|
-MODUL INFORMATIKA FANLARINING MAZMUNINI LOYIHALASHTIRISH
|
bet | 51/98 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 3,81 Mb. | | #105149 |
Bog'liq fayl 1654 202108264-MODUL INFORMATIKA FANLARINING MAZMUNINI LOYIHALASHTIRISH
12-mavzu. O‘qitish texnologiyalariga kirish
Reja
12.1. O‘qitish texnologiyalari va uning turlari, o‘qitish texnologiyalarida maqsadni belgilash.
12.2. O‘qitish texnologiyalarining shakl va vositalari
12.3.O‘qitish shakllari ta’lim texnologiyasining elementi sifatida
12.1. O‘qitish texnologiyalari va uning turlari, o‘qitish texnologiyalarida maqsadni belgilash. O‘qitish texnologiyasi- bu texnik va inson resurslariga asoslangan butun o‘quv jarayonini optimallashtirishga qaratilgan, ma’lum didaktik maqsadga erishishini kafolatlaydigan o‘quv jarayonini yaratish, qo‘llash va tartibga solishning tizimli usulidir [72].
O'qitish texnologiyasida o’qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
Umumiy qilib aytganda o'qitish texnologiyasining tarkibiy qismlari subyekt (oqituvchi) va obyekt (o’quvchi), fanlarni o'qitishning maqsadi, mazmuni, vositalari, shakllari, usullarining yig'indisidir. O’qitishni texnologiyalash o'quv jarayonining barcha tarkibiga kirib boradi va shu bilan birga uning zamonaviylashuviga ta'sir ko'rsatadi.
An’anaviy va o’qitish texnologiyalariga asoslangan o’quv jarayoni
An’anaviy o’quv jarayoni
|
O’qitish texnologiyalariga asoslangan o’quv jarayoni
|
Maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) har bir dars turi uchun mazmunning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tuziladi
|
Maqsadlar (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) har bir talaba tomonidan o’zlashtirib olinadigan bilimlar va talabalar faoliyatining yakuniy natijalari orqali aniqlanadi
|
|
|
| |