221
«Bola ko‘nglin ko‘tarar» - Bolasiga yaxshi gaplar gapirar,
«Kosang joningga
huzur» - Kosang joningni, sog‘lig‘ingni asraydi» kabi.
Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalar
va badiiy vositalar ustida
ishlash o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirishga, ularda jonlantirish,
o‘xshatish, mubolag‘a kabi adabiy tushunchalar yuzasidan dastlabki tasavvur
hosil qilishga yordam beradi.
O‘qish
metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab
bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri
uyushtirish uchun
o‘qituvchi badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli
bosqichlarida o‘qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarning matnni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi
zarur.
O‘qish ta’limi bo‘yicha o‘quvchilarni faqat
matn bilan tanishtirish
yordamida dastur talablariga javob berib bo‘lmaydi. Negaki, matn tagzaminidagi
tarbiyaviy g‘oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha
aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn
zaminidagi yashirin mazmun-
mohiyatni anglab yetilganda o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etishi mumkin.
Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini
shakllantirish orqali erishiladi.
Asar tahlili jarayonida o‘qituvchi savollariga o‘quvchilarning o‘z so‘zlari
bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan
mantiqiy
fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholashga
yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo‘lmasdan, qat’iy
maqsad asosida izchil berilishi o‘quvchilarning o‘qilgan matn mohiyatini chuqur
anglab yetishlariga imkon yaratadi, chunki har
qanday javob mustaqillikni
taqozo etadi.
Ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning o‘zlarini ham savol tuzishga o‘rgatish
lozim. K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to‘g‘ri qo‘yilgan masalaning o‘zi yarim
javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o‘quvchining dars mavzusi bilan
bog‘liq jihatlarga e’tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o‘rtasidagi
222
sababiy bog‘lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo‘l ochadi.
Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o‘quvchini ongli va tushunib
o‘qishga yo‘llaydi.