• Sinf rahbari va guruh murabbiysi ishlari tizimi.
  • Sinf rahbari va guruhmurabbiysiga kasbiy talablar




    Download 11,87 Mb.
    bet2/4
    Sana30.01.2024
    Hajmi11,87 Mb.
    #148566
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1. Sinf rahbarining faoliyati

    Sinf rahbari va guruhmurabbiysiga kasbiy talablar.
    Ko‘p tomonlama faoliyat sinf rahbari va guruh murabbiysidan yuqori madaniyat va yaxshi psixologik-pedagogik tayyorgarlikni talab etadi. Sinf va guruh murabbiysining vazifasi prezident va hukumat farmon hamda qarorlaridagi asosiy g‘oyalarni ma’rifiy-ma’naviy tadbirlar asosida o‘quvchi-talaba yoshlarga singdirish va ular o‘rtasida keng targ‘ib etishdan iborat.
    Sinf rahbari va guruh murabbiysi eng yangi voqea va hodisalarni, respublikamizdagi va jahondagi o‘zgarishlarni birinchi bo‘lib yoshlarga etkazuvchi hisoblanadi. Yaxshi tarbiyachi - avvalo, yuqori insoniy fazilatli, to‘g‘riso‘z, halol va barcha harakatlari hamda fikri bilan madaniyatli insondir. U tarbiyalanuvchilarining ma’naviy dunyosini, qarashlarini bilishi, ularning quvonchi va qayg‘usiga doimo sherik bo‘lishi, ularning ishonchiga kira olishi, chidamlilik va kamtarlik sifatlariga ega bo‘lishi lozim.
    Zamonaviy sinf rahbari va guruh tarbiyachisi hozirgi davr nazariy bilimlari bilan qurollangan, pedagogik intuitsiyaga ega bo‘lgan, o‘qituvchi va bolalar bilan tez muomalaga kirisha oladigan, o‘quvchilarning hissiyoti va irodasini ustalik bilan boshqara oladigan mutaxassisdir.U tadqiqotchi va tashkilotchi, jamoatchi sifatida o‘zining butun qalbini o‘quvchi talabalarga bag‘ishlay oladi. Sinf rahbari va guruh murabbiysining yuksak kasbiy sifatlaridan biri tarbiyalanuvchining ma’naviy shakllanishini oldindan belgilay olish va butun jamoa rivojlanishini rejalashtirishdan iborat. Buni qisqa qilib quyidagi sxemada borish mumkin: maqsad-reja-tizim.
    Sinf rahbari va guruh murabbiysi ishlari tizimi.
    Sinf rahbari va guruh murabbiysining faoliyatini mazkur ta’lim muassasalaridagi barcha ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tushunish kerak. SHuning uchun ular o‘zlarining butun faoliyatini ishlayotgan ta’lim muassasasidagi boshqa tashkilotlar, jamoalar bilan kelishib, muvofiqlashtirib yo‘lga qo‘ymog‘i lozim.
    Sinf rahbari, guruh murabbiysining tashkiliy-pedagogik ishlari o‘quvchilarni doimiy o‘rganish, sinf, guruh jamoalarini tashkillashtirish va shakllantirish, turli yoshlar tashkilotlari bilan birgalikda ishlash, ota-onalar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishdan iborat.
    SHuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, hozirgacha yosh sinf rahbarlari, guruh murabbiylariga uslubiy yordam beruvchi namunaviy tarbiyaviy ishlar dasturi, yaqin kelajakka mo‘ljallangan tadbirlar tizimining yo‘qligi, ishlab chiqilmagani bu ishda ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
    Sinf rahbari va guruh murabbiysi ishlari tizimida yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkillashtirishning samarali metod va shakllarini maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yish va ularning ta’sirchanligiga erishish alohida o‘rin egallaydi. Bu esa barcha tarbiyaviy ta’sirlarni yaxlit aqlli, tashkiliy kuchda: o‘quvchilar, kasb ustalari, tarbiyachilar, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari, maktabdan tashqari muassasalar, o‘quvchi yoshlar, ota-onalarda birlashtiradi.

    Download 11,87 Mb.
    1   2   3   4




    Download 11,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinf rahbari va guruhmurabbiysiga kasbiy talablar

    Download 11,87 Mb.