchi bo'lgan yovuz niyatli kuchlar aynan shu olomon to'dani hosil qilishni, uning vayronkor kuchidan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishni o'ylashadi. Ular kishilarni mustaqil, erkin fikrlashda chalg'itadigan o'zlarining buzg'unchi g'oyalarini, mafkuralarini tiqishtiri- shadi, o'z domiga tushgan yoshlarni, hatto, boshqacha o'ylamasligi o'ziga o'rgatilgan aqidalardan chetga chiqmaslikka qasam ham ichirishadi. Soxta «ommaviy madaniyat» targ'ibotchilarining niyati ham shunga o'xshash. Ular insonning hayvoniy his-tuyg ularini qo'zg'atuvchi tomoshalari kuchi va ta'siri bilan jamiyatda shaxslarni yo'q qilib, odamlarni hech narsa to'g'risida jiddiy o'ylamaydigan, nimani eshitsa yoki ko'rsa, shuni ortidan ko'r-ko'rona ergashib ketaveradigan olomonga aylantirishni istaydilar.Har ikki harakat ham, oxir-oqibatda, xalq, millat ustidan o'z hukmronligini o'rnatish, uning taqdiriga egalik qilish, boyliklarini talash va yovuz niyatlarni ko'zlaydi.Demak, har birimiz har qanday narsa va hodisa to'g'risida o'zimizning mustaqil fikrimizga ega bo'lishimiz, uni himoya qila olishimiz bizni ko'plab yomonliklardan asrab qoladi. Shundagina biz turli buzg'unchi fikrlar, g'oyalar ta'siriga tushib qolmaymiz, vayronkorlikka da'vat etuvchi kimsalar ortidan ergashmaymiz. O'zligimizni, milliyligimizni, kelajagimizni saqlab qolamiz.Erkin va mustaqil, chuqur va keng fikrlash o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. Buning uchun odam ko'plab bilimlarni o'zlashtirishi aql-u idrokini boyitishi, ko'nikma va tajribalar orttirishi talab etiladi. Ezgu fazilatlar esa ko'cha-ko'yda emas, balki ma'rifat dargohlarida - ta'lim-tarbiya o'choqlarida o'zlashtiriladi.Yurtboshimiz yana bir muhim qoidani ta'kidlaydi: “Ta'limni tarbiyadan tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash,sharqona hayot falsafasidir”. Mazkur qarashga, chinakam hayot falsafasiga amal qilibgina jamiyatda komil insonni voyaga yetkazishi mumkin. Bizning xalqimiz ilmli, ko'p narsani biladigan kishilarni nihoyatda hurmat qiladi, qadrlaydi. Bunday kishilarga mahalla-ko'yda ham, mehnat jamoalarida ham, yor-u do'stlar orasida ham alohida e'tibor, diqqat qaratiladi. Lekin faqat bitta shart bilan: agar o'sha bilimli, ko'p narsani biladigan kishi, avvalo, insongarchilikni ham bilsa, olgan ta'limi tarbiyasiga mos kelsa, aytayotgan gapi bilan qilayotgan ishi o'rtasida tafovut, ziddiyat bo'lmasa. Eng muhimi - o'sha odam faqat olim bo'lishninggina emas, odam bo'lish ilmini ham mukammal egallagan, boshqalarga hurmat va e'zoz ko'rsatish tajribasini ham o'zlashtirgan bo'lsa.
Go’dak tug’ilganidan ma’lum yoshga qadar, ya’ni borliqni eng oddiy tarzda anglaguniga qadar individ sanaladi. Bu davrda ham bola atrofdagi turli kishilar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi, istaklarini xatti-harakatlari, ovozi yordamida ifodalashga intiladi. Biroq, uning bu harakatlari ongli tarzda emas, balki shartli reflekslar yordamida tashkil etiladi. Demak, biologik mavjudot sanaladigan individ shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini anglashi, shuningdek, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.
Har bir shaxs o’zgalardan farq qiladi. SHaxsni o’zgalardan farqlovchi jihatlar individuallik sanaladi. Individuallik shaxsning o’ziga xos xususiyatlarning aks etishi sanaladi
Tarbiya jarayonini tashkil etishda bola shaxsini puxta o’rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo’lish va uning individual xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
Individual yondashuv o’quvchining aqliy qobiliyati, bilishga bo’lgan qiziqishi va iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bolaning harakatlari uning ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ongli ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Bu ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishida irsiyat, ijtimoiy muhit va tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ta’siridagina individ shaxs sifatida rivojlanib boradi.
Bola shaxsining rivojlanishi shaxs ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik biologik mavjudot hamdir. SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Pedagogika, psixologiya va faosafa fanlarida individning shaxs sifatida rivojlanishiga irsiyat (biologik omillar), muhit (ijtimoiy omillar) hamda tarbiya kabi omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etadi.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo’ladimi yoki biologik (tabiiy) omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir?
O’z davrida ulug’ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ilk bor ilgari inson kamolatida uch narsa – irsiyat, muhit hamda tarbiya muhim rol o’ynaydi degan qarashni ilgari surgan bo’lsa, Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma xususiyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari shaxs rivojlanishini ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, ruhiy rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar. Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
SHaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa shaxsni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. SHaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs va jamiyat o’rtasida uzviy aloqa mavjud.
SHunday qilib, shaxsning jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi; inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
SHaxs rivojlanishini ta’minlashda ijtimoiy muhit tomonidan ko’rsatiladigan ta’siri tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni: 1) tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi; 2) tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga yetadi; 3) tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin; 4) tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy)va psixologik xususiyatlari yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
|
| |