• «Qodir bilan Sobir»
  • «Karnaychi shoh»
  • Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    6.2.Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi 
    psixologik xususiyatlari 
     
    Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik 
    yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar 
    hisobga olinadi. Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, 
    asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, 
    uni emotsional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish 
    uchun uni tushunishning o‘zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab 
    jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning 
    yuzaga kelishini o‘z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik 
    yoshdagi o‘quvchilarning adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi 
    psixologik xusisiyatlari o‘rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil 
    munosabatda bo‘lishlari aniqlangan: 
    1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat. 
    2. Elementar tahlil qilish. 
    Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va 
    axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik 
    yoshdagi o‘quvchilarda chegaralangan bo‘ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan 
    botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar. 
    Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ularning so‘z boyliklari 
    etishmaydi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular 
    nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emotsional sifatlarini tasvirlovchi 


    216 
    so‘zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi 
    yoritish shartlaridan biri hisoblanadi. 
    Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash 
    asosida tushuniladi. Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun 
    shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir. Ushbu jarayonda asar 
    qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida ko‘proq ishlash lozim.
    4-sinfda «Qodir bilan Sobir» hikoyasidagi Qodir va uning xislatlarini 
    ochishda tanlab o‘qish asosida tarmoqlash usulidan foydalanilishi mumkin. 
    O‘qituvchi o‘quvchilarga bergan savollariga javobni xattaxtada tarmoqlash 
    usulida yoritib boradi. Masalan, «Qodir qanday bola?», «Qodirning 
    maqtanchoqligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning qo‘rqoqligi 
    ifodalangan o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning yolg‘on gapini Sobir qanday 
    to‘g‘riladi? Shu o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning zo‘ravonligi ifodalangan 
    o‘rinni topib o‘qing. O‘qigan qismlaringiz asosida Qodirning xususiyatlarini 
    isbotlab bering» kabi savollar asosida quyidagicha jadval hosil bo‘ladi. 
    Zamonaviy maktab oldiga qo‘yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi 
    o‘quvchilar umumiy rivojlanishining o‘sganligi, psixologiya va xususiy 
    metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o‘qish mazmuni va o‘qitish metodlariga 
    o‘zgartirish kiritishni talab etmoqda. Shularga bog‘liq holda badiiy asarnn tahlil 
    qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari 
    kamaytirildi, ijodiy va o‘qilgan matn yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish 
    ko‘nikmasini o‘stiradigan mashqlar ko‘paytirildi, asar qismlari ustida emas, 
    balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo‘ldi, asar g‘oyasi va obrazlarini 
    tushuntirishda o‘quvchilarning mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-
    xil topshiriq turlaridan, ta’limda texnika vositalaridan va ilg‘or pedagogik 
    texnologiya usullaridan ko‘proq foydalanila boshlandi va h. k. 
    XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab 
    yoshidagi o‘quvchilarda shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko‘nikmalari 
    belgilab berildi, shuningdek, 1-4-sinflarda o‘qish malakasiga qo‘yilgan talablar 


    217 
    ancha aniq ajratildi. XX asrning 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik 
    apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o‘qish kitoblari yaratildi. 
    Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 
    1999 yil boshlang‘ich ta’limning ham “Davlat ta’lim standarti” yaratildi, o‘quv 
    dasturlari yangilandi. 2005 yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat 
    ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi, “O‘qish kitobi” 
    darsliklari ham yangilandi.
    O‘zbek maktablarida taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzaeva, M. S. 
    Vasileva, V. G. Gorestkiy, K. T. Golenkina, L. A, Gorbushina, M. I. 
    Omorokova, E. A. Nikitina, N. S. Rojdestvenskiylar, o‘zbek olimlaridan 
    A.Zunnunov, K.Qosimova, Q.Abdullaeva, S.Matchonov, M.Yusupov, M. 
    Umarova, X.G‘ulomovalar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o‘qish 
    metodikasidan ijodiy foydalanilmoqda. 
    Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar 
    asosida tahlil qilinadi: 
    1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish 
    malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini 
    tushuntirishga oid topshiriq o‘qish malakalarini takomillashtirish topshirig‘i ham 
    hisoblanadi). 
    2. Asarning g‘oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, syujet chizig‘i, 
    kompozistiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilarning shaxs 
    sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog‘lanishli 
    nutqining o‘sishi (lug‘atining boyishi va faollashishi)ni ta’minlaydi. 
    3. O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok 
    etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 
    4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-
    muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini 
    shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi. 
    Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo‘lgan muhim omillardan biri 
    uning o‘quvchilarga hissiy ta’siridir. O‘quvchilar muallifning asosiy fikrini 


    218 
    tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. 
    Matnni tahlil qilish o‘quvchida fikr qo‘zg‘atishi, hayotiy tajribasining muallif 
    qayd etgan dalillarga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida 
    asarning estetik qimmati, badiiy go‘zalligi ham alohida qayd qilib o‘tiladi. 
    O‘qish darslari o‘quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata 
    olish, yozuvchining hayotiy voqealarni qanday badiiy vositalar orqali aks 
    ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o‘qish va asarni 
    tahlil qilish malakasini hosil qiladi. O‘quvchilar adabiy ma’lumotlarni 
    o‘zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g‘oyasi va ahamiyatini anglab ola 
    boshlaydilar. 
    O‘quvchilarning nutqini o‘stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy 
    tushunchalarni shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar adabiy 
    tushunchalarni o‘rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, 
    uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. 
    Boshlang‘ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari − sifatlash, 
    o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a va adabiy janr turlari − ertak, hikoya, masal, 
    she’r, doston, maqol, topishmoq kabilar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi. 
    Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda o‘z ona tiliga muhabbat 
    hissi, badiiy asarni ongli o‘qish ko‘nikmasi o‘stiriladi, asar g‘oyasini chuqur 
    idrok etishga zamin hozirlanadi, o‘quvchilar nutqi rivojlantiriladi. 
    Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, 
    qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkir 
    syujetliligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertak o‘qib bo‘lingach, uning badiiy tili 
    ustida ishlashga alohida ahamiyat berish zarur. 
    2-sinf «O‘qish kitobi»da keltirilgan «Karnaychi shoh» ertagida «yov qora 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishidagi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish