Mutaxassislikka kirish fani




Download 11,87 Mb.
bet1/4
Sana30.01.2024
Hajmi11,87 Mb.
#148566
  1   2   3   4
Bog'liq
1. Sinf rahbarining faoliyati


MUTAXASSISLIKKA KIRISH FANI
1-ma`ruza: Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati, tashkil etish metodlari
REJA:
1.Tarbiyaviy ishlarni boshqarishda sinf rahbarining o‘rni.

2.Ota-onalar sinf majlisini tashkil qilishda o‘qituvchining pedagogik mahorati.

3. Ota-onalarga pedagogik bilim berish shakl va rejalari.
Mustaqil ish: Tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi

Respublikamiz hukumati xalq ta'limi sohasida o'rtaga qo'yayotgan vazifalarni bajarish ko'p jihatdan o'qituvchiga bog'liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o'tish sharoitida ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsadga erishish vazifasi, asosan, o'qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Bu, o'z navbatida, maktab ishini boshqaradigan rahbarning faoliyati bilan bog'liqdir. Qaysi maktabda ichki va tashqi nazorat ishlari yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lsa, o'sha maktabdagi ta'lim-tarbiya ishlari ham izchil bo'ladi.
Maktab ichki nazoratining bir qancha yo'l-yo'riqlari mavjud. Ularning birinchisi maktab direktori va ilmiy bo'lim mudirining darslarga kirishlari, darslarni va mashg'ulotlarning boshqa shakllarini tahlil qilishlaridir.
Maktab direktori va o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari darslarga muntazam kirib turishlari shart. Buning uchun ular yil davomida darslarga kirish rejalarini tuzadilar hamda tartiblarini kelishib oladilar.Direktor va uning o'rinbosari bolalar bilan olib boriladigan o'quv va sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllariga rahbarlik qiladilar va ularni tekshirib turadilar.
Maktab ichki nazorati bo'yicha ishlangan rejani bir chorakka, yarim yillik va bir o'quv yiliga mo'ljallab tuzish mumkin. Lekin rejani bir o'quv yiliga mo'ljallab tuzish maqsadga muvofiqdir.
Maktab rahbarlari tomonidan amalga oshiriladigan maktab ichki nazoratining rejasi quyidagi masalalarni o'z ichiga olishi mumkin:
1. Maktabning hamma ko'rsatkichlari bo'yicha rejaning bajarilishi.
2. O'quv-tarbiya ishlarining ahvoli.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlar.
4. Maktabdagi jamoatchilik hamda otaliq tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar.
5. Maktabda pedagog xodimlar bilan ishlash masalasi.
6. Maktab hujjatlarini yuritish holati.
7. Maktab o'quvchi-yoshlar tashkilotining ishlari.
8. Maktabning moliya-xo'jalik ishlari.
9. Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi.
  • Sinf rahbarlarining ishlari va hokazo masalalar.

  • Bir o'quv yiliga mo'ljallab tuzilgan maktab ichki nazoratining mavzu rejasini o'quv yilidagi pedagoglarning birinchi yig'ili- shida tasdiqlash va uni maktab o'qituvchilari jamoasiga ma'lum qilish maqsadga muvofiqdir.

Lekin nazorat qilishda ma'lum tizim va aniq rejaning bo'lmasligi, maqsadning noaniqligi, hujjatlarni tartibga solishga va ma'lum bir fikrga kelish uchun tegishli mate- riallar to'plashga e'tibor bermaslik, nazorat ishlariga yetarlicha faol jalb etmaslik ayrim maktab rahbarlarining o'qituvchilar jamoasi tavsiyasini yaxshi bila olmasligiga sabab bo'ladi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, maktab ichki nazoratining shakl va usullari turlichadir. Buni qay darajada, qanday qilib amalga oshirish maktab rahbarlarining ilmiy-metodik, pedagogik saviyalariga hamda mazkur masalaga nisbatan qunt bilan izlanishlariga bog'liqdir.
Maktab ichki nazoratini o'rganiladigan masalaga qarab, asosan, ikki guruhga bo'lish mumkin: a) maktab ishlarini tematik nazorat qilish; b) maktab ishlarini kompleks (frontal) nazorat qilish.
Maktab tarbiyaviy ishini samarali tashkil etishning yana bir muhim sharti — rahbarda tarkib topgan kelajak maqsadlarining mavjudligi, o'zining bugungi tarbiyalanuvchisining ertangi qiyofasi to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishidir. Shaxsni tarbiyalash uzoq davom etadigan jarayondir.
Xullas, maktab direktori tarbiyaga oid qo'yilgan vazifalarni hal qilish va o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish sistemasini nisbiy ravishda uch ko'rinishga ajratadi. Bular quyidagilardir:
A. Maktabda tarbiya berish.
B. Oilada tarbiya berish.
D. Maktabdan va oiladan tashqarida tarbiya berish.
Sinf rahbari (guruh murabbiysi) sinf, guruhlarda barcha sinfdan tashqari tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etadi va o‘tkazadi. U respublikamizning tashqi va ichki siyosati, iqtisodiyoti, ma’naviyati va boshqa ijtimoiy munosabatlariga oid Prezidentimiz farmonlari, hukumat qarorlarini, turli idoralarning ko‘rsatmalarini o‘quvchi va talabalarga etkazish va bularga amal qilish borasida sistemali tadbirlar uyushtiradi. U sinf va guruhlarda jamoaga asoslangan ishlarni maqsadga muvofiq yo‘naltirishi va bu borada qaytariqlar, uzilishlar bo‘lmasligi uchun ularni muvofiqlashtirishi kerak. Sinf rahbari va guruh murabbiylarining vazifasi o‘quvchi-talaba yoshlarga yo‘naltirilgan barcha ta’sirlarni tashkil etish, rag‘batlantirish,markazlashtirishdan iborat. Ushbu sinfda, guruhda mashg‘ulotlar olib boruvchi o‘qituvchilar, kasb ustalari faoliyati bo‘yicha yagona talablar tizimini ishlab chiqish, yo‘naltirish, muvofiqlashtirish, tashqi dunyo bilan o‘quvchi-talaba yoshlarni bevosita bog‘lashdan iborat. Ushbu soha kishilari turli jamoat tashkilotlari va ota-onalar komitetlari faoliyatlarini birlashtirishga erishadi. Turli sinflar, guruh jamoalari, kengashlar bilan aloqani mustahkamlaydi.

Download 11,87 Mb.
  1   2   3   4




Download 11,87 Mb.