|
Ta’limning xalqaro standart tasniflagich darajalari
|
bet | 19/66 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 200,13 Kb. | | #114466 |
Bog'liq 1-Mavzu Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni5. Ta’limning xalqaro standart tasniflagich darajalari. 2019-yil 6-sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5812-son farmoni qabul qilindi. Farmonga ko’ra 2020-2021 o’quv yilidan boshlab yurtimizda Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg’unlashgan yangi boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog’i tashkil etiladi. Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga idoraviy bo’ysunuvidan qatinazar o’quv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat siyosatini yuritish Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Farmon bilan 2020-2021 o’quv yilidan boshlab xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga mos keluvchi dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro’yxatlari tasdiqlandi:
- Boshlang’ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari (Kasb-hunar maktablari) ro’yxati;
- O’rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari (kollejlar) ro’yxati;
- Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladigan texnikumlar.
7- MAVZU: PEDAGOGIKA FANI PREDMETI VA VAZIFALARI. PEDAGOGIKANING METODOLOGIYASI VA TADQIQOT METODLARI
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash xamda unga ta’lim berishning moxiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod xamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muxim jixati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muxim tarkibiy qismlari xisoblanadi.
Didaktika ((ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «O‘rgatuvchi», didasko «O‘rganuvchi») ta’limning nazariy jixatlari, ta’lim jarayonining moxiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va xokazo muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o‘z moxiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim xar bir shaxsning kamol topishi xamda u tomonidan xayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bO‘lgan ma’lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida O‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bO‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma xamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga ko‘ra maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo‘linadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muxim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mexnat, estetik, iqtisodiy, xuquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan ximoyalanish yo‘lida olib borgan harakatlari tarbiya g‘oyalarining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning gurux-gurux bo‘lib xayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o‘tkazish yO‘lidagi faoliyat (O‘simlik mevalari, ildizlarini terish, xayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o‘rgatish gurux a’zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat xollarda, mexnat va o‘yin jarayonlarida o‘zlashtirilgan. Mexnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo‘lganligi bois o‘g‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda o‘ziga xos jixatlar ko‘zga tashlangan.
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida xam tub o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo‘lishi olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va extiyojlari asosida yo‘lga qo‘yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muxim o‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy xarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyixasining muxim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang‘ich asoslar qO‘yildi.
Quldorlik tuzumida erkin bo‘lmagan kishilar (qullar)ning xaq-xuquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan.
Quldorlik tuzumi o‘rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g‘oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g‘oyalar etakchi O‘rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy xayotda diniy muassasalar (G‘arbda cherkov, SHarqda esa machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ‘ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi xolatlar xam ko‘zga tashlangan bO‘lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko‘rish extiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish xayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat tarixidan mustaxkam o‘rin olgan SHarq Uyg‘onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi – O‘rta asrlar davrida sodir bo‘ldi. SHarqda buyuk allomalar - Muxammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Axmad al-Farg‘oniy, G‘arbda esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar tomonidan xar tomonlama rivojlangan, ruxiy va jismoniy jixatdan sog‘lom, antik dunyo va burjaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, xunarmandchilik va manifaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish yo‘lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga xal etilishi tasdiqladi. Mazkur davrda ilg‘or, progressiv pedagogik g‘oyalar ilgari surildi.
Aksariyat g‘oyalar mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror toptirish borasidagi qarash o‘z ifodasini topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jixatdan asoslandi. Bu o‘rinda pedagogika fani rivojiga o‘zining munosib xissasini qo‘shgan mutafakkirlar: G‘arbda - YA.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo, F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, SHarqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.SHakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, X.X.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Bexbudiylar shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanda boyitdilar xamda ta’lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g‘oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq SHo‘ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyidi, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, shuningdek, xar tomonlama (garmonik) rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, rivojlanish va taraqqiyot yo‘li demokratik, insonparvar va xuquqiy jamiyatni barpo etishdan iboratligi e’tirof etilib, «ta’lim tizimini tubdan islox qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish»1 davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
Respublikada ta’lim soxasida amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy mazmun xamda yO‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi me’yoriy xujjatlarda belgilab berilgan.
Demak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yO‘naltirilgan ijtimoiy xrakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni xal etish yO‘llarini o‘rganadi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga aloxida xissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning xayotida etakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar moxiyatini muxim axamiyatga ega.O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar xamda xuquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini xal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning moxiyatini o‘rganish.
SHaxsni xar tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan xolda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.
Ta’lim muassasalari xamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar xamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.
Ta’lim-tarbiya birligi xamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini O‘rganish.
O‘qitish xamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, xar bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu xolat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning moxiyatini ochibberuvchi eng muxim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
SHaxs – psixologik jixatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni xar tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim –O‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq xaqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, xosil qilingan ko‘nikma va malakalar xamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar moxiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya moxiyatini ilmiy jixatdan asoslash ma’lum pedagogik xodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik xodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy moxiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash xamda ta’limotlarning falsafiy jixatlari kabi masalalarni taxlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlash kabi masalalarning iqtisodiy jixatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bO‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muxim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda aloxida o‘rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning xis etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muxim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6. Fiziologiya- o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
7. Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muxofazalash, ularning jinsiy jixatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruxiy-intellektual, xissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari xaqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jixatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni O‘qitish xamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.
Pedagogika fanlari tizimi. SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy xamda jismoniy jixatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, xar bir davrning o‘ziga xos jixatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik xolatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. SHu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. Ular quyidagilardir:
Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jixatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning O‘ziga xos psixologik xamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jixatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va O‘qitish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi.
|
| |