• Interaktiv dars o‘tish metodlari
  • Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati)
  • Kasb-hunar kolleji
  • N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”




    Download 398,43 Kb.
    bet67/83
    Sana17.11.2023
    Hajmi398,43 Kb.
    #100235
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
    Bog'liq
    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” (1)

    Izohlash, tushuntirish – tushuncha, so‘zning qisqacha ma’nosini ifodalash: og‘zaki izoh, yoritilishi lozim bo‘lgan turli materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
    Insert metodi – o‘quvchi-talabalarni o‘qiyotgan kitoblari, maqola va turli axborotlarni tushunib yetishlari uchun o‘qish jarayonida materialning (darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola, jadval, sxema kabilar ) har bir satr boshi (yoki qismi)ning mazmunini baholash orqali, chiqargan xulosasiga muvofiq ravishda varaqning chetki tomoniga (hoshiyasiga) qalam bilan belgi qo‘yib borish orqali o‘z munosabatini bildirishga o‘rgatuvchi metod.
    Interaktiv dars o‘tish metodlari dars jarayonida o‘quvchi, talabalar hamda o‘qituvchi orasida yuqori darajada hamkorlik o‘rnatiladigan dars o‘tish metodlari.
    Ilmiy muammo – fanda tadqiqot orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar.
    Iqtisodiy paradokslar va topishmoqlar tanlovi metodi o‘quvchi, talabalarni keng qamrovli ijtimoiyiqtisodiy muammolarni aniq va izchil tasavvur kilish, fikr yuritish, iqtisodiy konsepsiyalarni tushunish, real hayotda qo‘llashni o‘rganishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan metod.
    Iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi (uslubiyati) iqtisodiynazariy ta’lim berishning qonuniyatlari, fanni o‘qitish, o‘rganishda qo‘llaniladigan turli metodlar va ularni dars jarayonida qo‘llashni o‘rganuvchi fan.
    Iqtisodiy faoliyat insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirikchilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui.
    Kasbiy bilimdonlik pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy tayyorgarlik birligi.
    Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblari bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurti.
    Kasbiy-pedagogik muloqot pedagog va tarbiyalanuvchining o‘zaro uzluksiz, doimiy hamkorlik ijtimoiy-psixologik aloqasi tizimi bo‘lib, uning mazmuni axborotlar ayirboshlash, tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish, kommunikativ vositalar yordamida o‘zaro munosabatlarni tashkil etish hisoblanadi.

    Download 398,43 Kb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




    Download 398,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. A. Yuldasheva “maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”

    Download 398,43 Kb.