|
Sinf rahbari va guruh murabbiysining tashkiliy-pedagogik ishlari
|
bet | 3/4 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 11,87 Mb. | | #148566 |
Bog'liq 1. Sinf rahbarining faoliyatiSinf rahbari va guruh murabbiysining tashkiliy-pedagogik ishlari.
O‘quvchini o‘rganish dasturi, avvalo, bolaning oila sharoiti, oila tarkibi, uning moddiy sharoiti, an’analari va oilaviy munosabatlar, o‘quvchiga yaratilgan sharoit, shuningdek, ota-onalar sog‘lig‘i, uydagi muhit va boshqalarni ham hisobga oladi. Bolaning ota-onasiga, o‘qituvchilarga, sinfdagi o‘rtoqlariga munosabati, mehnat va ijtimoiy ishlardagi ishtiroki, o‘zaro yordam munosabatlaridagi o‘rni, shaxs qobiliyati va talanti, uning xotirasi, diqqati, fikrlash quvvati, qanchalik tez yoki sekin o‘zlashtirishi, darsdan tashqari mashg‘ulotlari, qaysi sport turiga qiziqishi va boshqalarni o‘rganish kerak.
Bolani o‘rganish asosiy maqsad emas, balki bu bilan tarbiyalanuvchi rivojlanish dinamikasini, uning kelajagini o‘rganish, o‘qish va tarbiyasidagi qiyinchiliklarni ko‘ra bilish va oldini olish, uning keyingi rivojlanishi uchun kerakli sharoitlar yaratishdan iborat.
Ota-onalar bilan ishlash sinf rahbarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu ish agar sistemali tarzda va ilmiy asoslangan holda, sinf rahbarining umumiy faoliyati bilan birga qo‘shib olib borilsa, muvaffaqiyat keltiradi
Sinf rahbari va guruh murabbiysi ishlarini rejalashtirish va hisobga olish.
Sinf yoki guruh tarbiyalanuvchilari bilan ishlashning muvaf-faqiyati ishlarni qanchalik to‘g‘ri va oqilona rejalashtirishga bog‘liq. Sinf rahbari, guruh murabbiysi faoliyati kelajakni mo‘ljallab yo‘lga qo‘yiladi. SHu ma’noda uning vazifasi jamoaning har bir a’zosi, o‘quvchi yoshlar kelajagini to‘g‘ri rejalashtirishdan iborat. Tarbiyaviy ishlarni loyihalashtirish tarbiyaning maqsad va vazifalarini aniq tasavvur etishdan boshlanadi.
Sinf rahbari o‘z ish rejasini tuzishda quyidagi qator talablarga rioya qilishi kerak:
a) tarbiya vazifalarining to‘g‘riligi va aniqligi;
b) rejaning qisqaligi va detallashtirishda me’yorga rioya qilish;
v) o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning eng ma’qul variantlarini tanlash;
g) mo‘ljallangan ishlarni rejalashtirishda uning kundalik ahamiyati va uzoqni mo‘ljallab tuzilganligi;
d) pedagogik rahbarlik va o‘quvchi-talabalar faolligining birligi;
e) mazkur ta’lim muassasasi ichki ishlarining tashqaridagi ishlar bilan uzviyligi;
j) o‘quvchi-talabaning tarbiyalanganlik darajasi bilan ularning hayot tarzi o‘rtasida bog‘liqlik;
z) yosh va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish;
k) shaxs tarbiyalanganlik darajasini nazarda tutish;
l) ta’lim muassasasining turli tadbir va rejalari bilan kelishilganligi;
|
| |