• Yorug‘lik kuchi (J)
  • Yoritilganlikni qaytarish, yutish, o‘tkazish koeffitsientlari.
  • Yoritilganlikning asosiy yorug‘lik-texnik ko‘rsatkichlari




    Download 131,5 Kb.
    bet2/5
    Sana20.07.2024
    Hajmi131,5 Kb.
    #268059
    TuriReferat
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    referat

    2.Yoritilganlikning asosiy yorug‘lik-texnik ko‘rsatkichlari.
    Yoritilganlikning yorug‘lik-texnik ko‘rsatkichlariga yorug‘lik, yorug‘lik oqimi (F, lyumen), yorug‘lik kuchi (I, kandela), yoritilganlik (E, lyuks), ravshanlilik (l, kd/m2), va yorug‘likni qaytarish koeffitsienti (%) kiradi. Sifat ko‘rsatkichlariga esa fon, ob’ektni fon bilan farqlash kontrasti, pulsatsiya koeffitsientini kiritish mumkin.
    Yorug‘lik – elektromagnit spektrini ko‘zga ko‘rinadigan sohasining bir qismi hisoblanadi. Uning asosiy xarakteristikasi sifatida to‘lqin uzunligi () va tebranish chastotasi () qabul qilingan. Bu ko‘rsatkichlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish quyidagicha ifodalanadi:
     = s / , (3.24)
    bu yerda s – yorug‘likning tarqalish tezligi.
    Ko‘zning ko‘rish darajasi spektrning ko‘rinadigan sohasini har xil qismida turlicha bo‘lib, spektrning yashil oblastida, to‘lqin uzunligi  = 554 nm bo‘lgan holatda maksimal hisoblanadi.
    Yoritilganlikning asosiy yorug‘lik–texnik ko‘rsatkichlariga yorug‘lik kuchi, yoritilganlik, yorug‘likni yutish, o‘tkazish va qaytarish koeffitsienti, yorug‘lik ravshanliligi, ob’ektning fon bilan kontrasti (ob’ekt bilan asosiy rang orasidagi keskin farq), yoritilganlikning pulsatsiya koeffitsienti va yoritilganlikning notyokislik koeffitsienti kiradi.
    Yorug‘lik kuchi (J) – yorug‘lik oqimining yorug‘lik tarqaladigan burchakga nisbati orqali ifodalanadi:
    J = dF / d, (4.25)
    Yorug‘lik kuchining o‘lchov birligi qilib kandela (Kd) qabul qilingan.
    Yorug‘lik oqimi (F) – yorug‘lik quvvati orqali xarakterlanadi va lyumenda (lm) o‘lchanadi.
    Yoritilganlik (E) – yorug‘lik oqimining sirt bo‘ylab zichligi bo‘lib, lyuks (lk) da o‘lchanadi.
    Yoritilganlikni qaytarish, yutish, o‘tkazish koeffitsientlari. Yoritilganlik sifati yoritilganlik miqdori va yoritiluvchi yuzaning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
    Yoritiluvchi yuzaning yorug‘lik oqimini qaytarish, yutish va o‘tkazish xususiyatlari yorug‘likni qaytarish s, yutish s va o‘tkazish s koeffitsientlari orqali baholanadi. Ushbu koeffitsientlar quyidagicha aniqlanadi:
    s = F /F; s = F/F;  s = F/F, (4.26)
    bu yerda F – yoritiladigan yuzaga tushadigan yorug‘lik oqimi; F, F, Fmos holda, yoritiladigan yuzadan qaytgan, yutilgan va o‘tkazilgan yorug‘lik oqimi, lm.

    Download 131,5 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 131,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yoritilganlikning asosiy yorug‘lik-texnik ko‘rsatkichlari

    Download 131,5 Kb.